• Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
  • Mavzu: Sensor kamchiliklarga EGA bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim strategiyalari va ularni amalga oshirish shart-sharoitlari Reja




    Download 33.39 Kb.
    bet1/3
    Sana01.04.2024
    Hajmi33.39 Kb.
    #183545
      1   2   3
    Bog'liq
    8-ma\'ruza (3)
    Husnidddin3, Mustaqil ish-2 (Sirtqi), Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги ҳузуридаги, TURON ZARMED 1

    Mavzu: Sensor kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim strategiyalari va ularni amalga oshirish shart-sharoitlari
    Reja
    1.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalami ta’limiy ehtiyojlari va
    imkoniyatlari.
    2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalami inkluziv ta’lim jarayonida
    qo‘llab-quvvatlash shart-sharoitlari va strategiyalari.
    3.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tavsifi.
    4. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’limiy ehtiyojlari va imkoniyatlari. 5.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni inkluziv ta’lim jarayonida qo‘llab-quvvatlash shart-sharoitlari va strategiyalari.

    Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoqyaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differensiatsiyalash: total ko‘zi ojiz; yorug‘likni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiqli ko‘rishga ega ko‘zi ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi. Bu tendensiyalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va kuchini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksiyalash mashg‘ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi. Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: 1.Total ko‘rlar - ko‘rish o‘tkirligi 0. 2.Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0, 05 gacha. Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlashtiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin. Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha turga bo‘linadi 1.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 05dan 0, 1 gacha 2.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 1dan 0, 2 gacha 3.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 2 dan yuqori 0, 4 gacha. Ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo‘lishi ham mumkin. (Ko‘rish o‘tkirligi 0,1 bo‘lgan bolalar). Bularning barchasi o‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik va optik vositalar yordamida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ko‘ruv idrokini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi ilmiy ta’limotlarni o‘rganuvchi fan tiflopedagogika fani hisoblanadi . Ko‘rishning zaiflashuvi sabablari: 1.Albinizm – odamlarning terida, ko‘zda, sochda rangning (pigmentning) bo‘lmasligi bilan tug‘ilish. Ularda rangsiz teri va juda yorqin oq-sariq soch bo‘lishi mumkin (odatiy yetnik gruppalardan tashqari). Albinism ko‘ruv faoliyatiga ta’sir qiladi. 2.Katarakta -bu ko‘z linzalarining xiralashuvi oqibatida yorqin ko‘rishni qiyinlashtiradi. Katarakta ko‘p hollarda bir necha sabablar bilan bog‘liq. Ko‘p bolalar katarakta bilan tug‘iladi. Katarakta ko‘zdagi qizarishlar, shishlar va boshqa ko‘z kasalliklaridan bo‘lishi mumkin. Bunda bolaning ko‘zi odatdagidan kichikroq bo‘ladi. Homiladorlik davridagi infeksiyalar ham kataraktaga sabab bo‘lishi mumkin. 3.Diabetga aloqador ko‘z kasalligi. Ko‘p davlatlarda ko‘rish zaiflashuvining asosiy sababchisi sifatida ko‘rsatiladi. Bundan glaukoma, katarakta diabetik retionapiya kelib chiqishi mumkin. 4.Glaukoma – ko‘ruv nervi miyaga ma’lumotni beradi. U shikastlanganda ko‘zda bosim oshadi. Ko‘zlarning to‘g‘ri ishlashi ularning shaklini ushlab qolishi sog‘lom bo‘lishi uchun bosim ma’lum miqdorda bo‘lishi kerak. Bosim juda yuqori bo‘lsa bolada quyosh yoki yorqin nurlarda noqulaylik kuzatilishi, bolada g‘ilaylik bo‘lishi (bolaning ko‘zlari turli tomonga qarashi) yoki “dangasa ko‘z” (bir ko‘zning boshqasiga qaraganda kuchsizligi)ning bo‘lishi va ko‘z yoshlanishi mumkin. 5.Daryo ko‘rlik. Daryo bo‘yida yashaydigan qora pashsha tomonidan yuqadigan, ko‘zlarning hamma ichki to‘qimalari zararlanib, qon ketish, qizarish, shish va boshqa yakuniy asoratlar bo‘lsa ko‘rlikka olib keladi. Ta’siriga uchragan kishilarning 99% Afrikada, 1%i Yaman, Meksika, Gvatemala, Ekvador, Kolumbiya, Venusuellada yashaydi. Astigmatism bilan yoki astigmatizmsiz keladigan miopiyalar (yaqindan ko‘rish) gipermetropiyalar (uzoqdan ko‘rish) kiradi 6.Pigmentli retinet retinetli kasallik. Birinchi belgisi, erta bolalikda salbiy ta’sir bilan ro‘y beradi. Qorong‘ida kuchsiz ko‘radi va ko‘rish maydoni torayishni boshlaydi. Pigmentli retinit turmushda va oilaviy hayotda uchraydigan eng odatiy ko‘z kasalligidir. 7.Traxoma. Chivinlar orqali yuqadigan kasallik. Bunda ko‘zdan infeksiya ajralib chiqadi. Bir necha yillardan keyin infeksiya takrorlanadi, ko‘zning ichida chandiqlar bo‘lishi, qovoqlar og‘rishi, ko‘zi ojizlikka ham olib kelishi mumkin. Maxsus ta’lim – tarbiya jarayonida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart sharoitlar yaratish. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar tafakkurining rivojlanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini.. Kasbiy faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda mehnat faoliyati uchun lozim bo‘lgan tasavvur, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiriladi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ijodiy tomondan o‘z-o‘zini namoyon etishga bo‘lgan intilishini tarbiyalash, individual kreativ qobiliyatlarni namoyon etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning ijti moiylashuvini stimullash, uning ijtimoiy tajribasini boyitish, kishilar bilan muloqot va birgalikdagi bo‘lgan faoliyatga tayyorlash, madaniy qadriyatlarga, madaniy hayotda faol ishtirok etishga o‘rgatish. Estetik tushunchalar va tamoyillar bilan tanishtirish davomida ahloqiy ongni tarbiyalash, burch va mas’uliyat hislarini mustahkamlash. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularda shaxsiy gigiena malakalarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini, mehnatsevarlikni, mustaqillilikni, o‘z-o‘zini nazorat eta bilishni tarbiyalash. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning har tomonlama rivojlanishi ularning kishilar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish malakalarining egallanishiga, dunyoga bo‘lgan estetik munosabatni tarbiyalashga ko‘maklashadi. V. Gayui (1745-1822) tiflopedagogika fanining va ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitishning asoschisi hisoblanadi, uning maslakdoshi va izdoshi, fransuz pedagogi D. Didro Fransiya va Rossiyadagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan ilk ta’lim muassasalarining asoschisidir. V. Gayui bois nafaqat ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni tizimli o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, balki ularga ta’lim olishga va ijtimoiy moslashishga muhtoj bo‘lgan jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida qarashi shakllandi. L. Brayl – re’lefli yozuvning olti nuqtali tizimini yaratgan. Ye.B. Ryabkin – ranglarni farqlashning tug‘ma va orttirilgan shakllari, A. I. Gersen nomidagi Leningrad pedagogika instituti professori, B. I. Kovalenko tiflopedagogika fanining rivojiga va ko‘rlarni umumta’lim fanlariga o‘qitish usullarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan. M.I. Zemsova, A.I. Litvak, V. Fromm, Ya. Yasenskiy – ko‘rish nuqsonining darajasiga ko‘ra tafakkurning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgangan. O‘zbek milliy olimlardan Sh.Xalilova 2005-yil “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tafakkur xususiyatlari” mavzusida, O. Rustamov ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mavzusida tadqiqot ishlarini olib borgan. Shuningdek, yosh olimlardan D.Sultonova, N.Abidova, Z. Djalolovalar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik-korreksion ishlarni o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish, takomillashtirish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Mualliflar tomonidan qator darslik, o‘quv qo‘llanma, dasturlar va maqolalar nashr etishga erishildi. Ma’lumki, ko‘rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism-ko‘z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko‘zga tushgan tasvirni avval po‘stloq osti markazlariga, keyin esa oliy ko‘ruv markazlari joylashgan katta miya po‘stlog‘iga (ensa bo‘laklariga) yetkazib beradigan o‘tkazuvchi yo‘llardan tashkil topgan. Ana shu analizatorning har qanday qismlaridagi o‘zgarishlar bolaning ko‘rish qobiliyatiga albatta ta’sir ko‘rsatadi. Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra olmaydigan, ko‘zi xira, zaif ko‘ruvchi bolalar guruhiga bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki korreksiya qo‘llanilganida (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0, 04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish o‘tkirligi 0, 05 dan to 0, 4 gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idrok etadi. Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi. Orttirilgan ko‘rish nuqsonlari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, so‘zak, ko‘z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalarning ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo‘lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi. Ko‘z ojizligi, ya’ni ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va bir xil turadigan (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin og‘irlashib, bora-bora ko‘rlikka olib keladi. Muhim xili esa turg‘un bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko‘rish qobiliyatining zo‘rayib boradigan zaifligi, ko‘ksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko‘ruv nervi atrofiyasi, to‘r parda (ko‘zning yorug‘likni qabul qiladigan qismi) distrofiyasi (aynishi) ga bog‘liq bo‘lib, bolaning har qanday rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigienik talablarga rioya qilmaslik refraksiya alohida yordamga muhtoj bolalar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z kamchiliklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi (faqat yaqindan yoki uzoqdan ko‘rishga). Yosh go‘daklarda ba’zan ko‘zga oid tug‘ma nuqsonlar ham uchraydi: kriptoftalm - ko‘z olmasi, qovoqlarining tug‘ilishdan rivojlanmay qolgani; mikroblefaron -ko‘z qovoqlar kaltaligi tufayli ko‘zning yumilmay turishi, koloboma — ko‘z qovoqlarining nuqsoni va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning ko‘pchiligini jarrohlik yo‘li bilan davolab, ularni bartaraf etsa bo‘ladi. Ko‘zi ojiz, so‘qir bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan bolalar ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug‘ilishdan ko‘zi ojiz va tug‘ilganidan so‘ng to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalik ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi, bunday bolalar xotirasida ko‘rish tasavvurlari qolgan bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatining og‘ir shakldagi buzilishlari bolaning xarakterida, psixikasida ikkilamchi asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan birirefraksiya alohida yordamga muhtojlaridir. Ularga yaqin ko‘rish (miopiya)ning turli darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko‘rish yoki yaqin ko‘rish astigmatizmi kiradi. Refraksiya alohida yordamga muhtojlari, ya’ni nurlarni sindiruvchi fokus ko‘z turi oldida bo‘ladi. Yaqin ko‘rishda (близорукость) bola uzoqdagi buyumlarni noaniq ko‘radi. Yaqin ko‘rishda xarita, jadvallar, sayr vaqtida uzoqdagi buyumlarni kuzatish, o‘qish, yozish, mehnat darslarida bajariladigan ishlar, rasmlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yaqin ko‘rish ko‘zoynaklar yordamida to‘g‘rilanadi. Yaqin ko‘ruvchi bolalarga boshni uzoq egib turish, tez engashish, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlari, mayda obyektlar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi. Uzluksiz ish 15 daqiqa. Xira yorug‘lik man etiladi. Uzoqdan ko‘rishda – ko‘zdan yiroqda ko‘radi, ko‘zga yaqin buyumlarni idrok etishda qiynaladi. Bunday bolalar mayda obyektlarni ko‘rib o‘rganishga mo‘ljallangan darslarda juda qiynaladilar va o‘qish, yozish hamda tarqatma material bilan ishlashda qiyinchilikka uchraydilar. Uzoqdan ko‘rish maxsus korreksiya ko‘zoynaklari bilan to‘g‘rilanishi mumkin. Ularga jismoniy vazifalarni bajarish taqiqlanmaydi. Yaqin obyektlar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi. Ba’zi bolalarda ambliopiya kuzatiladi. Ushbu nuqson ko‘rishdan foydalanmaslik natijasida rivojlanadi. Bunda ikki tomonlama g‘ilaylik hamroh bo‘lishi mumkin. Ambliopiyada ko‘zning ko‘rish va kuzatish qobiliyati buziladi. Bu esa o‘qish va yozish, rasm chizish, rasmlarni kuzatish, ko‘rish, geografik va tarixiy xaritalarni o‘rganishda qiyinchilik tug‘diradi. Nistagm-ko‘zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatlari. Ko‘zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib ko‘rinadi. Nistagmda bola ko‘rayotgan obyektga ko‘rish diqqatini jamlashda qiynaladi. Bu qiyinchiliklar, ayniqsa harakatdagi dinamik idrokni qiyinlashtiradi. Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko‘rishning buzilishi qo‘shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida nurlar noto‘g‘ri sindiriladi. Astigmatizmi bor bolalar to‘r pardasida vertikal, gorizontal va boshqa yo‘nalishdagi qiyshiq idrok kuzatiladi va natijada noto‘g‘ri tasvir paydo bo‘ladi. Ko‘rish nuqsonlarining yana boshqa shakllariga katarakta, ko‘- rish nervi atrofiyasi, albinizm, mikroftalm va boshqalarni kiritish mumkin. Ko‘rish nuqsonlarining qay darajadaligi ko‘zning sindiruvchi sohalarining holatiga bog‘liq (shoxparda, gavhar) Katarakta – ko‘z gavharining loyqalanishi (помутнение). Bunda gavharni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash va yangisini qo‘yish mumkin. Afaksiya-gavharning yo‘qligi. Shox pardaning vazifasi-nurlarni sindirish. Afaksiya kasalligida va gavhar siljib ketgan bolalar jismoniy vazifalardan cheklanishi, tez harakatlar, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlaridan himoya qilinishi zarur. Shox parda (роговица)ning tiniqligini buzilishi ham ko‘rish nuqsoniga olib kelishi mumkin. Uning sindiruvchi faoliyati me’yordan past darajada bo‘lganligi tufayli, bola buyumlarni aniq ko‘ra olmaydi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish nervining qisman atrofiyasi, ko‘z to‘r qobig‘ining turli o‘zgarishlari tez-tez uchrab turadi. Bunga turli miya kasalliklari:meningit, meningoensefalit va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rish atrofiyasi esa bosh miya jarohatlari, ko‘z to‘r pardasi kasalliklari, miya shishlari, ko‘rish nevriti natijasida ham kuzatilishi mumkin. Bunda ko‘z markaz bilan bog‘lanmaydi. Ko‘rish atrofiyasi davolanmaydi. Biroq undan kelib chiqadigan ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, davolash muhim. Ko‘z atrofiyasi bor bolalar doimiy ravishda izchillik bilan davolanishi lozim. Ularni charchatib qo‘ymaslik uchun mashg‘ulotlarda uzluksiz ko‘z bilan ishlash 5-10 minutdan oshmasligi lozim. To‘r pardaning eng ko‘p tarqalgan tug‘ma kasalliklariga pigmentli retinit, albinizm, to‘r pardaning ko‘chishi kiradi. Pigmentli retinit – to‘r pardadagi tayoqchalar faoliyatining buzilishi. Natijada kolbachalar faoliyati ham buziladi. Bu esa ko‘rish maydonining torayishiga yoki ko‘rishning butunlay yo‘qolishiga olib kelishii mumkin. Kasallik davolanmaydi. Albinizm – to‘r pardada pigment yetishmasligi. Natijada kishining ko‘zi qizil, sochi va tanasi oq bo‘lishi mumkin. Ularga yorug‘lik to‘suvchi ko‘zoynak taqish, quyosh nurlaridan saqlanish tavsiya etiladi. To‘r pardaning ko‘chishi-to‘r parda tashqi qobig‘ining oqib tushishi. To‘r parda tarang tortilib turgan yuqori miopiyali kishilarda to‘r pardaning ko‘chishiga moyillilikbor. Ular og‘ir ko‘tarish, jismoniy mashqlardan saqlanishi lozim. Uzluksiz ishlash ular bilan 5 daqiqadan oshmasligi kerak. Glaukoma-ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi. Mikroftalm-ko‘z olmasining kichrayishi. Ko‘zi ojiz bolalar bilan barcha ishlar ularning ko‘rish tasavvurlarini tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Har holda bola rang, shakl va boshqalarni bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli tushunchalar hosil qilishni osonlashtiradi. Ko‘z ojizligi qancha kech paydo bo‘lgan bo‘lsa, bolaning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari shuncha boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish, kengaytirish shunchalik oson bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan ko‘zi ojiz bolalar maxsus tashkil etilgan maktablarda yoki sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Bu maktablarda sog‘lom analizatorlarning aktiv faoliyati asosida (tuyg‘u va eshitish, boshqa sezgi analizatori) ko‘rish analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’limtarbiya ishlari ko‘rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi psixik asoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan barcha bilim ko‘nikma, hamda malakalar shakllantirib boriladi. Zaif ko‘ruvchi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idrok etadilar. Ular ham ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktabda yoki ko‘rlar maktabi qoshidagi maxsus sinflarda sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Biroq bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o‘qishni boshlashi ma’lum. Bir necha-yil muvaffaqiyatsiz ravishda, qiynalib o‘qigach, ular maxsus maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va o‘qituvchilar sog‘lom tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha erta maxsus maktablarga jo‘natishlari yoki inklyuziv ta’limni tashkil etishlari kerak. Ko‘rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlarni yaxshi ajrata olmaydilar, shakli o‘xshash narsa, harflarni bir-biri bilan adashtirib yuboradilar, natijada o‘qish va yozishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqibatida hisoblashda va matematika masalalarini yechishda qiynaladilar. Ular doskaga yozilganlarni, jadval, sxema va boshqa tasvirlarni yaxshi ko‘rmaydilar, ko‘rish bilan bog‘liq ishni bajarish vaqtida tez charchab qoladilar. Noto‘g‘ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko‘rish qobiliyati keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilar ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni o‘z vaqtida oftalmolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak. Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo‘lsa unga korreksiya qiladigan ko‘zoynak taqib yurishni tavsiya etadi va bola qaerda ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi. Ko‘zoynak taqib yurishi kerak bolgan bolalarga bog‘cha va maktab sharoitida to‘g‘ri sanitariya-gigiena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o‘rni to‘g‘ri va yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada 30 chizilgan tasvirlar va boshqa o‘quv materiallarini qanchalik aniq ko‘rayotganiga e’tibor beriladi. Alohida yordamga muhtoj refraksiyali bolalarning ko‘zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga ish turlarini mumkin qadar o‘zgartirib turish, ko‘z qadash bilan bog‘liq bolgan ishlar, topshiriqlar hajmini g‘oyat jiddiy nazorat qilib borish zarur. Ko‘z o‘tkirligi 0, 05 dan to 0, 4 gacha bolgan zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus bog‘cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu joylarda o‘quv ishlari ko‘rish asosida olib boriladi, ammo turli texnik va kattalashtiruvchi optik vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan, maxsus yoritgichlardan va hokazolardan foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri — bolalarda saqlanib qolgan ko‘rish imkoniyatlaridan o‘qish jarayonida to‘g‘ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni tarbiyalab, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, bolada ko‘rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir. Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif bolalar ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari, musiqachi, va boshqalar bo‘lib). Shunday qilib, ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya yo‘li bilan rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to‘g‘ri tashkil etilgan kompensator, korreksion chora-tadbirlar natijasida ular hayotida o‘z o‘rnini topib ketishlari mumkin. Ko‘rish va me’yordagi ko‘rish imkoniyatining rivojlanishi 4 yoshdan 7 yoshgacha bolalarning me’yoridagi ko‘rish rivojlanishi; • Abstrakt figura va belgilarni, taniy olish, farqlash va nusxasini yaratish; • Figuralardan andaza olish, chizish va ko‘chirish; • Bir detal orqali o‘xshash figuralar turini aniqlash; • Rasmdagi munosabatlarni, abstarkt figuralar va simvollarni taniy olish va anglash; • Rasmdagi tushirib qoldirilgan detalni taniy olishi; 31 • Belgilarni (harf va so‘zlardagi) bir uslubda taniy olish, anglash va nusxa yaratish; • Turli uslubdagi harflar shriftini taniy olish; • Xotiradagi abstraktli belgilarning nusxasini yaratish; • So‘zlarni ko‘rish orqali tanib olish.

    2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Korreksion pedagoglarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D.V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bolganligiga va og‘ir-yengilligiga 32 bog‘liq. Surdopedagogika fanida eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib bo‘lgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar kech kar bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishga xos kamchiliklar bo‘laveradi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi fan surdopedagogika fani hisoblanadi. Surdopedagogika – (lotincha surdos – kar) bu maxsus pedagogikaning tarkibiy bo‘limi bo‘lib, surdopedagogikaning umumiy maqsadi muloqot va bilish subyekti sifatida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxsning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy sifatlarini rivojlantirishdir. Ta’limiy vazifalar -Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart sharoitlar yaratish. -Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish. -Kar va zaif eshituvchi bolalar tafakkurining rivojlanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. -O‘quv faoliyati ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida kognitiv jarayonlarni faollashtirish. -Kasbiy faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda mehnat faoliyati uchun lozim bo‘lgan tasavvur, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish. Eshitish nuqsonining turi, xarakteri va tuzilishini aniqlash, qo‘shimcha nuqsonlarni belgilash, nutqiy rivojlanish darajasi, eshitish qobiliyatini yo‘qotish vaqti va darajasiga ko‘ra eshitish nuqsoniga ega bolani differensiallash, eshitish nuqsoniga ega bolaning har biri uchun o‘qitishning optimal shaklini aniqlash, surdopedagogik yordamning individuallashuvi. Eshitish nuqsoniga 33 ega individ hayot faoliyatini normallashtirish, uning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish, keng kommunikativ tajriba vositasida og‘zaki nutqni shakllantirish, eshitish qoldig‘iga tayangan holda sensor perseptiv faoliyatni rivojlantirish, og‘zaki nutqni idrok etish va tushunish malakalarini takomillashtirish. Eshitish nuqsoniga ega shaxsning ijtimoiy muhit bilan buzilgan bog‘lanishlarini tiklash, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda mehnat reabilitatsiyasini amalga oshirish, ijtimoiy maishiy moslashuvni ta’minlash, eshitish nuqsoniga ega shaxslarning barcha yosh guruhlari uchun yagona ta’lim muhitini tashkil etish. Kar va zaif eshituvchi bolalar bilan sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, ularda rivojlanishning ikkilamchi nuqsonlarini paydo bo‘lishini oldini olish, sog‘lom psixologik muhitni yaratish. Surdopedagogika fanining rivojlanishida katta xissa qo‘shgan olimlardan V.I. Beltyukov, F.F. Rau, M.I. T.S. Zikova, Ye.P. Kuzmichyova, Ye.G. Rechiskaya, R.M. Boskis, L.V. Neyman, V.I. Luboskiy A.G. Zikeev, K.G. Korovin, K.V. Komarova. A.M. Goldberg, L.E. Fingerman, K.I. Tudjanova, E.I. Leongard, L.P. Noskova, A.D. Salaxova, L.A. Golovchis, F.F. Rau, N.F. Slezina, O.I.Kukushkina, T.K. Korolevskaya T.A. Vlasova, F.F. Rau, B.D. Korsunskaya kabi olimlar eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ta’lm-tarbiyasi haqida ishlarini olib borish, ularda rivojlanishning ikkilamchi nuqsonlarini paydo bo‘lishini oldini olish, sog‘lom psixologik muhitni yaratish, keng kommunikativ tajriba vositasida og‘zaki nutqni shakllantirish, eshitish qoldig‘iga tayangan holda sensor perseptiv faoliyatni rivojlantirish, og‘zaki nutqni idrok etish va tushunish malakalarini takomillashtirish yo‘llarini o‘z ilmiy ishlarida yoritib berganlar. Zamonaviy surdopedagogika sohasidagi qator yutuqlar so‘nggiyillarda E.I. Leongard, Ye.G. Samsonova N.D. Shmatko, T.V. Pelimskaya, I.V. Koroleva, V.I. Pudov, O.V. Zontova, A.D. Salaxova, N.V. Kochegarova, V.N. Svodinalarning tibbiyot hamda pedagogika sohasidagi yutuqlardan keng foydalangan holda olib borgan izlanishlari eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar abilitatsiyasi va 34 reabilitatsiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq muammosining erta korreksiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Milliy surdopedagogikada olib borilgan tadqiqotlarda U.Yu.Fayziyeva, N.H.Dadaxo‘jayeva, F.J.Alimxodjayeva, N.Sh.Bekmurodov, X.M.Gaynutdinov, D.R.Nazarova, F.U.Qodirova, Z.N.Mamarajabova, R.Rustamova eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarishning yo‘l va vositalari asoslab berildi. 7Maxsus ta’lim sohasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar nutqini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari umumiy tarzda o‘rganilgan, eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarishning yo‘l va vositalarini asoslab berish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. 8 Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. L.V. Neyman tadqiqodlariga ko‘ra eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif 7FayzievaU.Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish Ped. fan. nomz. dis. ... avtoref. – Toshkent: TDPI. 1994. – 18 b 8 F.U Qodirova. Boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini shakllantirish.: Ped. fan. nomz. dis. avtoref…– Toshkent:TDPU, 2006. – 20 b. 35 eshitishga olib kelishii mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Karlik – eshitishning mutlaqo yo‘qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki pasayishining shunday shakliki, unda og‘zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi. Zaif eshitish – har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda uni idrok etish mumkin bo‘ladi. Kech kar bo‘lganlar - nutqni egallaganidan keyin, ya’ni 2-3 yoshda qandaydir kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Bunday bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi turlicha: total, yoki karlikka yaqin, yoki zaif eshitadigan bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo‘ladi. Bolalarda ko‘plab tovushlarni eshitmagani yoki buzuq holda eshitgani, ularga nima deyishganini tushunmaganligiga og‘ir psixik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu bolaning har qanday muloqotdan to‘liq bosh tortishiga, hatto psixik (ruhiy) kasallikka olib keladi. Muammo bolani og‘zaki nutqni qabul qilish va tushunishga o‘rgatishdan iborat. Agar bolada yetarli qoldiqli eshitish bo‘lsa, bunga eshitish apparati (qurilmasi) yordamida erishiladi. Qoldiqli eshitish kam bo‘lsa, nutqni eshitish apparati va so‘zlovchining «labidan» o‘qish yordamida qabul qilish majburiy bo‘ladi. Total (butunlay) kar bolalarda daktilologiya, yozma nutq, va ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish lozim bo‘ladi. Keyin kar bo‘lgan bolani o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar jamlanganda, uning nutqi, bilish va irodaviy jarayonlari rivojlanishi normal bolanikiga yaqinlashadi. Biroq emotsional soha, shaxsiy sifatlar va shaxslararo munosabatlar shakllanishidagi o‘ziga xoslik juda kam hollarda bartaraf qilinadi. Eshitishning buzilishi sabablarini ta’riflashga turlicha qarashlar 36 mavjud. Ko‘pincha eshitish patologiyasini keltirib chiqaradigan sabab va omillarning 3-guruhi farqlanadi (D.I.Tarasov va boshq.) Sabab va omillarning 1-guruhi nasliy xarakterga ega. Bu kabi sabablar eshitish analizatori strukturasida buzilishlarga va nasliy karlikning rivojlanishiga olib keladi. Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha holatlarning 30% dan 50% igacha to‘g‘ri keladi. Nasliy karlik yoki zaif eshitish organizmdagi boshqa a’zolar va tizimlardagi anomaliyalar (ko‘rish a’zolarining kasallanishi, suyak-mushak, asab tizimi, endokrin tizim patologiyasi va sh.k.) bilan birga kechishi mumkin. Nasliy karlik masalalari bilan shug‘ullanadigan genetiklar ta’kidlashicha, odam gametalarida eshitish o‘tkirligiga ta’sir etadigan 50 tagacha turli genlar bo‘lishi mumkin. Ota-onalardan biri nasliy karlik bilan og‘riganida kar yoki zaif eshituvchi bola tug‘ilish ehtimoli keskin ortib ketadi. Ota-onalarning har ikkisida nasliy karlik kuzatilsa, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola tug‘ilishi ehtimoli 50% dan ortadi. Sabab va omillarning 2-guruhiga homilaning eshitish a’zolariga tug‘ma karlikka olib keladigan (nasliy murakkablashishsiz) endogen va ekdogen ta’sirlar kiritiladi. Homiladorlik paytida onaning kechirgan kasalliklari katta ahamiyat kasb etadi. Bu kabi kasalliklarga qizilcha, gripp, parotit kiradi. Homiladorlik paytida homila va bo‘lg‘usi ona rezusiga mos kelmaydigan ototoksik dorilar iste’mol qilish ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Bolaning eshitishi rivojlanishida patologiyaning paydo bo‘lishiga homilador ayolning alkogol, giyohvand vositalarini iste’mol qilishi, shuningdek, chang ko‘p bo‘lgan va boshqa kasbiy zararlar mavjud korxonalarda ishlashi ham ta’sir o‘tkazadi. 