3-Mavzu: Mustaqil ta’lim olish texnologiyalari




Download 161 Kb.
bet1/8
Sana03.02.2024
Hajmi161 Kb.
#150890
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ta’lim olish texnologiyalar


3-Mavzu: Mustaqil ta’lim olish texnologiyalari


3-Mavzu: Mustaqil ta’lim olish texnologiyalari. 
O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli so‘zsiz katta.
Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida olgan
bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi.
Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, talabalarning
mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy o‘sishini
rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyatini
oshirish zarur.
Talaba va pedagog mustaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini
tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun emas, balki o‘zi
uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini
tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur.
Pedagog esa mustaqil ta’lim faqatgina talaba uchun emas, balki o‘zi uchun ham
kerak ekanligi, o‘zini ishini osonlashtirish, mustaqil fikr yurita oladigan talabalar
bilan muloqotda bo‘lib, o‘z bilimini boyitish va kelajda xizmat pog‘onalarida
o‘sishini ta’minlashini anglashi lozim. Shu bilan bir qatorda, pedagogning o‘quv
jarayonida talabalar bilan hamkorligi, ularning mustaqil ta’limga ishonchini
shakllantirishi, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanayotganini
ko‘rsata olishi, ma’ruzalarni a’nanaviy, ya’ni faqatgina ma’lumot berish bilan
chegaralanmasdan, balki muammoli interaktiv usulda olib borishi kutilayotgan
ijobiy natijalarga olib keladi.
Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali
o‘qitishni ko‘z oldimizga keltirish qiyin.
Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda
qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar
orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab
qilinadi.
Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun
o‘quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish kerak, ya’ni auditoriya

soati, passiv ma’ruza mashg‘ulotlar ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning


mustaqil ishlari salmog‘ini oshirish zarur.
Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o‘qitish usulidan mustaqil faoliyatiga
katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi g‘oyadir. Mustaqil ta’lim talabalarga bilim
berishda bu talabani o‘z holiga tashlab qo‘yish emas, balki pedagog tomonidan
muntazam boshqariladigan talabalarning mustaqil faoliyatidir.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har bir pedagog faqatgina o‘zining fanini
asosiy deb hisoblamasdan, talabaning mustaqil ta’limga ajratilgan vaqti o‘quv
rejadagi barcha fanlar uchun ajratilganligini esdan chiqarmasligi kerak, aks holda
talabalarga keragidan ortiq berilgan vazifa mustaqil ta’limdan kuzatilgan ijobiy
natija o‘rniga, aksincha salbiy natijaga olib kelishi mumkin.
Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
-
auditoriyadagi
mashg‘ulotlarda
olgan
bilimlarini
mustahkamlash,
chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
- me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni
o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
- faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini
rivojlantirish;
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirish;
- mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni
shakllantirish;
- tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar
topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga
faol qiziqishni shakllantirishdan iborat.
Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi
va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlayotganlarida qo‘yilgan muammolarni

chuqur tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari


kerak...!!!
"Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish"

Download 161 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 161 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Mustaqil ta’lim olish texnologiyalari

Download 161 Kb.