• Bunday elementlarni mustaxkamlik va bikirligini hisoblashda kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi. Murakkab qarshilikning quyidagi turlari mavjud
  • - Qiyshiq egilish. - Markaziy bo’lmagan siqilish va cho’zilish.
  • Bir uchi bilan qistirib mahkamlangan burchaklikning kesimi bosh inertsiya o’qlari kuchga nisbatan α burchak ostida yo’nalganligi sababli unda ham qiyshiq egilish sodir bo’ladi)
  • Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta’siri.
  • Murakkab qarshilik




    Download 0.63 Mb.
    Sana18.10.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #88396
    Bog'liq
    qarshilik
    Ogohlantiruvchi belgilar, ROTOR-PORSHENLI DVIGATELNING TUZILISHI,ISHLASHI, Ikki taktli karbyuratorli dvigatelning tuzulishi, ishlashi., Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari, Oʻzbekistonda Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi, New DOCX Document (2), test, Metrologiya test savollari , test.argos , IAKT, BTEM. amaliy topshiriq , Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta, 444, узбек тилини ривожлантириш (2)

    MURAKKAB QARSHILIK

    REJA:

    1. Murakkab qarshilik.

    2. Qiya egilish

    3. Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta’siri.

    Murakkab qarshilik

    Mashina va inshoot qismlariga ta’sir qilayotgan kuchlardan ularda hosil bo’ladigan bir turdagi oddiy , ya’ni cho’zilish va siqilish, siljish, buralish va egilish deformatsiyalarini tekshirgan edik. Ko’pincha shunday hollar bo’ladiki, mashina va inshoot qismlarida tashqi kuch ta’siridan yuqorida keltirilgan oddiy deformatsiyalarning bir nechtasi bir yo’la hosil bo’ladi. Masalan, harakatdagi avtotransport vositalarining vallari bir vaqtning o’zida buralish va egilishga qarshilik ko’rsatishi mumkin, chunki ularning istalgan ko’ndalang kesimlariga faqat burovchi va eguvchi momentlar ta’sir qiladi. Ko’prik yoki kran fermalari tarkibiga kiruvchi sterjenlar cho’zilishi yoki siqilishi bilan birga egilishi ham mumkin, albatta ularning barcha kesimlari bo’ylama kuch va eguvchi momentlar ta’sirida ekanligidandir. . Mashina va inshoot qismlarining barcha ko’ndalang kesim yuzalariga ta’sir qiluvchi kuchlardan ularda oddiy deformatsiyalarning kombinatsiyalari hosil bo’ladigan barcha hollarga murakkab qarshilik yoki murakkab deformatsiya deyiladi.

    Bunday elementlarni mustaxkamlik va bikirligini hisoblashda kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi. Murakkab qarshilikning quyidagi turlari mavjud:

    Bunday elementlarni mustaxkamlik va bikirligini hisoblashda kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi. Murakkab qarshilikning quyidagi turlari mavjud:

    - Qiyshiq egilish.

    - Markaziy bo’lmagan siqilish va cho’zilish.

    - Buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri

    Qiyshiq.egilish

    Eguvchi momentning ta’sir tekisligi To’sin kundalang kesimi bosh markaziy inertsiya o’qlaridan xech qaysisi bilan mos tushmaydigan egilish qiyshik egilish deb ataladi. Masalan, tomlarni yopishda shlatiladigan tunika ostigaqoqiladigan (reyka) taxta panjaralarga shunday kuchlar ta’sir qiladiki, bu kuchlar yotgan tekisliklar taxta panjaralar ko’ndalang kesimlarining bosh inertsiya o’qlari orqali o’tuvchi tekisliklar bilan burchak hosil qiladi. ko’rsatilgandek, tunika va taxta panjaralarning o’z og’irligidan tushadigan Ρ kuch taxta panjaralarning o’qi bilan α burchak hosil qilgan holda yo’naladi

    Bir uchi bilan qistirib mahkamlangan burchaklikning kesimi bosh inertsiya o’qlari kuchga nisbatan α burchak ostida yo’nalganligi sababli unda ham qiyshiq egilish sodir bo’ladi)

    Markaziy bo’lmagan cho’zilishi yoki siqilishi

    Brusning siqadigan yoki cho’zadigan kuch brus o’qiga parallel, lekin kuch quyilgan nuqta kesimning og’irlik markaziga mos kelmaydigan holdagi deformatsiya markaziy bo’lmagan sikilish yoki chuzilish deb ataladi. Kuch qo’yilgan nuqta qutbdan kesimning og’irlik markazigacha bo’lgan masofa ekstsentrisitet deb ataladi.

    Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta’siri.

    • Amalda mashinalarning buralishga ishlovchi qismlari, masalan, turli tirsakli vallar, shuningdek, spiralь prujinalar buralish bilan birga egiladi. Elektropoezd motor vagonlarining, tramvay vagonlarining o’qlari buralish bilan birga egilishga ham qarshilik ko’rsatadi. Garchi buraluvchi vallarga bevosita ko’ndalang kuchlar ta’sir qilmasa ham, ular o’z xususiy og’irligi ta’sirida va shu tufayli aylanish vaqtida hosil bo’ladigan markazdan qochirma inertsiya kuchi ta’sirida egiladi. Transmission va tirsakli vallar hamda shesternalar o’rnatilgan vallar buralish bilan birga egiladi. Kuchlar ta’sirini bir-biriga xalal bermaslik printsipidan foydalanib, doiraviy kesimli valning buralish va egilishidan hosil bo’lgan kuchlanishlarni hisoblaymiz

    Muxandislik qurilmalarida buralish bilan egilishi bir vaqtda yuz beradigan detallar uchraydi. Turli mashinalar va mexanizmlarning vallari shunday detallar jumlasiga kiradi. Bunda valning ko’ndalang kesimlarida eguvchi va burovchi momentlar, shuningdek ko’ndalang kuch vujudga keladi.masalan: tirsakli valga anchagina burovchi moment ta’sir etishi bilan birga egilishga ham ishlaydi, shuningdek, tramvay vagonlarining o’qlari buralish bilan egilishga ishlaydi.

    • Muxandislik qurilmalarida buralish bilan egilishi bir vaqtda yuz beradigan detallar uchraydi. Turli mashinalar va mexanizmlarning vallari shunday detallar jumlasiga kiradi. Bunda valning ko’ndalang kesimlarida eguvchi va burovchi momentlar, shuningdek ko’ndalang kuch vujudga keladi.masalan: tirsakli valga anchagina burovchi moment ta’sir etishi bilan birga egilishga ham ishlaydi, shuningdek, tramvay vagonlarining o’qlari buralish bilan egilishga ishlaydi.

    Download 0.63 Mb.




    Download 0.63 Mb.