3-guruh omillari rivojlanishning turli bosqichlarda sog‘lom bolaning eshitish a’zosiga ta’sir etadi va orttirilgan zaif eshituvlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Orttirilgan zaif eshituvchilik paydo bo‘lishiga sabab ko‘p hollarda boshdan kechirilgan o‘tkir o‘rta otit asoratlari bo‘ladi. O‘rta quloq kasallanishida eshitishning pasayish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda eshitishning yengil va o‘rta darajada pasayishi kuzatiladi. Bu shamollash jarayonlarining ichki quloqqa o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Zaif eshitishning sabablaridan biri eshitish nervining shamollashi sanaladi. Eshitishning buzilishi etiologiyasida yuqumli (infeksion) kasalliklarning roli katta. Bu kabi 37 kasalliklarning eng xavflilari epidemik meningit, sil (tuberkulez) meningiti, skarlatina va boshq. Eshitish ototoksik dori vositalari (kanamitsin, stireptomitsin, neomitsin va boshq.) ta’sirida zararlanadi. Bolalarda orttirilgan zaif eshituvchilikning qariyb 50%i ototoksik antibiotiklar iste’molidan keyin kuzatiladi (D.I.Tarasov). Bu preparatlar bilan davolashda xavflilik omili chala tug‘ilish, bolaning umumiy somatik zaifligi sanaladi. Eshitishning buzilishiga olib keladigan sabablarga tug‘ilish paytidagi jarohatlar, tug‘ilayotgan bolaning boshiga qisqichlar qo‘yilishi, o‘rta quloqqa operativ teginishlar (operatsiyadan keyingi asoratlar), jarohat chog‘ida eshitish suyakchalari zanjirining uzilishi, adenoid vegetatsiyalar va boshq. kiradi. Eshitishdagi nuqson kelib chiqishining birlamchi sababini aniqlash ba’zan qiyin kechadi. Birdaniga eshitishning pasayishiga olib keladigan bir necha sababning birikishi kuzatilishi mumkin. Ayni paytda aynan bir sabab turli shakldagi karlik va zaif eshituvchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Turli manbalarda aytilishicha, sayyoramiz aholisining 4% dan 6% igacha vakili eshitishdagi u yoki bu nuqsonlardan aziyat chekadi. Biroq eshitishda nuqsoni bo‘lgan kishilarning aksariyat katta qismi zaif eshituvchilar toifasiga mansub. Kar bolalarning 25–30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetic faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishii mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarining keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi 38 nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda turli a’zo va sistemalarda qo‘shimcha birlamchi buzilishlar bo‘lishi mumkin. Onaning homiladorlikning dastlabki ikki oyida kechirgan kasalligi bois tug‘ma karlik va zaif eshituvchanlikda, odatda, ko‘- rishning buzilishi (katarakta) va tug‘ma kardiopatiya (Grig triadasi) kuzatiladi. Bu kabi kasallanishda tug‘ilgan bolada mikrotsefaliya va umumiy miya yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligida, uning sababi bola va ona qonining rezus – faktor bo‘yicha mos kelmasligi yoki ularning qoni turli guruhlarga mansubligi bo‘lishi mumkin, miyaning umumiy jarohatlanishi va oligofreniya, miyaning diffuz jarohatlanishi, miyaning qobiq osti bo‘limlari jarohatlanishi tufayli ifodalangan giperkinetik sindrom bilan psixofizik rivojlanishning kechikishi, spastik parez va paralichlar ko‘rinishidagi MNS jarohatlanishi, yuz nervining zaifligi bilan kechadigan asab tizimining yengil jarohatlanishi, g‘ilaylik, boshqa ko‘z-harakat buzilishlari va motor rivojlanishning umumiy kechikishi bilan eshitishning buzilishi kuzatilishi mumkin. Bunda eshitishning buzilishi tovush ta’sirlarining analiz va sintezi sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan miya sistemalarining buzilishi bilan belgilangan bo‘lishi mumkin. Kalla suyagining jarohatlanishi oqibatida yuzaga kelgan orttirilgan eshitishning buzilishi nafaqat eshitish analizatorining retseptor bo‘limi, balki uning o‘tkazuvchi yo‘llari va qobiq qismi buzilishlari (nuqsonlari) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bola kechirgan meningit yoki meningoensefalit eshitishning buzilishini keltirib chiqarishi va u yoki bu darajadagi miya yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Nasliy karlik va zaif eshitvchilikning ayrim shakllarida, homila paytida eshitishning zararlanishiga olib keladigan qator kasalliklarda, shuningdek o‘rta va ichki quloq sohasida turli shamollash jarayonlarida vestibulyar apparat jarohatlanadi. Shu bilan birga eshitish va boshqa sistemalar jarohatlanishidan iborat murakkab, kompleks 39 buzilishlar turli sabablar ta’sirida va turli paytlarda yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, kar va zaif eshituvchi bolalarda eshitishning buzilishidan tashqari quyidagi nuqsonlar kuzatilishi mumkin: - vestibulyar apparat faoliyatining buzilishi; - ko‘rish buzilishining turli variantlari; - psixik rivojlanishning birlamchi kechikishiga olib keladigan minimal miya disfunksiyasi. Bunda har qanday salbiy omillar miyaga bevosita ta’sir qilishi mumkin, yoki boshqa hollarda, miya yetishmovchiligi yurak – qon-tomir, nafas, ajratish va boshqa – miya ishini o‘zgartiradigan sistemalarda og‘ir somatik kasalliklar natijasida yuzaga keladi; - oligofreniyaga olib keladigan miyaning keng jarohatlanishi; - bolalar serebral paralichi yoki harakat sohasi regulyatsiyasida boshqa o‘zgarishlarga olib keladigan miya sistemalarining buzilishi; - miyaning eshitish – nutq sistemasi (qobiq va qobiq osti tuzilmalarining) lokal buzilishlari; - markaziy nerv sistemasi va butun organizmning psixik kasalliklar (shizofreniya, manikal-depressiv psixoz va b.) ga olib keladigan kasalliklari; - organizmning umumiy zaiflashuviga olib keladigan ichki a’zolar: yurak, o‘pka, buyrak, ovqat hazm qilish sistemasi va b. dagi og‘ir kasalliklar; - chuqur ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik imkoniyati. Korreksion pedagoglarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir-yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogika fanida eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi karlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib bolgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar kech kar bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq 40 tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi. Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bir necha tasnifi mavjud. Keng tarqalgan tibbiy tasniflardan biri L.V.Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tasnif sanaladi. Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun L.V.Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va nutq yordamida tekshirgan. L.V.Neyman idrok etiladigan chastotalar hajmiga bog‘liq ravishda karlarning 4 guruhini farqlaydi: 1-guruh – eng past 125-250 Gs chastotalarni idrok etadigan bolalar. Bunday bolalar qandaydir nutq tovushlarini farqlamaydi va qulog‘i yaqinida aytilgan juda baland tovushlarga yoki yaqin masofadan turib berilgan intensiv tovushlarga (baqiriq va sh.k.) reaksiya qiladi. 2-guruh – 125-500 Gs chastotani idrok etadigan bolalar. Bu guruh bolalar qulog‘i yaqinida aytilgan baland tovushlarga reaksiya qiladi, «o» va «u» unlilarini farqlaydi. Boshqa juda baland tovushlarni idrok etishga qodir. 3-guruh – past va o‘rta chastotalar, 125 -1000 Gs gacha diapazondagi tovushlarni idrok etadigan bolalar. 4-guruh – 125 - 2000 Gs chastotani idrok etadigan bolalar. 3 - va 4 - guruhga mansub bolalar yaqin masofadan turib kamroq intensiv va chastotasiga ko‘ra turlicha tovushlarni (musiqa asboblari tovushi, maishiy tovushlar – eshik qo‘ng‘irog‘i, telefon qo‘ng‘irog‘i va sh.k.) idrok etadi. 4-guruh bolalari deyarli barcha unlilarni, qulog‘i oldida yoki yaqin masofadan aytilgan alohida jumla va so‘zlarni farqlaydi. Kar bolalarning hammasida u yoki bu darajadagi qoldiqli eshitish bo‘ladi. Qoldiqli eshitish idrokini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ish jarayonida og‘zaki nutqning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Zaif eshituvchilik ham turli darajada namoyon bo‘ladi. L.V.Neyman eshitishning pasayish darajasi bo‘yicha zaif eshituvchi bolalarni 3 ta darajaga ajratadi. 41 1-daraja – nutqiy diapazonda eshitishning pasayishi 50 dBgacha nutqiy muloqot qilish mumkin. 1 m dan ortiq masofadan so‘zlashish balandligidagi nutqni saralab idrok etish mumkin. 2-daraja – eshitish 50-70 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. Nutqiy muloqot qiyinlashgan. Og‘zaki nutq 1 m dan kam masofadan idrok etiladi. 3-daraja - eshitish 70-80 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. So‘zlashuv balandligidagi nutq hatto qulog‘i oldida ham farqlanmaydi. Muloqot baland ovoz yordamida quloqqa yaqin masofada amalga oshiriladi. L.V.Neyman tasnifiga kar, zaif eshituvchilik bilan karlik o‘rtasidagi shartli chegara 80 dB darajasida. Tibbiyotda hozirgi kunda bolalarning eshitish holatini baholashda eshitish buzilishining xalqaro tasnifidan foydalaniladi. Zaif eshituvchilikning 1-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan ortmaydi. Zaif eshituvchilikning 2-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan 55 dB gacha. Zaif eshituvchilikning 3-darajasi – eshitishning pasayishi 55 dB dan 70 dB gacha. Zaif eshituvchilikning 4-darajasi – eshitishning pasayishi 70 dB dan 90 dB gacha. Eshitishning 90 dB dan ortiq pasayishi karlik deb hisoblanadi. Bolaning eshitishidagi yetishmovchiliklar nutqni egallashning sekinlashishi, nutqni eshitib idrok etish buzilishiga olib keladi.Zaif eshituvchi bolalarda nutq rivojlanganlik variantlari keskin farq qiladi va bolaning individual psixofiziologik xususiyatlari va u yashagan, tarbiya va ta’lim olgan ijtimoiy - pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Hatto 2 - darajazi zaif eshituvchiligi bo‘lgan bola ham maktab davriga kelib, ayrim so‘z va nutq tovushlari talaffuzida kichik xatolar bilan, rivojlangan, grammatik va leksik jihatdan to‘g‘ri nutqqa ega bo‘lishi mumkin. Bunday bolaning psixik rivojlanishi normal bolanikiga yaqin bo‘ladi. Ayni paytda faqat 1 – darajali paytda zaif eshituvchi bola rivojlanishning nomaqbul ijtimoiy - pedagogik sharoitlarida 7 yoshga kelib, faqat sodda gaplardan yoki alohida so‘zlardan foydalanishi, bunda uning nutqida noto‘g‘ri talaffuz ko‘p bo‘lishi, so‘z ma’nolarini qorishtirishi, grammatik qurilishda turli 42 buzilishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday bolalarda kar bolalar uchun xarakterli bo‘lgan psixik rivojlanish xususiyatlari kuzatiladi. Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasi va maktab dasturlarini o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korrekion kompensator sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning nutqiy rivojlanishini, umumiy va aqliy rivojlanishini ta’minlaydi. Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Eshitish qobiliyatining pasayishi natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jaranglijarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘- g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjahl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda 43 ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb-hunar kollejlarida maxsus guruhlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim maktab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9-yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan maxsus ta’lim-tarbiya muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi. Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdano‘xshashlikka boruvchi tartibda tanlanadi va tayyorlanadi. So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi. 44 Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi. Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi. Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil nutqidan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi. Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda. Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasasi va maktab dasturlarining o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng, masalan ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nutqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi. Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogika fanida eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar, tug‘ma hamda kech kar bo‘lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 1 metr masofadan qabul qiladi, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan eshitadi. O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 0, 5 metr masofadan eshitadi. Og‘ir darajali zaif eshituvchi bola gapirilgan gapni quloq suprasi oldida eshitadi. Eshitish nuqsoni natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktabinternatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim maktab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 10 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, kompensatsiyalash mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilarning asosiy vazifasi — sog‘lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning 46 "maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat. Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksionpedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi. So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi, ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi. Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy 47 imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi. Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil nutqidan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi. Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda. O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quvkorreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun amaliy maslahatlar Sinfda barcha bolalar «P» shaklida o‘tiradi. Bu yo‘l orqali bolalar bir-birini ko‘ra oladi, imo-ishorali nutqdan, labdan o‘qish va mimikalarni yaxshi tushuna oladi, shunday qilib, bu yo‘l sinf faoliyatida yanada faol ishtirok etishga yordam beradi; 48 Guruh vaziyatlarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim olishi biroz qiyin bo‘lishi mumkin chunki, ular yuzma-yuz ta’lim olishadi; - Gapirayotganda bolaga qarash kerak; -Sekin va aniq gapirish, judayam baland gapirish kerak emas; -Qisqa, aniq va lo‘nda gaplardan foydalanish kerak; -Tildan barqaror (izchil)foydalanish kerak; -Bolalardan (agar u og‘zaki nutqqa ega bo‘lsa) nimani tushunganliklarini qaytarishini so‘rang; -Sinfda bergan ma’lumotlaringizning kalit so‘zlarini yozing; -Aloqaning afzalligi bo‘lsa, audiolog bilan ishlashni o‘rgating va bolalarni eshitish qoldig‘ini iloji boricha maksimum masofada foydalanishiga o‘rgating; -Muhim bo‘lmagan yaratilgan ko‘p manbali ovozlarni pasaytiring, ular bolalarning eshitishida qiyinchilik tug‘diradi, shuningdek bu eshitish ko‘magidan foydalanish bolalar uchun muhim.
    Inkluziv ta'lim, har qanday qat'iyatlarcha nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ham muhimdir. Bu usul, barcha o'quvchilarning o'z mahsulotlarini o'rganishi uchun samarali va oson imkoniyat yaratadi. Nuqsoni bo'lgan bolalarni inkluziv ta'lim jarayonida qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi shart-sharoitlarni va strategiyalarni ko'rib chiqamiz: Individual yondashuv: Har bir o'quvchi o'zining tajribasiga, ko'nikmalariga, va o'zini tuzatib borayotgan yo'nalishlariga muvofiq individual yondashuvni olishi kerak. O'quvchining yaxshi tushunish tartibi: O'qituvchilar, o'quvchining o'rganish stili, tajribalari, va tushunarli uchramoq qobiliyatlarini tushunish uchun o'quvchining bilim darajasi va talablarini aniqlashga intilishmalidirlar. Interaktiv va amaliy o'qitish: O'qituvchilar, o'quvchilarni amaliy va interaktiv darslar orqali qatnashishga qo'llanishni o'rganishlari kerak. Bu, o'quvchilar uchun muhim ma'lumotlarni o'rganish va ularga qo'llab-quvvatlash uchun yaxshi bo'ladi. O'quvchilarning bir-biriga qo'llab-quvvatlashi: Inkluziv ta'limda o'quvchilar arasidagi hamkorlik va qo'llab-quvvatlashni o'rgatish muhimdir. Qonun tizimida qat'iy o'rtaliklar, o'quvchilar o'rtasida aloqalarni rivojlantirish uchun faol bo'lishi uchun harakat qilish kerak. O'quvchilarning eng yaxshi yondashuvi uchun ta'lim va resurslardan foydalanish:O'quvchilarning mahsulotlarini tuzatish uchun ta'lim resurslari va texnologiyalardan foydalanish, ularga o'quv materiallariga oson kirish imkoniyatini yaratish muhimdir. O'quvchilar uchun mustaqil ravishda yondashuv:O'quvchilarga, o'zlarining o'rganish usullarini tanlash va mustaqil ravishda o'rganishga intilishmalidirlar. O'quvchining ota-onasi, o'qituvchilari va mutaxassislar bilan hamkorlik:O'quvchining ota-ona, o'qituvchilar, va mutaxassislar o'quvchining talablari, qobiliyatlari va zarur resurslari haqida o'zaro muloqot qilishadi. Taqdim etish va baholash:O'quvchilar uchun mahsulotlarini taqdim etish va ularga ta'lim natijalarini baholash jarayonini olib borish, ularning rivojlanishini kuzatish, va ba'zi taxminiy maqsadlarni aniqlash.

    Inkluziv ta'limda nuqsoni bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash, har bir o'quvchining maxsus talablari va ko'nikmalariga e'tibor beringan, ularga individual ravishda yondashuv qilish, o'quv materiallariga oson kirish, va qo'llab-quvvatlash tizimini o'rnatishni o'z ichiga oladi. O'qituvchilar, o'quvchilar, o'quvchining ota-onasi va mutaxassislar o'rtasidagi hamkorlik va koordinatsiya muhimdir.





    Download 33.39 Kb.
      1   2   3




    Download 33.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Sensor kamchiliklarga EGA bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim strategiyalari va ularni amalga oshirish shart-sharoitlari Reja

    Download 33.39 Kb.