• QR-kod yordamida toʻlovlarni amalga oshirish tamoyillari
  • QR-kod yordamida qanday toʻlash kerak
  • Elektron savdo maydonchasi bu
  • Elektron xabar bu
  • Elektron shatnoma
  • Davlat xaridi
  • 7-Mavzu: qr-kod olish va undan foydalanish tartibi, “Elektronsavdo” dasturidan foydalanish, e-d-hariddan foydalanish




    Download 87,99 Kb.
    Sana17.09.2024
    Hajmi87,99 Kb.
    #271431
    Bog'liq
    QR-kod


    7-Mavzu: QR-kod olish va undan foydalanish tartibi, “Elektronsavdo” dasturidan foydalanish, E-D-hariddan foydalanish.
    QR-kod nima, undan qanday foydalanish mumkin
    Spot QR-kod nima ekanligi, undan foydalanish qanday qulayliklarga olib kelishi haqida qiziqarli ma’lumotlar tayyorladi.

    QR-kod (Quick Response Code) — tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi maʼlumotni oʻzida mujassam etadi.


    U Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, maʼlumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yoʻnalishlarda ishlatilib kelinmoqda.
    QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida oʻqish mumkin.
    Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay boʻlgan yoki qimmatga tushadigan maʼlumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) boʻlishi mumkin.
    Bugungi kunda QR-kod aloqa (kommunikatsion) jarayonlarini optimallashtiradi, masalan, u yordamida:

    • vizitkada telefon nomerni shifrlash mumkin va bir marta bosishning oʻzi bilan kontaktlar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyish;

    • internet havolasi boʻyicha tezkor oʻtish;

    • elektron xat yoki SMS yuborish;

    • manzilning joylashuvini aniqlash;

    • Wi-Fi (internet) routeriga avtomatik tarzda ulanish mumkin.

    Shuningdek, tashqari ushbu tizim kundalik va turli savdo jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi. Bu kichik kvadratlarni mahsulot yorligʻida, kommunal xizmatlar kvitansiyasida yoki veb-sayt sahifalarida topish mumkin.
    “QR-online” — Uzcard va HUMO toʻlov terminallarining toʻlaqonli muqobilidir. Ushbu tizim toʻlov va pul oʻtkazmalari (QR-toʻlovlari) uchun juda qulay yangilik boʻldi. Ushbu onlayn imkoniyat Oʻzbekistonda elektron tijoratni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, chunki u shaxsga naqd pul yoki bank kartalarini olib yurmaslik imkonini beradi. Toʻlov uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar toʻlov ilovasi ichida mavjud boʻladi.
    QR-kod yordamida toʻlovlarni amalga oshirish tamoyillari
    Agar sotuvchi yoki xizmat koʻrsatuvchida QR-kod yordamida toʻlash imkoniyati mavjud boʻlsa, ular bank kartalarini qabul qilish uchun savdo terminaliga muhtojlik sezmaydi. Shunda xaridorga bank kartasini olib yurish hojati ham qolmaydi va buning ustiga kartasini boshqa odamning qoʻliga berish xataridan oʻzini himoya qiladi. Agar toʻlov — onlayn xarid boʻlsa, bank kartasi yoki shaxsiy maʼlumotlarni internet saytlariga kiritish shart boʻlmaydi.
    QR-kod yordamida qanday toʻlash kerak

    1. Smartfonga toʻlovlar uchun ilovani (Payme, Click va hokazo) yuklab olish lozim. Ilova QR-kod tizimini qoʻllab-quvvatlashi kerak;

    2. Bank kartasini ilovaga bogʻlash kerak boʻladi;

    3. Toʻlov ilovasidan foydalanib QR-kod (maʼlum bir mahsulot yoki xizmat uchun shakllantirilgan kod)ni skanerlash lozim;

    4. Smartfon ekranida pul mablagʻlarini qabul qiluvchi hamda xarid narxi koʻrsatiladi;

    5. Toʻlovni tasdiqlash.

    Savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari “QR-online” tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablagʻlarni Telegramdagi “@onlineqrbot” kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin.
    Hozirgi kunda ushbu tizimni Toshkent shahrida tatbiq etish doirasida tijorat banklari tomonidan 3,5 mingdan ortiq xoʻjalik subyektlarining savdo va xizmat koʻrsatish punktlari tegishli “QR-online” tizimi stikerlari bilan taʼminlandi.

    Elektron savdo maydonchasi, elektron xabar, elektron vosita, elektron shartnoma va elektron hujjat bu nima?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibnin yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida” 185-son qarori bilan tasdiqlangan eletktron tijoratni amalga oshirish qoyidalariga muvofiq: 


    Elektron savdo maydonchasi bu tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o’zaro xamkorligini ta’minlaydigan internet-do’koni deb belgilangan;
    Elektron xabar bu  axborotni jo’natuvchini identifikaciyalash imkonin beruvchi elektron shakld qayd etilgan axborot deb belgilangan;
    Elektron vosita bu elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo’ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shunigdek telekommunikatsiyalar tarmogi deb belgilangan;
    Elektron shatnoma bu tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o’rtasida tuziladigan shartnoma deb belgilangan;
    Elektron hujjat bu electron shaklda qayd etilgan, electron raqamli imzo bila tasdiqlangan va electron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvazitlarga ega bo’lgan axborot.
    Davlat xaridi — byudjet mablagʻlari hisobiga hukumat yoki davlat idoralari tomonidan sotib olinadigan, mamlakatda yoki chet ellarda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar. Bunday xarid davlat tomonidan davlatning oʻz ehtiyojlari (mas, uskuna-jihozlar, qurol-yarogʻ sotib olish), aholi isteʼmolini taʼminlash va davlat zaxiralarini (don, oziq-ovqat va b. xaridi) yaratish maqsadlarida amalga oshiriladi. Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari va yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda davlat maʼlum narxlar belgilaydi.
    Download 87,99 Kb.




    Download 87,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Mavzu: qr-kod olish va undan foydalanish tartibi, “Elektronsavdo” dasturidan foydalanish, e-d-hariddan foydalanish

    Download 87,99 Kb.