• Adabiyotlar
  • Rotor-porshenli dvigatelning tuzilishi,ishlashi




    Download 37.25 Kb.
    Sana29.03.2023
    Hajmi37.25 Kb.
    #47395
    Bog'liq
    ROTOR-PORSHENLI DVIGATELNING TUZILISHI,ISHLASHI
    Ogohlantiruvchi belgilar, Ikki taktli karbyuratorli dvigatelning tuzulishi, ishlashi., Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari, Oʻzbekistonda Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi, New DOCX Document (2), test, Metrologiya test savollari , test.argos , IAKT, BTEM. amaliy topshiriq , qarshilik, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta, 444, узбек тилини ривожлантириш (2)

    ROTOR-PORSHENLI DVIGATELNING TUZILISHI,ISHLASHI
    Reja.
    1. Dvigatelning umumiy tuzilishi.
    2. Dvigatelning ishlash prinsipi.
    3. Dvigatelning ish sikllari.
    Avtomobilning ichdan yonish issiqlik dvigatelieng ko’p tarqalgan bo’lib, unda yonilg’i bevosita silindr ichida yonadi, yonilg’ining yonishidan hosil bo’lgan issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylantiriladi.
    Ishlatiladigan yonilg’i turiga qarab dvigatellar quyidagi xillarga ajratiladi: tez bug’lanadigan suyuq yonilg’ida, ya’ni benzinda ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar; og’ir suyuq dizel yonilg’isida ishlaydigan dizellar va avtomobildagi ballonlarda saqlanadigan siqilgan yoki suyultirilgan gazda ishlovchi gaz ballonli dvigatellar. Shuningdek shahar transporti sifatida elektromobillardan ham foydalanilmoqda (tramvay, trolleybus, metro).
    Dvigatelning umumiy tuzilishi. (3-rasm). Dvigatel silindr (5) va ostki qismidan poddon (9) bilan yopilgan karterdan (6) iborat. Silindr ichida kopression (zichlovchi) halqalari bo’lgan, tubi yuqoriga qaragan stakan shaklidagi porshen (4) harakatlanadi. Porshen, porshenbarmog’I (3) va shatun (14) orqali karterda joylashgan o’zak podshipniklarda aylanuvchi tirsakli val (8) bilan bog’langan. Tirsakli val o’zak bo’yinlari (13), jag’lar (10) va shatun bo’ynidan (11) iborat. Silindr, porshen, shatun va tirsakli val birgalikda krivoship-shatun mexanizmini tashkil etadi.

    Silindr (5) yuqori berkitilgan bo’ladi. Bu kallakda klapanlar (15,17) o’rnatilgan bo’lib, ularning ochilishi hamda yopilishi tirsakli valning aylanishiga, binobarin, porshenning harakatiga aynan mos tushadi.


    Porshenning harakati ikki chetki vaziyat, ya’ni porshenning tezligi nolga teng bo’lgan vaziyat bilan chegaralanadi. Bu chegaralar porshenning tirsakli valdan eng uzoqlashgan holatiga mos keluvchi yuqorigi chekka nuqta (YCHN) va pastki chekka nuqta (PCHN) hisoblanadi.

    rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatelining tuzilishi:
    a) bo’ylama ko’rinish: b) ko’ndalang ko’rinish: 1-silindr kallagi, 2-halqa, 3-barmoq, 4-porshen, 5-silindr, 6-karter, 7-maxovik, 8-tirsakli val, 9-poddon, 10-jag’, 11-shatun bo’yni, 12-o’zak podshipnigi, 13-o’zak bo’yni, 14-shatun, 15,17-klapanlar, 16-forsunka yoki svecha
    Porshenning chekka nuqtalarda to’xtamay harakatlanishini, salmoqli gardishga ega bo’lgan, disk shaklidagi maxovik (7) ta’minlab beradi.
    Chekka nuqtalar orasidagi porshen bosib o’tadigan masofa S porshen yo’li deb, o’zak bo’yni va shatun bo’yni o’qlari orasidagi masofa R esa krivoship radiusi deb ataladi. Porshen yo’li krivoship radiusining ikkilanganiga tengdir: S=2R. porshenning bir marta yurishiga to’g’ri keladigan hajmi Vh silindrning ishchi hajmi (litraj) deyiladi. Vh=(п/4)d2S. YCHN vaziyatida turgan porshenning yuqorisidagi hajm Vs yonish kamerasining hajmini tashkil qiladi. Silindrning ishchi hajmi va yonish kamerasining hajmi qo’shilib, silindrning to’la hajmi Va ni ifodalaydi: Va=Vh + Vs. silindr to’la hajmini yonish kamerasining hajmiga nisbati E siqish darajasi deb ataladi: E=Va/Vs.
    Dvigatel quyidagi prinsipda ishlaydi: silindr ichiga porshen joylashgan bo’lib, u silindr ichida bemalol siljiydi. Porshen shatun vositasida tirsakli valning krivoshipi bilan sharnir xolda biriktirilgan. Yonuvchi aralashmaning tez yonishidan silindrda hosil bo’lgan gaz qiziydi va kengayib porshenni siljitadigan bosim hosil qiladi. Porshen shatun bilan, shatunning ikkinchi uchi esa tirsakli val krivoship bo’yni bilan sharnir holda biriktirilganligi sababli porshen shatun bilan birga siljiganda tirsakli val va uning uchiga mahkamlangan maxovik ham harakatga keladi. Porshenning to’g’ri chiziqli harakati dvigatelda shatun va krivoship vositasida tirsakli val va maxovikning aylanma harakatiga aylantiriladi.
    Dvigatel doimiy ishlab turmog’I uchun silindrlarni ishlatilgan gazlardan vaqti-vaqti bilan tozalash va yangi yonuvchi aralashma to’ldirilishi zarur. Shu maqsadda silindr kallagiga chiqarish va kiritish teshiklari ochilgan, ular klapanlar bilan bekitib qo’yilgan. Maxovik yetarlicha og’ir qilib yasalgan, shu tufayli aralashma yongan vaqtda yetarlicha kuch bilan aylanib, krivoshipni suradi va aralashma yana alangalanib ulgurguncha silindr ichida porshenni siljitadi.
    Porshen yuqoriga siljiganda chiqarish teshigining klapani ochiladi va porshen silindr ichidagi ishlatilgan gazni tashqariga itarib chiqaradi. Tirsakli val aylanishda davom etib, porshenni pastga siljitadi, shunda silindrning gazdan bo’shagan qismida siyraklanish hosil bo’lishi natijasida klapan ochgan kiritish teshigidan silindrga yangi aralashma to’ladi.
    Porshen pastki holatda turganda ish aralashmasini yondirish ma'qul ko`rinmaydi, chunki bu holatda kеngaygan gazlar bosimidan foydalanib bo`lmaydi, shu sababli porshеnni dastlabki holatga (yuqoriga) qaytarish va ish aralashmasini siqish zarur. Siqilgan ish aralashmasi elеktr uchqunidan alanglanib, hosil bo`lgan gazlar bosimi porshеnni yana pastga siljitadi.
    Porshen silindr ichida harakatlanib, chetki holatlarni egallaydi, bunda uning harakat yo’nalishi o’zgaradi. Porshenning silindr ichidagi bunday holatlariga chekka nuqtalar, porshenning bu nuqtalar orasidan o’tadigan yo’liga esa porshen yo’li deyiladi. Porshenninh har yo’li davomida tirsakli val 1/2 aylana, ya’ni 1800 buriladi. Porshenning bir yo’li mobaynida silindr ichida ro’y beradigan jarayonga takt deyiladi.
    Porshen yuqorigi chekka nuqtada turganda uning tepasida hosil bo’ladigan bo’shliq yonish kamerasi deb ataladi.
    Porshen yuqoridagi chekka nuqta (yu. ch. n.) dan pastki chekka nuqta (p. ch. n.) ga siljiganda silindr ichida hosil bo’lgan bo’shliqqa silindrning ish hajmi deyiladi.
    Silindrning ish hajmi bilan yonish kamerasining hajmi birgalikda silinrning to’la hajmi deb ataladi.
    Ko’p silinrli dvigatellarda barcha silindrlarning litrlar bilan ifodalangan ish hajmi dvigatelning litraj deb ataladi. Dvigatelning litraji oshirilsa, uning quvvati ham ortadi. Kiritish taktidi yonuvchi aralashma silinrning to’la hajmini ishg’ol etadi. Siqish takti oxirida aralashma ishg’ol etgan hajmi kichrayib, yonish kamerasi hajmiga tenglashadi.
    Silindr to’la hajmining yonish kamerasi hajmiga bo’lgan nisbatiga siqish darajasi deyiladi. O’rganilayotgan (benzinda ishlaydigan) dvigatellarda siqish darajasi 6,5 – 8,2 ga teng. Dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori bo’lsa, issiqlik nobudgarchilik kamayib, porshen ta’sir etadigan o’rtacha bosim ortganligi sababli dvigatel shuncha tejamli va quvvatli bo’ladi. Dvigatelda yonish kamerasining gazlar tegadigan ichki yuzasini kamaytirish yo’li bilan issiqlik nobudgarchiligini kamaytirish mumkin. Ish aralashmasi ko’p siqilganda temperatura va yonish tezligi oshishi natijasida porshenga ta’sir etadigan o’rtacha bosim ortadi.

    Adabiyotlar:

      1. N.Jabbarov "Ximiya va atrof-muxit", Toshkent "O'qituvchi", 1992 yil 13-27 betlar.

      2. Sh.Otaboev, M.Nabiev "Inson va biosfera", Toshkent "O'qituvchi", 1995 y. 2435 bet.

      3. Yu.SHodimetov "Ijtimoiy ekologiyaga kirish", Toshkent "O'qituvchi", 1994 yil, 169- 171 betlar.

      4. X.T.Tursunov "Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish", Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.

    Download 37.25 Kb.




    Download 37.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rotor-porshenli dvigatelning tuzilishi,ishlashi

    Download 37.25 Kb.