|
Abdullayeva Shahnozaning Logopediya fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #112701 |
Bog'liq Dizartriya nutq kamchiligi
Abdullayeva Shahnozaning Logopediya fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
Dizartriya nutq kamchiligining ilmiy nazariy asoslari
Reja;
- Dizartriya nutq kamchiligi
- Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materillari to‘plamidan
Dizartriya — termini grekcha soʻzdan olingan boʻlib, (dis — boʻlak, arthon — biriktirish) degan ma’noni bildiradi.
Dizartriyada nutq a ’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushiari artikulatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, ritmi va ifodaliligida o'zgarishlar kuzatiladi.
Dizartriyada miyaning turli joylarida jarohatlanishlanishlarni aniqlash mumkin. Masalan, miya yarimsharining chap va o'ng tomonida, yetti tuxumsimon markazdan o'tuvchi sistemada, asab tugunchalari qobig'ida, diensefal doirada, to'rt tepaligida, ko'prik, cho'zinchoq va orqa miyada kuzatilishi mumkin. Ammo klinikada ishlovchi tadqiqotchilar bu masalaga kam e’tibor beradilar. Nozologik va topik tomonidan dizartriyani belgilash diagnostikasi, odatda, nevrologik alomatlaming barcha shart-sharoitlarini inobatga olgan holda olib boriladi (buni 1926-yilda M.S. Margulis ham ta’kidlab o'tgan).
Dizartriya — nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir.
Nutq patologiyasining eng dastlabki tasnifida artikulatsiyani har qanday buzilishi alohida guruhlarga ajratilgan va "dizartriya" term ini bilan belgilangan edi. 1888-yili Gowers nutqining bunday dizartrik buzilishini serebral va bulbar shakllariga ajratdi. Keyinchalik bir necha marotaba dizartriyani neyroanatomik turkumlarga bo'lish uchun harakatlar qilindi. Masalan, Froeschels (1943) tasnifi tuzilib, u dizartriyani to'rtta shaklga ajratdi: piramidali, ekstrapiramidali, peshona-pontionli va serebellyar.
Biroq muammoning kam o 'rganilganligi sababli dizartriyani tasniflashda neyroanatomik tamoyilga amal qilish doimo saqlanmadi. Brain (1948) dizartriyaning koordinator va miopatik shakllarini ajratdi.
Dizartriya—bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi.
Dizartriyaning neyroanatomik tamoyiliga amal qilgan holdagi eng mukammal tasnif Peocher (1948) tomonidan ishlab chiqilgan,
u dizartriyaning quyidagi shakllarini ko'rsatadi;
Xulosa qilib aytganda dizartriya nutq kamchiligida tovush talaffuzidagi muammolarini bartaraf etish va artikulyatsion harakatlarni sezish va maqsadga yo’naltirilgan artikulyatsion harakatni rivojlantirish talab etiladi.
lbatta bularni amalga oshirishda massaj, ortofonik mashqlar Koreksion logopedik ish tizimiog'izni nazorat qilishovozni rivojlantirishNutqiy nafasni rivojlantirish Artikuliyatsion gimnastikatovushlar talafuzini koreksiyalash kompleksi,artikuliyatsion imitatsiyalar va boshqausullardan keng foydalaniladi. Bunda bolalar tovushlarni bir-biridan xatosiz ajratishga o’rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burun va so’zdagi o’rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o’tad
Tovushlarni to’g’ri talaffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o’zlashtirishlari uchun asos bo’ladi.
ETBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
| |