• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari Reja: Alternativ yonilg’ilarning ishlab chiqarilishi




    Download 18.02 Kb.
    Sana29.03.2023
    Hajmi18.02 Kb.
    #47423
    Bog'liq
    Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari
    Ogohlantiruvchi belgilar, ROTOR-PORSHENLI DVIGATELNING TUZILISHI,ISHLASHI, Ikki taktli karbyuratorli dvigatelning tuzulishi, ishlashi., Oʻzbekistonda Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi, New DOCX Document (2), test, Metrologiya test savollari , test.argos , IAKT, BTEM. amaliy topshiriq , qarshilik, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta, 444, узбек тилини ривожлантириш (2)

    Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari
    Reja:

    1. Alternativ yonilg’ilarning ishlab chiqarilishi

    2. Muqobil motor yonilg’ilarining klassifikatsiyasi

    3. Alternativ yonilg’ilarning avtomobillardagi ahamiyati



    Gaz ballonli avtomobillar zaharliligini tadqiqot qilish ishlari natijalarining tahlili shuni ko‟rsatadiki, benzinning o‟rniga tabiiy gaz ishlatilganda zaharli tashkil etuvchilarning atrof-muhitga chiqarilishi (g/km), o‟rtacha, uglerod oksidi bo‟yicha 8 marta, uglevodorodlar bo‟yicha – 3 marta, azot oksidlari bo‟yicha – 2 marta, PAU bo‟yicha – 10 marta, tutunligi bo‟yicha – 9 marta kamayar ekan [6]. Shu sababli transport vositalari uchun muqobil yonilg‟ilardan foydalanish, hamda transport vositalarini gaz yonilg‟isiga o‟tkazishni takomillashtirish bo‟yicha dunyoning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari ko‟plab ishlarni amalga oshirmoqdalar. Respublikamizda ham gaz ballonli avtomobillarni ishlatish ularning xavfsiz ishlashini tashkil etish bo‟yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‟lib ularda alohida talablar belgilab qo‟yilgan. Jumladan: O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-fevral 2007-yildagi 30- sonli “Avtomobillarni gaz bilan to‟ldirish kompressor shaxobchalari va avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‟tkazish choratadbirlari to‟g‟risidagi” qarori. Bu qarorda 2007-2012 yillar oralig‟ida respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga o‟tkazish bo‟yicha hamda suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ta‟minlash shaxobchalarini qurish bo‟yicha strategik yo‟nalishlar belgilangan [1 Q.M.Siddiqnazarov, U.V.Ahmedov “O‟zbekiston avtotransporti o‟tmishda va istiqlol yillarida” ushbu kitobda avtotransport va ekologiya, avtotransportni paydo bo‟lishi, mustaqillik yillarigacha O‟zbekiston avtotransporti kabi ma‟lumotlar keltirilgan [3]. N.G.Pevnev, A.P.Yelgin, L.N.Buxarov, “Texnicheskaya ekspluatatsiya gazobalonnix avtomobiley”. Ushbu kitobda gaz ballonli avtomobillarni ishlatish va gaz yonilg‟isidan avtomobillar uchun yoqilg‟i sifatida foydalanish bo‟yicha ma‟lumotlar keltirilgan [4]. Axmetov L.A., Ivanov V.I., Eroxov V.I. “Ekonomicheskaya effektivnost I ekspluatatsionnie kachestva gazoballonnix avtomobiley” [5]. Ushbu qo‟llanmada avtomobillarga gaz ballonli avtomobillarni ishlatishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi bo‟yicha ma‟lumotlar berilgan. B.I.Bazarovnig “Nauchnie osnovi energo-ekologicheskoy effektivnosti ispolzovaniya alternativnix motornix topliva” nomli dissertatsiya ishida transport vositalari uchun alternativ yoqilg‟ilardan foydalanishning ekologik samaradorligi asoslari keltirilgan va asoslab berilgan [6]. Maqolada keltirilgan ma‟lumotlar o‟tkazilgan tadqiqotlar va shu yo‟nalishda ish olib borgan olimlarning tadqiqotlari natijalaridan foydalangan holda tahlil etilgan. NATIJALAR O‟tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari shuni ko‟rsatadiki, Tarkibida 83…96 % metan bo‟lgan siqilgan tabiiy gaz massasi bo‟yicha 25 % vodoroddan tarkib topgan va yuqori oktan soniga ega (OCHM=130 gacha) va shu sabali =13 bo‟lganda detonatsiyasiz yonishi mumkin, bu esa effektiv foydali ish koeffitsientini ηe=0,36 ga yetkazish imkonini beradi. Tabiiy gaz yonganda benzin yonganiga nisbatan o‟rtacha SN 40 % kam, SO esa 75 % kam, SO2 esa 25 % kam hosil bo‟ladi, bundan tashqari dizel yonilg‟isi yonganiga nisbatan SN+NOx 80 % kam va SO esa 50 % kam hosil bo‟ladi. Dizel dvigateli bazasida yaratilgan gazli dvigatelda azot oksidlarini chiqarish 0,44…14,0 g/km ga, uglevodorodlarni chiqarish 0,8…1,9 g/km ga va uglerod oksidlarini chiqarish 2,8…11,6 g/km ga kamaygan [6]. Dvigatelga yonilg‟ining har xil turlarini uzatish masalasini ularning quyidagi xossalarini tahlil qilmasdan va hisobga olmasdan yechish mumkin emas: - fizikaviy-kimyoviy xossalari, ular odatda dvigatel ishini hamda yonilg‟i uzatish yoki ta‟minlash tizimining konstruktiv xususiyatlarini belgilaydi; - energetik (issiqlik-texnik) xossalari, ular yonish jarayoni borishining va dvigatel ishchi jarayonining sifati va xarakterini belgilaydi; - gazodinamik va texnologik-ishlab chiqarish xossalari, ular yonilg‟ilarni olish, transportirovka qilish, zapravka qilish va saqlash bilan bog‟langan; - zaharlilik xossalari, ular atrof-muhitga ta‟sirni belgilaydi. Yuqorida bayon qilinganlarga ko‟ra muqobil motor yonilg‟ilarni ularning qator xarakterli belgilari bo‟yicha klassifikatsiya qilish mumkin (1-chizma). Gazni tutun, qurum va chala yonishning boshqa mahsulotlarini hosil qilmasdan yoqish mumkin. Gazni oltingugurtli birikmalardan nisbatan osonlik bilan tozalash va yuqori malakali iste‟molchilarni oltingugurtsiz yonilg‟i bilan ta‟minlash mumkin, uni yoqqanda SO2 va SO3 hosil bo‟lmaydi.
    1-chizma. Muqobil motor yonilg’ilarining klassifikatsiyasi Tabiiy gaz neftdan olingan yoki boshqa muqobil motor yonilg‟ilariga nisbatan qator muhim afzalliklarga, hamda o‟ziga xos fizikaviy-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarga ega (1-jadval). Gazsimon yonilg‟ining teplotexnik xarakteristikalari odatda 1 m 3 gaz uchun normal sharoitlarda, ya‟ni bosim 760 mm sim. ust. va harorat 0ºS bo‟lganda o‟tkaziladi. Gazning normal sharoitlari bilan bir qatorda uning standart sharoitlarini ham farqlashadi, ularga bosim 760 mm rt. st. va harorat 20 ºS mos keladi. Texnik adabiyotlarda bosim 760 mm rt. st. va harorat 15 ºS da ham gazning xarakteristikalari keltiriladi
    MUHOKAMA Hozirgi paytda dunyoda motor yonilg‟isi sifatida tabiiy gazdan foydalanadigan 20 mln.dan ortiq transport vositasi mavjud. Tabiiy gazning unikal fizikaviy-kimyoviy xossalari, ularning sezilarli darajadagi tabiiy zahiralari, magistralli gazoprovodlar bo‟yicha ularni qazib olish joyidan yetkaziladigan joygacha yetkazish tarmog‟ining rivojlanganligi hamda yonilg‟ining an‟anaviy turlariga nisbatan ekologik afzalliklari tabiiy gazga XXI asrning eng istiqbolli va universal motor yonilg‟isi sifatida qarash imkonini beradi. Motor yonilg‟isi sifatida tabiiy gazdan foydalanish – intensiv rivojlanayotgan yo‟nalish bo‟lib, u yaqin kelajakda gaz sanoatining mustaqil yuqori rentabelli nimsohasiga aylanadi. 7…10 yildan keyin tabiiy gazdan avtomobil transportda foydalanishning yillik hajmi 5…6 mlrd.m 3 ga etishi, uzoq kelajakda esa 20…25 mlrd.m 3 dan ortishi uchun hamma asoslar mavjud [3]. Respublikamizda ham tabiiy gazning ko'plab zahiralari bor va bu zahiralarda yuqori sifatli tabiiy gazlar bo'lib ulardan avtomobil dvigatellari uchun yonilg'i sifatida foydalanishda ortiqcha gazni qayta ishlash yoki kimyoviy usullarda ishlov berish texnologiyalari qo'llanilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri yonilg'i sifatida foydalanish mumkin [7]. 1991 yildan boshlab tabiiy gazni O‟zbekistonda ishlab chiqarish 41,9 mlrd.
    m 3 dan 1997 yilda 50,4 mlrd. m 3 ga va 2013 yilda 60 mlrd. m 3 ga etkazildi, bu esa mamlakatimizni dunyo bo‟yicha gaz olish hajmi bo‟yicha sakkizinchi o‟ringa olib chiqdi. Eng boy gazli mintaqa - Ustyurt, uning territoriyasining 60 % O‟zbekistonda. Gazni olish asosan 12 ta konga asoslanadi, ular asosan mamlakatimizning janubiy sharq hududida joylashgan [3]. Yonilg‟ining gazsimon turlaridan foydalanishda namoyon bo‟ladigan asosiy afzallik – bu avtotraktor texnikasi ekspluatatsiyasining tejamkorligidir. Buning sabablari: ularning narxi yonilg‟ining neftdan olinadigan turlariga nisbatan arzonligi; dvigatel xizmat muddatining, o‟t oldirish svechasi va moy almashtirilishi muddatlarining uzayishi, yonilg‟i oktan sonining yuqoriligi va yonishda qurum hosil bo‟lmasligi. Amalda benzinda va dizelda ishlaydigan g‟ildirakli texnika va statsionar qurilmalarning hamma turlari tabiiy gaz yonilg‟isiga o‟tkazilishi mumkin. Lekin texnikalarni gaz yonilg‟isiga o‟tkazishda asosan quyidagi vazifalarga ega bo‟lgan texnikalarni o‟tkazish kerak: shahar ichi va shaharlararo yo‟lovchi tashiydigan avtobuslar; shahar kommunal xo‟jaliklarining avtomobillari; yo‟nalish avtobuslari va mikroavtobuslari; shaharda ishlaydigan yuk avtomobillarining hamma turlari; mos infrastrukturaga ega bo‟lgan qishloq xo‟jalik va yo‟l qurilish texnikasi va statsionar qurilmalar; usti berk imoratlar va skladlarda ishlaydigan avtopogruzchiklar]. Gazlarning ekspluatatsion xossalari va qo‟llanilish sohalari ularning tarkibi bilan belgilanadi. Gazga bo‟lgan ehtiyoj va uning transportabelligi ko‟p darajada yonish issiqligiga bog‟liq. Yonish issiqligi katta bo‟lgan gazlar uzoq masofalarga transportirovka qilinadi, past bo‟lgani esa ishlab chiqarilgan joydan yaqin joyda ishlatiladi. Yonish issiqligi bo‟yicha gazlar quyidagi guruhlarga bo‟linadi: yonish issiqligi juda yuqori bo‟lgan (25000 kDj/m 3 dan yuqori) – suyuqlashtirilgan, neft bilan birga chiqadigan, tabiiy; yonish issiqligi yuqori bo‟lgan (12000…25000 kDj/m 3 ) – koksli, biogaz, shaxtali, ko‟mirli qatlamlar degazatsiya qilish yo‟li bilan olinadigan karbyuratsiyalangan suvli; yonish issiqligi o‟rtacha bo‟lgan (5000…12000 kDj/m 3 ) – suvli, parokislorodli, koksodomenli, bituminozli yonilg‟idan olingan aralashma generatorli yonish issiqligi quyi bo‟lgan (3000…5000 kDj/m 3 ) – unumsiz yonilg‟idan olingan aralashma generatorli, havoli domenli; yonish issiqligi juda kichik bo‟lgan (3000 kDj/m 3 dan kam) – vagrankali, suv gazi generatorlari havo bilan purkaladigan, ko‟mir shaxtalarining ventilyatsiyasida olinadigan. Dvigatel gaz yonilg‟isida ishlaganida gaz yonilg‟isining detonatsiyaga bardoshliligi sababli uni o‟t oldirish va yonilg‟idan foydalanadigan qurilmalarga xizmat ko‟rsatish ancha yengillashadi

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    1.Asanov G. Nabixonov M. Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`grofiyasi. — T.: «O`qituvchi» 1994.
    2. AtaMirzaev O. Tuxliev Ҳ. Uzbekistan: priroda, naselenie, ekonomika. - T.: Uzbekiston Milliy ensiklopediyasi 2009.
    3. Axmedov E. Saydaminova O`zbekiston Respublikasi. qisqacha ma’lumotnoma. - T.: «Uzbekiston» 2006.
    4. Voronin V.V. Shargin M.D. Ekonomicheskaya, sosialnaya I politicheskaya geografiya. Uchebnoe posobie. - Samara 2006.
    5. Globalnaya sosialno-ekonomicheskaya geografiya. Pod.red. N.A.Sluka. - Moskva-Smolensk 2011.
    Download 18.02 Kb.




    Download 18.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alternativ yonilg’ilar, ularning istiqbollari Reja: Alternativ yonilg’ilarning ishlab chiqarilishi

    Download 18.02 Kb.