Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
2385
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASIDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH
Bektemir tumani 293-maktab
Boshlangtumani 293-maktabEMATI
Narmaxanbetova Baljan
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
va ta'lim texnologiyalari, fanlar bilan bog'liqligi, o'qitish samaradorligini oshirish bo'yicha
fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar:
Pedagogika, psixologiya, boshlang'ich matematika, fikriy hujum
Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni
umumiy
tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi.
Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini
va tizimliligini aks
ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi.
Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish
formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish
tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan
qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi.
Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha
fanlar bilan chambarchas
bog'liqdir.
1) O'qitish asosi bo'lgan matematika bilan;
2) Pedagogika;
3) Psixologiya;
4) Boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
Boshlang'ich matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan.
Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari:
1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy
vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini
yoritib berishi kerak;
3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak;
4) ta'limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati,
bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi;
6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan
V-VI sinf
matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatadi.