Metodlardan foydalanish




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#250715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narmaxanbetova Baljan


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
2389 
imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta 
olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 
O 'quvchilarni matematika kursini o 'rganishga tayyorlash. 
I-IV sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifasi bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy 
vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo'yicha qanday darajada tayyorgarligi 
borligiga bog'liq. 
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o'quvchilarining 
bilimlarini tenglashtirish, ya'ni past bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini yaxshi 
biladigan o'quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O'qituvchi quyidagi tartibda 
o'quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 
1. Nechagacha sanashni biladi? 
2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi? 
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 
5. Noma'lumlar bilan berilgan qo'shish va ayirishda bu noma'lumlarni topa oladimi? 
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 
8. O'ngga, chapga, kam, ko'p, og'ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og'irlik o'lchov birliklari bilan muomala qila oladimi? 
Bolalarni o'qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunday ishlar o'quvchilarnig og'zaki va yozma 
nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o'zlashtirishga 
qiziqishi kuchaya boradi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilaming o'quv va ijodiy 
faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi 
pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba 
asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Quyida 
amaliyotida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan 
foydalanish borasida so'z yuritamiz. 
"Fikriy hujum " metodi 
Mazkur metod o'quvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, 
ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, 
muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni 
hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish 
uchun xizmat qiladi. 
"Fikriy hujum" metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy 
tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan 
fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni 
rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mashg'ulot 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish