• So‘rov va intervyu yordamida holatlarni baholash
  • O‘quv rejasi: So‘rov va intervyu yordamida holatlarni baholash




    Download 45.42 Kb.
    bet1/4
    Sana30.03.2024
    Hajmi45.42 Kb.
    #182079
      1   2   3   4
    Bog'liq
    13-mavzu
    42 буйруқ, Davlat tili bayramiga xat, ФАН ОЙЛИГИ (2), 6-sinf matematika 3-chorak yangisi p, Авлонийга керак хужжатлар, Устама устига, 11-синф штаб буйруғи copy, Буйруғ 74, 3-amaliy ish, 1-Amaliy ishi Microsoft Access dasturida sql so’rovlari bilan i, 8 lecture, Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy raxbar xulosasi Magistrant To, iqtisod, xayot f qismi, Taqdimot (2)

    13-MAVZU: HOLATLARNI BAHOLASHDA SO‘ROV, INTERVYU USULLARINI VA O‘XSHATISHLI (IMITATSIYA) MODELLASHTIRISH VA ISHBILARMONLAR O‘YININI QO‘LLASH.
    O‘quv rejasi:
    1. So‘rov va intervyu yordamida holatlarni baholash.
    2. O‘xshatishli modellashtirishni qo‘llashni shart-sharoitlari
    3. Ishbilarmonlik o‘yinlari


    So‘rov va intervyu yordamida holatlarni baholash
    Ushbu usullarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, dastlabki baholar maxsus tanlab olingan ekspertlar tomonidan emas, balki jarayon ishtirokchilari tomonidan bildiriladi, masalan, mahsulotlar va xizmatlarning iste‘molchilari, korxonalar va tashkilotlarning xodimlari.

    1. So‘rovlar va ularni o‟tkazish. So‘rovlarning asosiy (eng ko‘p tarqalgan) maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

      • qaror qabul qilish chog‘ida etishmayotgan axborotni yig‘ish;

      • marketing tahlili instrumenti sifatida;

      • mahsulotlar, xizmatlar va xodimlarning sifatini baholashda.

    4.2 jadvalda misol sifatida 30 mingdan ortiq iste‘molchilar – bir qancha aviakompaniyalarning yo‘lovchilari bilan xuddi shunday so‘rov natijalari keltirilgan [29, 118 b]. So‘rovlar ingliz jurnali ―Holiday Which‖ tomonidan o‘tkazilib, jurnal ixlosmandlari unda e‘lon qilingan so‘rovnomadagi quyidagi savollarga javob berishlari zarur edi:

    • ular foydalangan aviakompaniyalar;

    • aviakompaniyalar xizmatlarining 10 ta iste‘mol ko‘rsatkichlariga 5 ballik shkalada baho berish;

    • ayni aviakompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni o‘zining do‘stlari va yaqinlariga tavsiya qilish (yoki tavsiya qilmaslik).

    Ushbu so‘rovlar bo‘yicha ijobiy baholar foizi aviakompaniyaning reytingini aniqladi.
    Kompaniyalarning iste‘mol baholaridagi farqlarning sezilarli darajada yuqori ekanligi diqqatga molik (ballar bo‘yicha 3 - 4 marta, o‘rtacha ball bo‘yicha 5 marta, reyting bo‘yicha 7 martagacha). Bunda kompaniyalar baholarining joylashishi farqlanadi. Taqsimlanish qonuniyati noma‘lum bo‘lgan, bunga o‘xshash tafovutlarning qiymati noparametrik usullar yordamida ranglarning korrelyasiya koeffitsienti bo‘yicha aniqlanishi mumkin:


    bu erda d=(x-y) taqqoslanayotgan baholar tartib (ranglari) sonlari orasidagi farq;
    x reytinglar ketma-ketligining tartib raqami;
    u kompaniyalar o‘rtacha ballarining tartib raqami;
    p qator hadlari soni.
    Aviakompaniyalarning iste‘mol baholari


