|
3-Ma’ruza. Mavzu: Kompyuter viruslari sinflanishi Reja: Boshlang`ich (asosiy) xususiyatiga ko`ra viruslar sinflanishi
|
bet | 1/6 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 21,77 Kb. | | #271146 |
Bog'liq 3 маруза
3-Ma’ruza.
Mavzu: Kompyuter viruslari sinflanishi
Reja:
1. Boshlang`ich (asosiy) xususiyatiga ko`ra viruslar sinflanishi;
2. Yashash (tarqalish) muhitiga ko`ra viruslar sinflanishi;
3. Fayllarni zararlash turiga ko`ra viruslar sinflanishi;
4. Algaritmini o`ziga xosligiga (xususiyatiga) ko`ra viruslar sinflanishi;
5. Destruktiv (buzg`unchilik) imkoniyatiga ko`ra viruslar sinflanishi;
6. Boshqa Zararli dasturlar.
Kalit so’zlar: kompyuter virusi, viruslar sinflanishi, destruktiv, zarar, xususiyat, kichik dastur, fayl viruslari, fayllarni zararlash, tarmoq viruslari, makro viruslar, fayl kodi, reziden, rеzidеnt bo’lmаgаn, stels algaritm.
1. Boshlang`ich (asosiy) xususiyatiga ko`ra viruslar sinflanishi
Kompyuter virusi – kichik dastur hisoblanib, o`zini o`zi nusxalab ko`paytirish xususiyatiga ega,haqiqiy hayotdagi biologik viruslardek bir xil,virus deb nomlanishi ham shundan.
Virus paydo bo`lishi uchun, biologik viruslardek, boshqaruvchisi bo`lishi kerak. Viruslar tizimga har xil zarar yetkazishi mumkin, zararsiz qalqib chiquvchi oynalardan boshlab, hattoki qattiq diskni formatlash bilan yakunlanuvchi jarayonlargacha. Kompyuter viruslari jabrlanuvchilari har kim bo`lishi mumkin, uyda foydalanuvchilardan boshlab, katta kompaniyalar tarmoq foydalanuvchilari va hukumat foydalanuvchilari ham.
Boshlang`ich (asosiy) xususiyatiga ko`ra viruslar sinflanishi:
Tarqalish muhiti;
Operatsion tizim (OC)(Fayllarni zararlash xossasi)
Algaritm o`ziga xosligi;
Buzg`unchilik imkoniyatlari
2. Yashash (tarqalish) muhitiga ko`ra viruslar sinflanishi
Tarqalish muhitiga ko`ra viruslar sinflanishi:
Kоmpyutеr viruslаrini yashаsh mаkоni, bоshqаchа аytgаndа viruslаr kiritiluvchi kоmpyutеr tizimi оb’еktlаrining хili bo’yichа turkumlаsh аsоsiy vа kеng tаrqаlgаn turkumlаsh hisоblаnаdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-Ma’ruza. Mavzu: Kompyuter viruslari sinflanishi Reja: Boshlang`ich (asosiy) xususiyatiga ko`ra viruslar sinflanishi
|