• Elektron tijorat” raqamli iqtisodiyot rivojlanishining istiqbolli omilidir
  • Elektron tijoratning huquqiy masalalari
  • “Ecommerce Europe”
  • Elektron tijorat




    Download 0.86 Mb.
    bet1/18
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #58473
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Mustaqil ish elektron hukumat
    2-laboratoriya ishi, 1676050435

    Elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisidir
    Elektron tijoratning asosiy printsiplari:

    • elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

    • elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;

    • elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;

    • elektron tijorat sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

    • tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash;

    • elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi;

    • elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash.

    Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.
    Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
    Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:

    • elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);

    • elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;

    • elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.

    Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Elektron tijorat” raqamli iqtisodiyot rivojlanishining istiqbolli omilidir




    Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati an’anaviy savdo aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi. Elektron tijoratning rivojlanishi va Internetda savdo platformalarining paydo bo‘lishi tufayli yuzma-yuz uchrashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotni sotib olish uchun hatto oddiy iste’molchi ham uydan chiqmay turib tovar va xizmatlarni masofadan xarid qilish imkonini yaratadi. Bu nafaqat o‘z shahringiz yoki mamlakatingizda xarid qilish, balki boshqa mamlakatlardan tovarlarga buyurtma berish va yetkazib berish imkoniyati mavjudligini anglatadi. Yangi texnologiyalardan foydalanish ommabopligi tufayli iste’molchilar huquqlarini himoya qilish zarurati ortib bormoqda.
    Elektron tijorat hamda marketpleyslardan foydalanish tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishi, butun dunyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar va xaridorlarni bog‘laydigan savdo kanali bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugungi kunda biznes uchun elektron tijoratning qiymatini baholab bo‘lmaydi: u kompaniyalarning iste’molchilar ehtiyojlarini tushunishini yaxshilaydi, mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga taqdim etadi. Hozirgi vaqtda jahon iste’mol tovarlari savdosining qariyb 12 foizi xalqaro elektron tijorat orqali amalga oshirilib kelinmoqda va bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Yevropa Komissiyasi oʻz tadqiqotida taʼkidlaganidek, onlayn platformalar Yevropa Ittifoqi va butun dunyoning kelajakdagi iqtisodiy oʻsishini taʼminlovchi “raqamli qiymat”ni yaratishda yetakchi rol oʻynaydi.
    Elektron tijoratning huquqiy masalalari
    Elektron tijorat platformalari katta hajmdagi ma’lumotlarni jamlaydi, ularning sifatli tahlili, biznes modellarini takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda, elektron tijorat oqimlarini yaxshiroq tahlil qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning tegishli darajasini ta’minlashdagi zaif tomonlarni aniqlash imkonini beradi. Anonimlashtirilgan ma’lumotlardan bepul foydalanish imkoniyatini va subyektning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini olishning muqobil usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadigan katta ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak, ya’ni (subyekt taqdim etganda). Bir necha maqsadlarda ma’lumotlarni qayta ishlashga bir martalik rozilik berish kifoya bo‘ladi. Platformalar, shuningdek, davlat idoralariga elektron tijorat muhitida savdo haqida ma’lumot olishga yordam berishda, shu jumladan soliq maqsadlari uchun ham. Misol uchun, Estoniyada hozirda bir nechta platforma operatorlari soliq organlari bilan platformalar orqali soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushlab qolish va soliq yig‘ishni osonlashtirish uchun platformalar va soliq o‘rganlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yaxshilash uchun yechim topish ustida ishlashmoqda. Eng dolzarb savollardan biri – onlayn platformalar xizmatlaridan foydalanib kelayotgan iste’molchilar huquqlarini qanday himoya qilish mumkin? degan savol o‘rinli bo‘ladi. Ochiq Internet sharoitida iste’molchilar uchun faqat Internetda taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, tovar yoki xizmatlar yetkazib beruvchini tanlash juda qiyin. Tadqiqotlarga ko‘ra, iste’molchilarning faqatgina 36 foizi oflayn rejimda bo‘lgani kabi, onlayn rejimda ham, bir xil huquq va himoyaga ega ekanligiga ishonishadi.
    Elektron tijoratga ishonchni mustahkamlashning muhim vositasi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadigan onlayn platformalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida Yevropadagi iste’molchilarga tovarlar va / yoki xizmatlarni onlayn sotadigan kompaniyalarni birlashtirgan “Ecommerce Europe” assotsiatsiyasi yaratilgan. Uyushma yevropalik iste’molchilarning elektron tijoratga ishonchini ta’minlaydi, Yevropa Ittifoqi va a’zo mamlakatlarning tartibga solish organlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yadi. Elektron tijorat subyektlari va bozorlarga ishonchni mustahkamlash uchun elektron tijorat platformalari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar tartibga soluvchilar va manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ishlab chiqilishi kerak. Bunday chora-tadbirlar quyidagi jihatlarni o‘z ichiga olishi lozim: iste’molchilarning huquqlarini va ularni qanday himoya qilish to‘g‘risida xabardor qilish; iste’molchilarning shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash vazifalarini belgilash; sotuvchilarni aniqlash va tekshirishni amalga oshirish, nizolarni hal qilishning muqobil usullarini taqdim etish; reyting va mijozlar sharhlaridan foydalanish; foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini hisobga olishning shaffofligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zini o‘zi tartibga solish vazifalarini belgilash; kontrafakt mahsulotlarni sotishga qarshi choralar ko‘rish, shu jumladan, mahsulotni markalash talablarini belgilash orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish lozim.


    Download 0.86 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0.86 Mb.