    Kompaniyalar

    Reyting, %

    Shamollatish

    Xodimlar

    Ovqatlanish

    Qayd etish

    Salondagi tozalik

    Vaqti chog‘lik

    Oyoqlar uchun kenglik

    O‘rindiqlar qulayligi

    Hojat

    CHipta narxi

    O‘rtacha ball

    Singapore
    Airlines

    75

    5

    5

    5

    5

    5

    5

    4

    4

    5

    4

    4,7

    Emirates

    71

    5

    5

    5

    3

    5

    5

    4

    5

    5

    4

    4,6

    SAS

    70

    4

    5

    3

    5

    5

    -

    4

    4

    4

    3

    3,7

    Virgin
    Atlantic

    59

    3

    4

    3

    3

    3

    5

    3

    2

    2

    3

    3,1

    Malaysia
    Airlines

    51

    3

    4

    3

    4

    4

    4

    3

    3

    4

    4

    3,5

    Swissair

    49

    4

    4

    3

    3

    4

    1

    3

    4

    4

    3

    3,4

    Qantas

    43

    3

    4

    3

    3

    3

    2

    3

    3

    3

    3

    3,0

    South African
    Airways

    41

    3

    3

    2

    3

    4

    2

    4

    2

    3

    2

    2,8

    KLM

    42

    3

    3

    2

    3

    3

    3

    2

    3

    3

    3

    2,8

    Air Canada

    41

    3

    3

    2

    3

    3

    2

    4

    3

    3

    3

    2,9

    American
    Airlines

    39

    3

    3

    2

    3

    2

    3

    3

    2

    3

    3

    2,8

    Delta Air
    Lines

    38

    3

    3

    3

    3

    3

    3

    2

    2

    3

    3

    2,8

    British
    Airways

    37

    3

    3

    2

    3

    3

    3

    2

    2

    2

    3

    2,6

    Air Malta

    36

    3

    3

    3

    3

    2

    -

    2

    2

    2

    2

    2,7

    Lufthansa

    34

    4

    3

    2

    3

    4

    3

    2

    4

    4

    3

    3,2

    TAP Air
    Portugal

    31

    3

    3

    1

    3

    3

    -

    3

    3

    4

    3

    2,6

    Spanair

    26

    3

    2

    2

    2

    2

    -

    2

    2

    2

    3

    2,0

    Iberica

    25

    2

    2

    2

    2

    2

    1

    2

    2

    2

    2

    1,9

    Alitalia

    23

    3

    2

    1

    2

    3

    -

    3

    3

    3

    2

    2,2

    Olympic
    Airways

    21

    4

    3

    3

    1

    2

    -

    3

    2

    2

    3

    2,3

    Air France

    20

    3

    2

    2

    2

    2

    1

    2

    2

    2

    2

    2,2

    Cyprus
    Airways

    19

    1

    2

    2

    3

    1

    -

    1

    1

    1

    -

    1,2

    Sabena

    13

    1

    1

    1

    2

    -

    1

    2

    1

    1

    -

    1,0

    Egyptair

    11

    1

    1

    1

    2

    1

    -

    2

    2

    -

    -

    1,0

    Ranglarning korrelyasiya koeffitsienti chiziqli korrelyasiya koeffitsientining


    analogi hisoblanadi va ±1 oraliqda o‘zgaradi. 4.2 jadval bo‘yicha   1 6 141 0,94 ,
    24,575
    bu reyting va balli baholash orasida musbat bog‘liqlik mavjudligini bildiradi.
    Ushbu bog‘liqlikning qiymatini aniqlash uchun θ ning kritik qiymatini aniqlash zarur bo‘ladi va θ ≥ θkr shartining bajarilishi tekshiriladi.

