|
Mavzu: O’zbekistonning yog’och zaxiralarini o’rganish
|
bet | 1/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #120265 |
Bog'liq Husnidddin3 Mavzu:O’zbekistonda qurulish ashyolar ishlab chiqarishdagi ikkilamchi resurslar va mahalliy ingridientlardan foydalanish(shlak,fosfogips,kvars,fyurit). - Ikkilamchi resurslar.
- Qurulish ashyolarini ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslarning tutgan o’rni.
- Ikkilamchi mahsulot va mahalliy ingridientlar
Ikkilamchi xom ashyo, - Ikkilamchi xom ashyo,
- Ikkilamchi resurslar— dastlabki toʻliq foydalanish (eskirish)dan soʻng asosiy xom ashyo tarzida qayta ishlatilishi mumkin boʻlgan materiallar va buyumlar va maishiy isteʼmol chiqindilari. Ularning eng muhimlari: temir-tersaklar, qora, rangli va kimmatbaho metallar chiqindilari; ishlatilgan surkov moylari, yaroqsiz detallar, qogʻoz qiyqimlari va makulatura, toʻqimachilik buyumlari, laxtaklar, toʻzigan avtomobil shinalari va b. Chiqindilarning bir qismidan qayta ishlovsiz, ikkinchi qismidan qayta ishlovdan soʻng foydalaniladi. I.x.a.dan foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Mas, temirtersak qoldigʻini toʻplash va qay-ta ishlash metallni rudadan ishlab chiqarishga qaraganda 25 marta arzonga tushadi.
Ikkilamchi resurslardan foydalanish Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiqlari, materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko'rsatgichlarini qisman yoki to'la yo'qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo'llash mumkin. Iste'molga yaroqsiz chiqindilar – qo'llash muddatini o'tab bo'lgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo'lmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qo'shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste'molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi bo'lib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qo'llash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo'shimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qo'shish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potenstial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan to'liq foydalanilmayapti. - Ikkilamchi resurslardan foydalanish Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiqlari, materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko'rsatgichlarini qisman yoki to'la yo'qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo'llash mumkin. Iste'molga yaroqsiz chiqindilar – qo'llash muddatini o'tab bo'lgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo'lmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qo'shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste'molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi bo'lib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qo'llash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo'shimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qo'shish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potenstial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan to'liq foydalanilmayapti.
|
| |