• E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • 7-mavzu. Rnk turlarining postransriptsion o`zgarishi protsessing bosqichlari i-rnk protsessingi, t-rnk protsesingi. Teskari transkripsiya




    Download 0.71 Mb.
    Sana30.03.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #182364
    Bog'liq
    7-mavzu
    1 file, astrofizik asbob, 1-Maruza, Ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimini modellashtirish, 4Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi oʼrni va ularni iqtisodiyot tarmoqlarda qoʼllash, 60, HTML da xujjatlar tuzish, Artificial intellegence engineering, RENKIN SIKLINI FIK ANIQLASH VA UNING T-S DIAGRAMMASINI KO’RISH, BHA90:2 Buvanazarov Bekzod, Kimyo-UZ milliy sertifikat namunalari, windows, Smeta, 3-modul pyt, Azizjon Toirov fizika electronica 2 ish

    7-mavzu. RNK turlarining postransriptsion o`zgarishi protsessing bosqichlari. i-RNK protsessingi, t-RNK protsesingi. Teskari transkripsiya.

    Reja:

    Reja:

    1.RNK turlarining postransriptsion o`zgarishi-protsessingi bosqichlari.

    2.RNK spleysingi.

    3.Teskari transkripsiya.


    Gen ekspressiyasi (oqsil yoki uning bir boʻlagi sintezi uchun genni “oʻqish” jarayoni) bakteriya va eukariot hujayralarida turlicha boʻladi. Bakteriyalarda RNK transkript darhol oqsil sintez qilish uchun translyatsiyaga kirishishga tayyor boʻladi. Eukariotlarda bu sal murakkabroq, lekin qiziqarli yoʻl bilan kechadi. Bevosita transkripsiyadan soʻng sintezlangan hujayra pre-iRNK deb nomlanadi va u yetilgan informatsion RNK (iRNK)ga aylanishi uchun bir qancha jarayonlardan oʻtishi lozim. Bular:
    1.RNKning “boshiga” 5ʼ qalpoq biriktirish
    2.RNKning oxiriga poli-A dum (A nukleotidlaridan iborat dum) biriktirish
    3.Intronlar yoki “keraksiz” qismlarni olib tashlash, qolgan qismlar (ekzonlar)ni oʻzaro biriktirish.
    Bu jarayonlar yakunlangandan keyin pre-iRNK yetuk iRNKga aylanadi. U oqsil ishlab chiqarish uchun yadrodan tashqari (hujayra boʻshligʻi)ga chiqadi.
    5ʼ qalpoq va poli-A dum
    Pre-iRNKning ikkala uchi ham kimyoviy guruhlar biriktirish yoʻli bilan modifikatsiyalanadi (oʻzgartiriladi). Boshlanishidagi (5ʼ oxir) guruh qalpoq, oxiridagi (3ʼ oxir) guruh esa dum deb yuritiladi. Ikkalasi ham transkriptni himoya qiladi va yadrodan chiqishga, ribosoma (oqsil ishlab chiqarish “mashinasi”) bilan translyatsiyada qatnashishga yordam beradi .
    5ʼ qalpoq transkripsiya jarayonida transkriptning birinchi nukleotidiga birikadi. Qalpoq modifikatsiyalangan guanin (G) nukleotididan iborat boʻlib, transkriptni parchalanishdan himoya qiladi. Shuningdek, ribosomaning iRNK bilan birikishiga va oqsil sintezi uchun iRNKning oʻqilishiga xizmat qiladi.
    RNK splaysing
    RNK splaysing inson hujayralaridagi RNK protsessingning uchinchi katta jarayoni. RNK splaysingda pre-iRNKning intron deb ataluvchi maxsus qismi splaysosoma deb ataluvchi oqsil-RNK kompleksi tomonidan taniladi va olib tashlanadi. Intronlar “keraksiz” qismlar sifatida koʻriladi va olib tashlanadi, RNK molekulasining faqat “kerakli qismlari” qoladi.
    “Kerakli qismlar” deganda nima tushuniladi? RNKning olib tashlanmaydigan qismlari ekzonlar deb ataladi. Ekzonlar splaysosoma tomonidan birlashtiriladi, yetilgan iRNK sifatida yadrodan chiqariladi.
    Buning asosiy sababi shundaki, oqsillarni faqat genning ekzon qismlari kodlaydi. Oqsil hosil qilish uchun intronlar nafaqat keraksiz qism sifatida koʻriladi, balki iRNK oqsilni toʻgʻri ketma-ketlikda kodlashi uchun ularni olib tashlash zaruriyati tugʻiladi. Agar splaysosoma intronni olib tashlay olmasa, unda “keraksiz” qismlari bor iRNK sintezlanadi va translyatsiya vaqtida notoʻgʻri (keraksiz) oqsil hosil boʻladi.
    Alternativ splaysing - bitta gendan birdan ortiq iRNK hosil qilinishi mumkin. Alternativ splaysing orqali inson hujayralari (va boshqa eukariotlar) DNK tarkibidagi genlar soniga qaraganda koʻproq oqsillarni kodlay oladi. Alternativ splaysingda bitta pre-iRNK ikki (baʼzan undan ham koʻp) turlicha variantda splaysingga uchrashi mumkin. Masalan, quyidagi rasmda bitta pre-iRNK qaysi ekzon zanjirda qolishiga qarab uch xil koʻrinishda splaysingga uchragan. Buning natijasida uchta har xil yetilgan pre-iRNK shakllanadi va har biri translyatsiya natijasida uch xil strukturali oqsil hosil qiladi.
    Transkripsiya haqida umumiy tushuncha
    Transkripsiya genlar ekspressiyasidagi birinchi bosqich boʻlib, bunda gendagi maʼlumot yordamida oqsil funksional mahsuloti ishlab chiqariladi. Jarayonning maqsadi – DNK ketma-ketligini RNK molekulasiga koʻchirish. Oqsil kodlovchi gen uchun RNK yoki transkript polipeptid sintezida zarur boʻlgan maʼlumotni tashish vazifasini bajaradi. Eukariotlarda transkriptlar translyatsiya bosqichidan oldin bir qancha jarayonlardan oʻtadi.
    RNK polimeraza
    Transkripsiyani amalga oshiruvchi eng muhim ferment bu RNK polimeraza boʻlib, bu ferment bir zanjirli DNKdan andoza sifatida foydalanib komplimentar RNK sintez qiladi. RNK polimeraza yangi nukleotidlarni 3ʻ oxiriga 5ʼ dan 3ʼ yoʻnalishiga biriktirib, RNK zanjirini sintez qiladi.
    Transkripsiya bosqichlari
    Initsiatsiya. RNK polimeraza gen boshlanish qismiga yaqin joyda DNK ketma-ketligining promoter deb nomlangan nuqtasiga bogʻlanadi. Har bir gen (bakteriyada genlar guruhi) oʻz promoteriga ega. DNKga bogʻlangan RNK polimeraza spiralni ochadi va transkripsiya uchun bitta zanjir hosil boʻlishini taʼminlaydi.
    Elongatsiya. DNKdagi andoza zanjir RNK polimeraza uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. Ushbu andozani “oʻqish” davomida polimeraza komplimentar nukleotidlardan 5ʼ-3ʼ yoʻnalishida RNK molekulasini sintezlaydi. RNK transkript andoza boʻlmagan (kodlovchi) zanjirdagi ketma-ketlik bilan bir xil nukleotidlarga ega, lekin uratsil (U) asosi oʻrnida timin (T) asosi boʻladi.
    Terminatsiya. Terminator deb nomlangan nukleotidlar ketma-ketligi RNK sintezi tugaganini bildiradi. Transkripsiya tugagach, transkript polimerazadan ajraladi. Quyida koʻrsatilganidek, terminatsiya mexanizmi RNKda toʻgʻnagʻich hosil boʻlishini oʻz ichiga oladi.
    https://youtu.be/bAFERKmegQY?si=nDFpLYI8CyFDSq_V

    E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


    Download 0.71 Mb.




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Rnk turlarining postransriptsion o`zgarishi protsessing bosqichlari i-rnk protsessingi, t-rnk protsesingi. Teskari transkripsiya

    Download 0.71 Mb.