    bu erda Skr Spirmen koeffitsienti, matematik jadvallar orqali aniqlanadi.
    So‘rovnomalar shaklida o‘tkaziladigan so‘rovlar chog‘ida baholarni reglamentlashtirish zarur bo‘ladi, aks holda olingan ma‘lumotlarni taqqoslash va qayta ishlash imkoni bo‘lmaydi. Odatda reglamentlashning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:

    • tabaqalash, ya‘ni tanlangan ko‘rsatkichlarni kamayish yoki o‘sish tartibida joylashtirish (birinchi, ikkinchi va hakazo o‘rinlar);

    • belgilangan miqdoriy yoki sifat tasniflariga (ko‘rsatkichlariga) o‘tish, masalan besh balli yoki etti balli: 1 – a‘lo baho; 2 - juda yaxshi; 3 – yaxshi; 4 – o‘rtacha; 5 – o‘rtachadan past; 6 – yomon; 7 – juda yomon baho.

    • muqobil (ha – yo‘q, yaxshi – yomon).

    1. Intervyu usuli. Intervyu –belgilangan axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (kontaktli) olish usuli bo‘lib, ma‘lum qayta ishlash jarayonidan so‘ng belgilangan vaziyatni, jarayonni, mahsulotni, xizmatlarni va boshqalarni sifat va miqdoriy baholash uchun qo‘llaniladi. Intervyu hech qanday savollar ro‘yxatisiz, erkin va standartlashtirilgan bo‘lishi mumkin.

    Xodimlar sifatini baholashda intervyu o‘tkazish uslubini qarab chiqamiz.
    Rahbar va xodim orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt jarayonida ma‘lum axborot yig‘iladi va u kelgusida quyidagi masalalarni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin:

    • belgilangan davr mobaynida xodimning mehnati natijalarini baholash;

    • xodimning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash;

    • tizimning maqsadlari va vazifalarini qarab chiqish va muhokama qilish;

    • ayni xodimga qo‘shimcha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik yoki bo‘lmasa uni boshqa ish joyiga ko‘chirish zarurligi aniqlanadi;

    • jamoada yanada sog‘lom muhit uchun sharoit yaratish.

    Odatda bunday intervyular yuzma-yuz o‘tkaziladi va unda rahbar va uning qo‘l ostidagi xodim ishtirok etadi.
    Intervyuni o‘tkazishning uch xil turi belgilangan, bular avtoritar, dialogli va muammoli-yo‘naltirilgan.
    Intervyuning avtoritar turida, rahbar qo‘l ostidagi xodimga vazifasini qanday bajarganligi, uning ishida qanday kamchiliklar mavjudligi va belgilangan davrda xodim qanday vazifani bajarishi zarurligini bildiradi. Bunda rahbar va xodimning o‘zaro munosabati bir tomonlama ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘zaro bir-birini tushunish etarli emas, boshliq tomonidan rasmiy ravishda belgilab berilgan maqsadlar va usullarga xodimning qarshi harakat qilish ehtimoli mavjud.
    Intervyuning dialogli turida ham xodimning faoliyatiga baho beriladi, ammo shu bilan bir vaqtda ma‘lum qoidalar doirasida (subordinatsiya) xodimning fikr va takliflar bildirishi taqdirlanadi.
    Intervyuning muammoli-yo‘naltirilgan turida xodimning o‘ziga mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish usullarini taklif qilish tavsiya qilinadi. Xodim faoliyatini baholash, rahbar tomonidan bir tomonlama o‘tkazilmasdan, o‘zaro muhokama jarayonida aniqlanadi.
    Intervyuning muammoli-yo‘naltirilgan turi samarali hisoblanadi, lekin rahbar hamda xodimning jiddiy tayyorgarligini talab qiladi. Intervyuni o‘tkazish va uning natijalarini joriy qilishning quyidagi bosqichlarini tavsiya qilamiz.

    Download 45.42 Kb.
      1   2   3   4




    Download 45.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv rejasi: So‘rov va intervyu yordamida holatlarni baholash

    Download 45.42 Kb.