• Gripp viruslari
  • Qizamiq virusi
  • M mavzu. Rnk saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar




    Download 55,92 Kb.
    Sana16.02.2024
    Hajmi55,92 Kb.
    #157536
    Bog'liq
    Презентация Microsoft PowerPoint

    M Mavzu. RNK - saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar.

    Bajardi6 er

    Reja:

    • 1.RNK – saqlovchi viruslar.
    • 2. Odam uchun patogen bir ipli (+RNK) viruslar - Picornaviridae.
    • 3.Bir manfiy ip saqlovchi (-RNK) viruslar: Orthomyxoviridae, Paramyxoviridae, Rabdoviruslar. Morfologiyasi. Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Insonlardagi patologiyasi. Laboratoriya diagnostikasi.
    • Hozirgi kunda 1000 ortiq viruslar kashf qilingan. Ulardan yarimi odamlar uchun patogen xisoblanadi. Ular 19 oilaga kiritilgan 13 tasi RNK saqlovchi va 6 tasi DNK saqlovchi viruslar xisoblanadi. Odamlarda uchraydigon kasalliklarning 85-90% ni viruslar keltirib chiqaradi
    • Odam uchun patogen viruslarining koʻp qismi RNK tutuvchi viruslarga mansub. Ular bir-biridan genomning tuzilishi, oʻzgaruvchanligi, evolyutsiyaning tezligi bilan farq qiladi. Natijada yangi viruslar paydo boʻladi. Koʻpgina RNK tutuvchi viruslar xoʻjayin hujayraning sitoplazmasida koʻpayadi, ammo ayrim viruslar rivojlanishning ma’lum bosqichida hujayra yadrosining ichida ham joylashadi.
    • Hozir odamlarga patogen boʻlgan RNK genomli viruslar 13 ta oilaga boʻlinadi: Пиcoрнaвиридае, Cалиcивиридае, Реовиридае, Ретровиридае, Тогавиридае, Флавивидае, Бонявиридае, Аренавиридае, Филовиридае, Ррҳабдовиридае, Cоронавиридае, Парамйховиридае, Ортҳомйховиридае.
    • Ortomiksoviruslar oilasi (Oртҳомйховиридае)
    • Ortomiksoviruslar paramiksoviruslar kabi makroorganizm hujayralarining mutsin moddasiga moyil boʻlganligi uchun oilaning nomi ham shundan olingan (yunoncha ортҳос-toʻgʻri, мйха-shilliq). Bu oilaga odam, hayvon va qushlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi viruslar kiradi

    Gripp viruslari

    • Morfologiyasi. Gripp viruslari yumaloq yoki tuxum shaklida boʻlib, oʻlchami 80–120 nm(slayda). Virusning tashqi glikoproteid qobigʻida gemagglyutinin va neyraminidaza tikansimon oʻsimtalari bor. Ularning oʻlchami 10 nm, nukleokapsid spiral simmetriya koʻrinishida boʻlib, ribonukleoprotein (RNP) zanjiridan iborat juft spiral holatda joylashgan. Gripp bilan RNK-polimeraza va endonukleaza (R1 va R3) birikkan. Virionning oʻzagi M-oqsildan tashkil topgan parda bilan oʻralgan boʻlib, bu oqsil oʻz navbatida RNP ni tashqi qobigʻi va gemmaglyutinin, neyraminidazadan iborat tikansimon oʻsimtalar bilan bogʻlaydi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat, u virus massasining 1–2% ni tashkil etadi. Virion 50–70% oqsildan, 24–37% lipiddan, 5–9% uglevoddan tashkil topgan. Lipid va uglevodlar tashqi qobigʻidagi lipoprotein va glikoproteidlar tarkibiga ham kirib, ular virus shikastlagan hujayra komponentlaridan hosil boʻladi.
    • Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganida virus zarrachalari soʻlak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Gripp nihoyatda yuqumli, shu sababli epidemiya va pandemiya shaklida tarqaladi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar ham, keksalar ham) bu kasallikka moyil.
    • Kasallikning klinikasida gavda haroratining koʻtarilishi (380–390S ba’zan undan ham yuqori), holsizlik, et uvishishi, bosh ogʻrishi kabi belgilar kuzatiladi.
    • Gripp mavsumiy kasallik boʻlib, qish va bahorda koʻp uchraydi.
    • Paramiksoviruslar oilasi (lotincha пара-oʻxshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen boʻlgan 3 turkumni: Rарамйхoвирус, Морбилливирус, Пнеумовирус oʻz ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qoʻzgʻatuvchi virusni (OPGV) 1–4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar oʻlat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintitsial viruslar kiradi.
    • Morfologiyasi. Paramiksoviruslar murakkab tuzilgan boʻlib, sferik shaklga ega, oʻlchami 150–200 nm. Bu virus RNK tutuvchi viruslar ichida eng yirigi hisoblanadi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat. Nukleokapsid tashqi tomondan lipid-uglevod-protein qobigʻi bilan oʻralgan boʻlib, unda tikansimon oʻsimtalar joylashgan, nukleokapsid spiral simmetriya tuzilishiga ega. Nukleokapsid tarkibida bir necha virusga xos fermentlar bor, jumladan RNK-polimeraza (transkriptaza). Nukleokapsid tashqi qobiqning ichki tomonidan qoplab turuvchi matriks oqsil bilan oʻralgan. Tashqi qobiq hujayralardan hosil boʻlgan 2 ta lipid qatlami va 3 ta virusga xos oqsildan tashkil topgan. Shulardan 2 ta oqsil oʻsimtalar tarkibiga kiruvchi glikoprotein НҲ boʻlib, gemagglyutinatsiya qilish xususiyatiga va neyraminadaza faolligiga ega. Uchinchi Ф oqsil virusning hujayraga kirishini ta’minlaydi.
    • Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Virus oʻtkir respirator kasallikni keltirib chiqaradi. Kasallik havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Yashirin davri 3–6 kun. Paragripp viruslari yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida koʻpayadi va epiteliylarning parchalanishiga olib keladi, bunda yalligʻlanishlar va koʻpincha tomoqda shish kuzatiladi. Toʻplangan virus hujayralaridan hosil boʻlgan mahsulotlar qonga tushib organizmning umumiy zaharlanishiga olib keladi. Epiteliylarning parchalanishi natijasida himoya qiluvchi toʻsiq buziladi va patogen yoki shartli-patogen bakteriyalar kirib ikkilamchi infeksiya rivojlanadi.
    • Paragripp viruslari koʻpincha bolalarda faringit, bronxeolit, laringotraxeobronxit, boʻgʻma, zotiljam, kattalarda esa yengil koʻrinishdagi laringit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Paragripp viruslari koʻpincha gripp virusi va adenoviruslar bilan birga uchraydi.

    Qizamiq virusi

    • Qizamiq (gul)ni virus qoʻzgʻatishini 1911-yili T.Anderson va J.Goldberglar aniqlashgan. 1954-yili J.Enders va T.Piblslar hujayra kulturasidan virusning sof kulturasini ajratib oldilar. Bu virus Морбилливирус turkumiga mansub.
    • Morfologiyasi. Qizamiq virusi oʻzining xususiyatlariga koʻra toʻliq paramiksoviruslarga oʻxshash, ammo unda neyroaminidaza fermenti boʻlmaydi. Virusning tashqi qobigʻida faqat gemagglyutininlar joylashgan.

    Download 55,92 Kb.




    Download 55,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M mavzu. Rnk saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar

    Download 55,92 Kb.