• DNKning tuzilishi.
  • DNK uchlamchi strukturasi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 5-Mavzu: Nuklein kislotalar strukturasi. Reja: dnk strukturasi a Chargaff qoidasi




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana07.11.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #95256
    Bog'liq
    \'ruza
    3-amaliyot ish, Mustaqil ta’lim rahbar, 7788, Iroda Toshtemirova reading writing 1 mustaqil ish, C Nilida programmalash bo\'yicha masalalar to\'plami. Madraximov SH.F, Elektromexanik tizimlarni avtomatlashtirish qo\'llaniladigan texnologiyalar, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа, 0-Klassifikator-toplam-2023 (1), HQQ, Fizika kafedrasi-fayllar.org, xushvaqtova, Документ Microsoft Word, 1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini, 2-sinf ingliz tili ish reja YANGI


    5-MavzuNuklein kislotalar strukturasi.
    REJA: 
    1. DNK strukturasi 
    a) Chargaff qoidasi 
    b) DNK ning birlamchi strukturasi 
    c) DNKning ikkilamchi strukturasi 
    Tayanch so’zlar: ribonuklein kislota, dezoksiribonuklein kislota, ATP, mitoxondriya
    xloroplast, molekulyar massa, sitoplazma, ribosoma, virus, bakteriya
    DNKning tuzilishi. Barcha tirik organizmlarda (virus va bakteriyalardan tashqari) 
    DNK hujayra yadrosida joylashgan. Sitoplazmada (mitoxondriya va xloroplastlarda) ozroq 
    miqdorda uchraydi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin, timin, uglevod 
    komponentlaridan dezoksiriboza va fosfat kislota bo’ladi. Hujayra tarkibidagi DNK miqdori 
    xromosomalar soniga bog`liq. DNKning molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha o’n 
    milliondan yuz milliongacha etadi. 
    DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma`lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. 
    Bu qonuniyatlarni Chargaff (AQSH) aniqlagan bo’lib, Chargaff qoidasi deb ataladi. 
    1. Adeninning molyar miqdori timinning molyar miqdoriga teng yoki ularning nisbati 1 
    ga teng: 
    A=T yoki 
    Т
    А
    = 1 
    2. DNK tarkibidagi guaninning molyar miqdori sitozinning molyar miqdoriga teng yoki 
    ularning nisbati 1 ga teng:
    G=S yoki 
    S
    G
    =1 
    3. DNK dagi purin asoslari yig`indisi pirimidin asoslari yig`indisiga teng: 
    A+G=T+S yoki 
    S
    Т
    А


    G
    =1 
    4. Purin va pirimidin asoslarining oltinchi uglerod atomidagi amin va keto guruhlari bir-
    biriga teng. 
    G+T = A+S yoki 
    S
    А
    Т
    G


    = 1 
    5. DNK tarkibidagi guanin va sitozinning molyar konsentratsiyasi yig`indisining adenin 
    va timinnning molyar konsentratsiyasi yig`indisiga bo’lgan nisbati 
    Т
    А
    S
    G


    o’zgaruvchan bo’ladi. 
    Hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar DNK sidagi bu nisbat har xil bo’lganligi uchun u 
    tur spetsifikligi koeffitsenti deb ataladi.
    1
    1953 yili D.Uotson va F.Krik Chargaff qoidasiga hamda Uilkinsning rentgenstruktura 
    analizi ma`lumotlariga asoslanib, DNKning struktura modelini yaratdilar. Bu modelga ko’ra 
    DNK molekulasi qo’sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har 
    ikkala zanjir bitta umumiy o’qqa ega bo’lib, diametri 20 A
    o
    ga teng. Nukleotidlar qoldig`i bir-
    biriga nisbatan 36
    0
    burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir o’ramida 10 ta nukleotid 
    qoldig`i joylashgan. Spiralning bir o’rami orasidagi masofa 34 A
    o
    ga teng bo’lib, har bir 
    nukleotid 3,4 A
    o
    ni egallaydi. 
    1
    Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 397 – 
    betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi.


     DNK uchlamchi strukturasi 


    Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat 
    guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot asoslari 
    esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid 
    zanjirlardagi pentoza bilan fosfat kislota o’rtasidagi 
    bog` hisobiga, zanjirlar bir-biriga nisbatan teskari 
    yo’nalgan bo’ladi, ya`ni bitta zanjir 5
    I

    3
    I
    bo’lsa, 
    ikkinchisi 3
    I

    5
    I
    . Azot asoslari qo’sh spiralning 
    ichki tomonida bir-biriga komplementar ravishda 
    joylashgan bo’ladi. Bir zanjirdagi nukleotidlar 
    ATGTS tartibda bo’lsa, boshqa zanjirdagi 
    nukleotidlar TASAG bo’ladi, ular bir-biri bilan 
    vodorod bog`lari orqali bog`langan. Bunda adenin 
    bilan timin ikkita vodorod bog` hosil qilib biriksa, 
    guanin bilan sitozin uchta vodorod bog` hosil qilib 
    birikadi.
    2
    Shunday qilib, DNKning yuqorida keltirilgan tuzilishidagi xususiyati irsiy belgilarning 
    nasldan-naslga o’tishda va oqsilining biosintezida muhim ahamiyatga ega. 
    2
    Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 397 – 
    betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi.


    Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi, ularning asosiy qismi 
    ribosomalarda to’plangan. Hujayra tarkibida uchraydigan RNKlar molekulasining massasi, 
    tuzilishi va funksiyasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bugungi kunda hujayrada 40dan ortiq 
    RNK turlari aniqlangan bo’lib, ulardan eng muhimlari uch xil RNK xisoblanadi, bular: 
    informatsion -RNK, transport-RNK, ribosomal-RNK. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y. 
    2. M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y. 
    3. A.Zikiryaev., P.Mirxamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. 1-qism. 
    Toshkent. 2012 y 
    4. J.Koolman., K.H.Roehm. Color Atlas ofBiochemistry. Thieme Stuttgart · NewYork. 
    2007. 
    5. Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. 
    China. 2011. 
    6. 10. Mirxamidova P, , Zikiryayev A. Biologik kimyo va molеkulyar biologiya (1-qism) 
    Darslik. Toshkеnt. Navro’z. 2018 y 

    Download 0.54 Mb.




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Mavzu: Nuklein kislotalar strukturasi. Reja: dnk strukturasi a Chargaff qoidasi

    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish