• Пуск > Настройки > Обновление и безопасность > Безопасность Windows
  • Muhammad al Xorazmiy nomidagi




    Download 6,59 Mb.
    bet1/4
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,59 Mb.
    #112589
      1   2   3   4

    Muhammad al – Xorazmiy nomidagi
    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
    Dasturiy Injiniring Fakulteti talabasi
    Madaminov Bekmirzaning
    Kiberxavfsizlik asoslari fanidan
    3 – amaliy ishi

    Bajardi : Madaminov Bekmirza


    Tekshirdi : Shamshiyeva Barno

    8-amaliy ish


    Maxsus dasturiy vositalar yordamida ma’lumotlarni qayta tiklash.
    Ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlaring asosiy qismi pullik dasturlar hisoblanib, ular ichida Recuva dasturi narxi va imkoniyatlari bilan boshqalaridan ajralib turadi. Amaliy qismni bajarishda aynan Recuvadan foydalaniladi.
    Dastlab diskda ma’lumotlarni tekshirib olamiz va ulardn ayrimlarini qayta tiklash uchun vaqtincha o’chiramiz.

    Ma’lumotni tanlaymiz va o’chiramiz.

    Ma’lumotlarni qayta tiklash uchun Recuve dasturi ishga tushiriladi va skanerlanuvchi qurilma ko’rsatiladi.




    Yuqorida Recive dasturi ishga tushirish va asosiy oynasi ko’rsatilgan.
    Qayta skanerlash uchun skanerlanuvchi qurilma va fayllar turlari belgilanadi va skanerlash boshlanadi.



    Skanerlashni boshlash



    Va skanerlash natijalari.





    Skanerlash tugagach tiklash uchun fayllarni tanlashimiz mumkin va ular haqida tiklashdan oldin ham batafsil ma’lumot olish mumkin. Fayllar tiklashdan oldin dastur bergan yashil va qizil ogohlantirishlar faylni muvaffaqiyatli tiklash imkonini beradi.

    Qayta tiklashga ruxsat berish.

    Qayta tiklash jarayonida tiklanayotgan fayl o’zi ochirilgan qurilma maydonida emas boshqa bir joyga saqlash maqsadga muvofiq.

    Va qayta tiklangan ma’lumotlar



    Dasturda qizil ogohlatirish bilan berilgan fayllarni tiklash imkoniyati past hisoblanadi va ular tiklanganda ham foydalanish uchun yaroqli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga dastur ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish imkonini ham beradi. Bu usul bilan o’chirilgan ma’lumotlarning qayta tiklash ehtimolligi deyarli mavjud bo’lmaydi.


    9 – amaliy ish
    Shaxsiy kompyuterlarda viruslarga qarshi himoyani o’rnatish.

    Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «tushirish» (ya’ni, ularni «yuqtirish»), shuningdek, kompyuterda turli zararli harakatlarni bajarishi mumkin. Virusni o‘z ichiga olgan dastur «infektsiyalangan» dastur deb nomlanadi. Bunday dastur ishlay boshlaganda, virus birinchi navbatda nazoratni o‘ziga oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va «yuqtiradi», shuningdek, ba’zi zararli harakatlarni amalga oshiradi (masalan, fayllarni yoki diskdagi fayllarni joylashtirish jadvalini buzadi va hokazo.). Virus o‘ziga kerakli amallarni bajargandan so‘ng boshqaruvni o‘zi joylashgan dasturga o‘tkazadi va u odatdagidek ishlaydi. Shunday qilib, tashqi tomondan, zararlangan dasturning ishlashi zararlanmagan dastur bilan bir xil ko‘rinadi.


    Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, zararlangan dastur ishga tushirilganda virus rezident bo‘lib qoladi, ya’ni u qayta ishga tushirilgunga qadar kompyuter xotirasida vaqti-vaqti bilan dasturlarni zararlaydi va kompyuterda zararli harakatlarni amalga oshiradi.

    Windows Operatsion sistemasida viruslarga qarshi himoyani tashkil etish.


    Windows OS da eng so‘nggi antivirus himoyasini ta’minlovchi Windows Security ilovasi mavjud. Qurilmangiz Windows ni ishga tushirganingizdan boshlab faol himoyalanadi. Windows Security doimiy ravishda zararli dasturlar (zararli dasturiy ta’minot ) , viruslar va xavfsizlik tahdidlarini tekshiradi. Ushbu real vaqtda himoyaga qo‘shimcha ravishda, yangilanishlar qurilmangizni xavfsiz saqlashga va uni tahdidlardan himoya qilishga yordam berish uchun avtomatik ravishda yuklab olinadi.
    Windows security ilovasining ishchi oynasi

    Windows Security bu qurilma va maʼlumotlarni himoya qiluvchi vositalarni boshqarish majmuasidir va u quyidagi vositalardan tashkil topgan.

    Qurilmangiz ushbu Windows Xavfsizlik xususiyatlari bilan qanday himoyalanganligini sozlash uchun “Пуск > Настройки> Обновление и безопасность> Безопасность Windows” qismiga o‘ting yoki qidiruv paneliga “windows security” jumlasini yozish orqali kirishingiz mumkin.
    Windows security vositasiga kirish

    Holat piktogrammalari sizning xavfsizlik darajangizni bildiradi:

    • Yashil - hozirda tavsiya etilgan amallar yo‘qligini bildiradi.

    • Sariq - siz uchun xavfsizlik tavsiyasi borligini bildiradi.

    • Qizil rang - biror narsaga zudlik bilan e’tibor berishingiz kerakligi haqida ogohlantirish.


    Download 6,59 Mb.
      1   2   3   4




    Download 6,59 Mb.