|
Mavzu: Ichki yonish dvigatellarini sikllarini pv va ts diagrammalari Reja: Ichki yonish dvigatellari tarixi
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #236856 |
Bog'liq issiqlik texnikasi.pptx2 Mavzu: Ichki yonish dvigatellarini sikllarini PV va TS diagrammalari Reja: 1. Ichki yonish dvigatellari tarixi 3. PV va TS diagrammalari Ichki yonish dvigateli - yonilgʻining kimyoviy energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan porshenli issiqlik dvigateli. Gaz bilan ishlaydigan birinchi yarokli Ichki yonish dvigatelini fransuz mexanigi E. Lenuar (1860) loyihalagan, 1876 yilda nemis kashfiyotchisi N. Otto ancha mukammal 4 taktli Ichki yonish dvigateli yasagan.
1876 yilda nemis kashfiyotchisi N. Otto ancha mukammal 4 taktli Ichki yonish dvigateli yasagan.
Rossiyada 1880-yillarda O. S. Kostovich benzin bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatel yasadi. R. Dizel 1897 yilda yonilgʻini siqilgan havo alan-galatadigan Ichki yonish dvigateli (dizel)ni taklif qildi. AKD1 da Ichki yonish dvigateli oʻrnatilgan birinchi traktor 1901 yilda ishlab chiqildi; aka uka O. va U. Raitlar Ichki yonish dvigateli oʻrna-tilgan dastlabki samolyotni yasashdi; bunday samolyotlar 1903 yilda ucha boshladi. Shu yili rus muxandislari Ichki yonish dvigatelini "Vandal" kemasiga oʻrnatishib, birinchi teploxodni yaratishdi. 1924 yilda Rossiyada Ya. M. Gakkel loyihasi boʻyicha birinchi teplovoz qurildi. 1957 yilda rotorporshenli Vankel dvigateli yaratildi. Hozirgi paytda Ichki yonish dvigateli avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va yoʻl qurilishi ma-shinalarida, oʻziyurar harbiy texnikada, mototsikllar va b.da keng ishlatilmoqda. Karbyuratorli Ichki yonish dvigatelining ish sikli paytida val katta (3000—7000 ayl/ min) tezlikda aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va mototsikllarida val 15000 ayl/min va bundan ham tez aylanadi. Toʻrt taktli karbyuratorli Ichki yonish dvigateli 600 kVt (800 o.k.). Porshenli aviatsiya dvigatellari 1100 kVt (1500 o.k.) gacha quvvat hosil qiladi. - Yonilgʻi turiga qarab, Ichki yonish dvigateli suyuq va gazmison yonilgʻida ishlaydigan, silindrning yangi yonuvchi aralashma bilan toʻlish usuliga koʻra, 4 taktli va 2 taktli, yonilgʻi va havodan yonuvchi aralashma tayyorlash usuliga karab, aralashma silindrdan tashqarida va silindr ichida tayyorlanadigan xillarga bulinadi.
Karbyuratorli Ichki yonish dvigatelining ish sikli paytida val katta (3000—7000 ayl/ min) tezlikda aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va mototsikllarida val 15000 ayl/min va bundan ham tez aylanadi. Toʻrt taktli karbyuratorli Ichki yonish dvigateli 600 kVt (800 o.k.). Porshenli aviatsiya dvigatellari 1100 kVt (1500 o.k.) gacha quvvat hosil qiladi. 2. Bugʼ holati oʼzgarish diagrammalari. Suv bugʼi uchun “PV” va “T-S” diagrammalari Suv bugʼi uchun 3- ta (a,b,c) chiziqlarda “pv "diagramma yuzasini 4ta qismga ajratadi: 1- “a” nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq - sovuq suv chizigʼi; 2- ” b” nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq - issiq suv chizigʼi, qaynashning boshlanishi quyi chegara chizigʼi; 3- “c” nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq - qaynash (bugʼlanish)ning tugash chizigʼi - yuqori chegara chizigʼi.
|
| |