Metodlardan foydalanish




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana22.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#250715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narmaxanbetova Baljan


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
2388 
a) o'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan 
elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik 
amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan 
amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish, 
b) matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish 
malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash 
vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. 
d) o'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish. 
O'quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, 
kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma 
xulosalar qilishga o'rganishlari kerak. 
O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilarning o'rganilayotgan 
materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli 
shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil 
ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. 
Didaktikada dars turiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog'liq ravishda 
nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, 
shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. 
Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, 
o'quvchilardan individual yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi 
didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini 
reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika 
kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik 
materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish xarakteridagi 
materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir. 
Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy 
topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning 
g'oyasiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu 
mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada 
o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. 
Amaliyotda o'qituvchilar ko'pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan 
soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik 
san'atkorona tuzilgan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va 
chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal 
etishga qodir emas, chunki hech qanday o'rgatuvchi mashina o'qituvchining intuisiyasini, 
ya'ni hissiyotini almashtira olmaydi. 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish 
darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul 
mazkur sinf, mazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli 
didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish