• Annotatsiya: Kiyim tikish texnologiyasida detal qirqimlariga ishlov berish xaqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar
  • Kiyim tikish texnologiyasida detal qrqimlariga ishlov berish




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #260844
      1   2
    Bog'liq
    Rahmatullayeva Shaxodat Mo’minjonovna



    Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
    «Научный Фокус» июня, 2023 
    763 
    KIYIM TIKISH TEXNOLOGIYASIDA DETAL QRQIMLARIGA ISHLOV BERISH 
     
    Rahmatullayeva Shaxodat Mo’minjonovna 
    Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi 
    Ta’lim ustasi 
    Annotatsiya:
    Kiyim tikish texnologiyasida detal qirqimlariga ishlov berish xaqida 
    ma’lumotlar berilgan. 
    Kalit so‘zlar:
    Kiyim tikish texnologiyasi, detal qirqimlariga ishlov berish. 
    Hozirgi paytda Respublikamiz sanoat korxonalari oldida turgan asosiy vazifalar 
    quyidagilardan iborat: uskunalarni zamonaviylashtirish, yuqori sifatli, chiroyli 
    kiyimlarni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, tezda moslanuvchi yangi oqim 
    liniyalarini qo‘rish, tikuvchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish 
    samaradorligini oshirishdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonalarni 
    qayta 
    qurish, 
    ishlab 
    chiqarishni 
    kompleks 
    mexanizatsiyalashtirish 
    va 
    avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi. Yangi kam 
    operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni 
    takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Kiyimning (umuman, tikuvchilik 
    buyumlarining), kiyim detallariga va uzellarining konstruksiyasida choklarni iloji 
    boricha ko‘proq kamaytirish, namlab-isitib ishlov berish uskunalarining vibromaneken 
    singari bir jarayonli turlarida materiallarga ularning termoplastik xususiyati hisobiga 
    shakl berish, biriktirish va bezash jarayonlarini birlashtirish. (masalan, mag‘iz, tasma 
    qo‘yishda), yelim materiallardan keng foydalanish va h.k. ana shunday kam 
    operatsiyali texnologiyaga kiradi. Kiyim sifatini yaxshilash uchun kimyoviy 
    materiallarning yangi turlaridan foydalanish kerak bo‘ladi. To‘qima va trikotaj, sun’iy 
    mo‘yna, sun’iy teri va sun’iy zamsha, sun’iy gazlama va sun’iy trikotaj, plyonka 
    qoplangan materiallar, noto‘qima materiallar, yelim qoplamali maxsus qotirmalar, 
    xilma-xil furnituralar va h.k. ana shunday material turlaridan hisoblanadi. Tikuvchilik 
    sanoati boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liq. Masalan: to‘qimachilik, ximiyaviy, 
    mashinasozlik, mo‘ynachilik va h.k. Bu sohalar tikuvchilik sanoatiga gazlama, turli xil 
    ximiyaviy materiallar, asbob-uskunalar, mo‘yna va furnitura yetkazib beradi. Xalq 
    xo‘jaligini ximiyalashtirish texnikaviy rivojlanishning asosiy yo‘nalishidir. Uning xalq 
    iste’moli uchun chiroyli, chidamli, qulay va arzon kiyim ishlab chiqarishda ahamiyati 
    juda katta. Tikuvchilik korxonalari sintetik tolali gazlamalar, sun’iy mo‘yna, porolon, 
    flizelin, proklamelin, dublirin, sun’iy charm, sintetik yelimlar, ip, tugmalar oladi. 
    Old va ort bo‘laklarni dastlabki ishlov berishga detallar qirqimlariga ishlov berish 
    qirqma, vitochka, burma choklar, valan, ryush, burma, koketkalar tikish kiradi. Ularga 
    gazlama turiga va modelga muvofiq turli usulda ishlov berish mumkin. Detal 
    qirqimlarini titilishdan saqlash uchun ularga universal yoki kimyoviy usullarda ishlov 
    beriladi. Universal usulda ishlov berishda detal qirqimlarini zanjir chokli yoki siniq 
    baxyali maxsus mashinalarda yo‘rmalanadi yoki univresal mashinada bukib tikiladi. 


    Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
    «Научный Фокус» июня, 2023 
    764 
    Gazlama turiga qarab baxya qatorning kengligi va zichligio‘lchamlari bir xil bo‘lmaydi. 
    Yo‘rmash mashinasida chokning kengligi 3-6 mm, zichligi 2-5/ 10mm , siniq baxyali 
    mashinada chokning kengligi 2-4 mm, zichligi 2,5-3,5 /10 mm bo‘ladi. Detal 
    qirqimlarni mag‘iz qo‘yib tikish xam mumkin. Mag‘iz tasmadan yoki qiya bichilgan 
    gazlama parchasidan bo‘lishi mumkin. Mag‘izni choklash mashinasida moslama qo‘yib 
    tikiladi. 
    Mag‘iz ikki qavat bo‘lsa, uni o‘ngini ustiga qilib uzunasiga bukib dazmollanadi. 
    Detal qirqimiga 0,3-0,5 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Mag‘iz chok atrofida 
    aylantirib teskarisiga o‘tkaziladi va mag‘iz ulangan chokdan 0,1 sm oraliqda bostirib 
    tikiladi. Ipaq, yupka jun va boshqa titiluvchan gazlamalardan tikiladagan detallarning 
    ichki qirqimlari oldin yo‘rmalanadi, keyin choklash mashinasida, bukib tikiladi. Qiz 
    bolalar va ayollar ko‘ylagining yeng uchlari va etak qirqimlari maxsus siniq baxya 
    qatorli mashinada yo‘rmab bezaladi. Detal qirqimlari yopiq yoki ochiq qirqimli bo‘ladi. 
    Titiluvchan gazlamalardan tikiladigan ko‘ylaklarni qirqimi ikki marta 0,5-0,7 sm bukib 
    siniq baxyali mashinada tikiladi. Ochiq qirqimli chok xosil qilish uchun detal qirqimi 
    0,5-0,7 sm bukiladi va bukish ziyidan siniq baxya qator yuritiladi. Baxya qatorgacha 
    0,1 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. 
    1-rasm. Detal qirqimlariga ishlov berish 


    Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
    «Научный Фокус» июня, 2023 
    765 
    a, b- detal qirqimlarini yo‘rmash; b - bukib tikish; v,g- mag‘iz qo‘yib tikish; ye-arra 
    tishli qaychida qirqish; j-yo‘rmab bukib tikish; z- mag‘iz qo‘yib bukib tikish; i,k – siniq 
    baxyali mashinada yo‘rmab bukish; m - qo‘sh baxyali bukma chok; l – ochiq qirqimli 
    bukma chok; n, o, r- beyka qo‘yib tikish 
    Ko‘ylak etagini tikishda ochiq qirqimli buklama chok ham ishlatish mumkin. 
    Buning uchun avval qirqimni o‘ziga ishlov beriladi: yo‘rmalanadi yoki mag‘iz qo‘yib 
    tikiladi yoki arra tishli qilib qirqiladi. Undan keyin etak qirqimi maxsus yashirin chokli 
    mashinada yoki choklash mashinasida bukib tikiladi. Asosiy detal qirqimlariga bezak 
    beyka qo‘yib tikish ham mumkin. Beykani ikkita ignali mashinada moslama yordamida 
    bir yo‘la ikkala qirqimini bukib bostirib tikish mumkin yoki avval detal teskari 
    tomoniga beykaning o‘ngi tomonini qo‘yib 0,5-0,7 sm kenglikdagi chok bilan tikiladi. 
    Chok o‘ngiga ag‘dariladi va beykadan 0,1- 0,15 sm kenglikda kant xosil qilib 
    dazmollanadi. Beykani ikkinchi qirqimi buklama chok balan bostirib tikiladi. Beyka 
    ikki qavat bo‘lishi mumkin. Bunda beyka o‘ngini ustiga qilib ikki bukib dazmollanadi. 
    Asosiy detalni teskari tomoniga beyka qo‘yiladi va biriktib tikiladi. Beyka asosiy detal 
    tomonga bukiladi va undan kant xosil qilib dazmollanadi. Beykaning ziylaridan 0,1-0,2 
    sm masofada bostirib tikiladi. Detal qirqimlarini mexanik usulda xam ishlov berish 
    mumkin. Bu usul kam kirishadigan, kam g‘ijimlanadigan, titilmaydigan gazlamalarda 
    va detal qirqimlari ko‘p ishqalanmaydigan joylarida qo‘llaniladi. Buning uchun maxsus 
    qaychilar ishlatiladi yoki detal qirqimlari siniq chiziq hosil qilibo‘yib olinadi. Detal 
    qirqimlarini termofizik usulda ishlov berish mumkin. Bu usul lazer nuri bilan bichish, 
    mikroplazma oqimi yordamida va termokeskich bilan qirqishda amalga oshiriladi. 
    Bunda issiqlik ta‘sirida detal qirqimlari erib, titilishdan saqlaydigan milk xosil qiladi. 
    Bu usulni yopishqoq-cho‘ziluvchan holatga o‘tadigan materiallarda qo‘llash mumkin, 
    ya‘ni materialning tola tarkibini 60% kam bo‘lmagan qismini termaplastik tolalar 
    tashkil kilishi kerak. Buyumlarni yuvish, kimyoviy tozalash, ishqalanish natijasida 
    detal qirqimlarini titiluvchanlikka chidamliligi ancha kamayadi. Shuning uchun bunday 
    ishlov berilgandan so‘ng detal qirqimlari yo‘rmash mashinasida qo‘shimcha ishlov 
    berilishi kerak, ammo chok zichligi 2-2,5/10 va chok kengligi 1-2 mm bo‘lgani yetarli. 
    Bunday chok parametri ip xarajatini kamaytiradi. Qirqimlarga ishlov berish bichish 
    vaqtida bajarilgani uchun ular cho‘zilishdan saqlanadi. Detal qirqimlariga elektrofizik 
    usulda ishlov berish mumkin. Bunda termoplastik materiallardan bichilgan detallarni 
    ultrotovush va yuqori chastotali tok bilan payvandlash yo‘li bilan erishiladi. Bu usulni 
    qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga imkoniyat beradi, buyumlarga 
    ishlov berish texnologik sikli qisqaradi. Gazlama sarfi kamayadi, chunki chok haqi ikki 
    barobar kam olinadi, shuningdek ip xarajati bo‘lmaydi. Ammo payvandlash joylarida 
    gazlamani strukturasi buziladi, choklarni dag‘alligi oshadi, termoplastik tolalari kam 
    bo‘lgan materiallardan bichilsa, detallarni biriktirish uchun qo‘shimcha ishlov berish 
    kerak bo‘ladi. Bu usulda qo‘llaniladigan asbob-uskuna ekspluatatsiyasi qiyin va alohida 
    xona talab etadi. Detal qirqimlariga kimyoviy usulda ishlov berishda ular polimer 
    kompozitsiya bilan qoplanadi. Polimer kompozitsiyalarni shyotka yoki purkagich 


    Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
    «Научный Фокус» июня, 2023 
    766 
    yordamida ishlov berish mumkin, ammo bu usul sermehnat bo‘lib ko‘p vaqt talab 
    etadi. Chet el firmalarida detal qirqimlariga kimyoviy usulda pachkalarda ishlov berish 
    texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
    Aytish mumkinki, xajmli shakl elementlarining mustaxkamligi ipli biriktirish va 
    bichish usullaridan foydalangan xolda olinishi shakllantirilganga nisbatan yukori 
    buladi, ammo yukorida keltirganidek, yarim tayyor maxsulotning yaxlitligini buzish 
    zaruriyati ular istikbollarini pasaytiradi. Bundan tashkari ipli biriktirish va bichish 
    usullarida ishlab chikarilgan bezaklar buyumning mexnat sarfini oshiradi. Shu sababli 
    xajmli bezak elementlarini tayyorlash usullarini ishlab chikishda elementlarni xajmli 
    shakllari mustaxkaligiga aloxida e’tibor karatish zarur. 

    Download 0,59 Mb.
      1   2




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiyim tikish texnologiyasida detal qrqimlariga ishlov berish

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish