• Amaliy mashg‘ulot uchun tarqatma ma’lumot Termiz 2023y. 2 AMALIY MAShG‘ULOT
  • Umumiy ma’lumot.
  • 1 . Siniq yuzasini kuzatish.
  • O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi




    Download 0.83 Mb.
    bet1/4
    Sana19.05.2023
    Hajmi0.83 Mb.
    #61917
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2 - Амалий машғулот
    ped texnologiyalar, mat analiz 6qoshimcha, mustaqil ish 7, Kitob tuman 1-son KHM Yoshlar yetakchisi, И.А.Крылова «Басни», Shartnoma 2222.doc 5555, Amirqulova Shoxista Adham qizi, Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo, 1 - Амалий машғулот, Bobojonova Feruza Maktablar va maktabgacha tashkilotlari matematikani o\'qitishda uzluksizligini tashkil etish shakllari, Ижодкорлик ижодкор шахс креатив щахс тушинчалари Бобожонова Ф, Ermatova Sitora, dars tahlili, ish reja 2022-2023

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI


    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


    PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI

    TEXNOLOGIK TA’LIM” KAFEDRASI





    MATERIALShUNOSLIK’’


    fanidan
    Amaliy mashg‘ulot uchun
    tarqatma ma’lumot


    Termiz 2023y.


    2 AMALIY MAShG‘ULOT


    METALL VA QOTIShMALARNING MIKRO STUKTURASINI O‘RGANISh


    Ishdan maqsad. Metall va uning qotishmalarining siniq yuzasining xarakteriga qarab makrostrukturalarini ko‘z bilan, zarur bo‘lsa lupa yordamida 20...30 marta kattalashtirib kuzatish natijasida namuna yoki detalning puxtaligiga putur yetkazuvchi nuqsonlar (g‘ovaklik, darz, shlak qo‘shimchalar, tarkib notekisligi) va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
    Umumiy ma’lumot. Mashina detallari va turli konstruksiya elementlari konstruksion materiallardan turli texnologik usullar bilan olinadi. Ayrim texnologik sabablarga ko‘ra ularning ishlatilish ko‘rsatkichlariga putur yetkazuvchi nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ularning sifatini kuzatish maqsadida oddiy makroanaliz deb ataluvchi usuldan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Talabalar tajriba ishida o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalalarni: 1) siniq yuzasini, 2) makro tuzilishini kuzatib o‘rganadilar.
    1 . Siniq yuzasini kuzatish. Buning uchun kuzatiladigan metalldan namunalar tayyorlab, ularni mayatnikli kopyorda yoki bolg‘a ila urib sindirib, siniq yuza donadorligi, nuqsonlar bo‘lsa xili, hajmi va xarakteriga ko‘ra metallning xossasi aniqlanadi. Aytaylik, yuza xira tusli tolali bo‘lsa, bunday yuzalar qovushoq metallarga taalluqli bo‘ladi, chunki deformatsiyalangani uchun donalar shakli va o‘lchamini aniqlab bo‘lmaydi. Agar yuza yaltiroq tusli, yirik donali bo‘lsa, bunda ular kristallik mo‘rt metallarga taaluqli bo‘ladi. Bu xil metallarda sinish donalar bo‘yicha yoki donalararo yuz berishi mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, metallarga yuk qo‘yish xarakteriga va harorat sharoitiga ko‘ra qovushoq metallning mo‘rt sinishi va aksincha, mo‘rt metallning qovushqoq sinishi yuz berishi ham mumkin. Uglerodli po‘latlardan farqli o‘laroq legirlangan po‘latlarda flokenlar deb ataluvchi nuqsonlar, shuningdek, shifer tarzidagi nuqsonli sinishlar uchrashi mumkin. Bunga sabab bosim bilan ishlangan legirlangan po‘latlarni 200 - 220°C harorat oraliqlarida tez sovitilganida qattiq eritmada erigan vodorod undan ajralishga ulgirolmaganligi oqibatida bu xil nuqsonlar va sinilmalar uchraydi.

    Download 0.83 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi

    Download 0.83 Mb.