Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
2387
a) o'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar
matematika fani to'g'risida o'quvchilarga yetarli darajada ma'lumot berishi,
ularni
matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarning
ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning
asosiy metodlarini
egallashlari lozim.
b) o'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim
bo'ladi;
Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida nutq madaniyatini
to'g'rishakllantirish, o'z
fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini
o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) o'quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang'ich matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z
oldiga quyidagi
vazifalarni qo'yadi:
a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda
mustaqil mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga
bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) o'quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
Matematika darslarida o'rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular
orasidagi qonuniyatlar o'quvchilarni atroflicha fikrlashga o'rgatadi.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi
vazifalarni qo'yadi: