• Mavzuning qisqacha mazmuni
  • Jihoz
  • Darsning maqsadlari Talimiy
  • Dars jarayoni va texnologiyasi Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni
  • Darsning borishi: 1- 2-bosqichlar
  • Geografik qobiqning xususiyatlari.
  • At am a, tayanch tushuncha va nomlar
  • Mavzu: Geografik qobiq va tabiat kompleksi. Soatlar soni: 1




    Download 121,15 Kb.
    Sana01.01.2020
    Hajmi121,15 Kb.
    #7896

    MAVZU: Geografik qobiq va tabiat kompleksi.

    Soatlar soni: 1

    Mavzuning qisqacha mazmuni: Geografik qobiq va tabiat kompleksi usuli haqida bilim berish;

    O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

    Metodik: Evristik, muammoli izlanish metodlaridan foydalanish.

    Shakl: Jamoa, gurah bilan va har bir o'quvchi bilan ishlash.

    Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.

    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.

    Baholash: O'quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.

    Darsning maqsadlari

    Ta'limiy:

    a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini didaktik o'yinlar yordamida boyitib borish;

    b) Geografik qobiq va tabiat kompleksi haqida bilim berish.
    Tarbiyaviy:

    a) o'quvchilaraing matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish;

    b) har bir batanik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi:

    Geografiya topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.



    Kutilayotgan natija

    Geografik qobiq va tabiat kompleksi yuzasidan yangi bilimga ega bo'ladilar.

    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Ishning nomi

    Bajariladigan ish mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich.

    Tashkiliy qism



    Darsni tashkil etish. O'quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

    suhbat

    2 minut

    2-bosqich.

    Ehtiyojlami (refleksiya) aniqlash



    O'quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masalalar yechiladi.

    javob, mustaqil ish

    2 minut

    3-bosqich.

    O'tilgan mavzuni mustahkamlash



    O'tilgan mavzuni mustahkamlash.


    aqliy hujum

    metodi


    2 minut

    4-bosqich.

    Yangi mavzu bayoni



    • Yangi mavzu yuzasidan yangi tushunchalar berish;

    tushuntirish muammoli

    izlanish


    5 minut

    5-bosqich.

    Yangi mavzuni mustahkamlash



    Boshqotirma.

    muammoli

    izlanish


    25 minut

    6-bosqich.

    Baholash


    1. O'quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e'lon qilinadi.

    2. Dars yakunlanadi.

    musobaqa

    1 minut
    2 minut

    7-bosqich.

    Uyga vazifa



    Mavzu yuzsidan uyda mustaqil o`qish.

    tushuntirish

    2 minut


    Darsning borishi:
    1- 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
    3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
    4-bosqich.

    Yangi mavzuning bayoni.
    Geografik qobiq va lining chegaralari. Geografik qobiq tushunchasiga yaqin bo'lgan g'oya birinchi marta 1902- yilda D. N. Anuchin tomonidan aytilgan. Geografik qobiq haqidagi ta'limotni 1966- yilda rossiyalik olim A. A. Grigoryev ishlab chiqdi.

    Atmosferaning quyi qatlami—troposfera, litosferaning ustki g'ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o'z ichiga olgan hamda o'zaro ta'sir etib turadigan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig'i deb ataladi.

    Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qalinligini turli olimlar turlicha o'tkazishadi va belgilashadi. Ko'p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o'tka-zishadi va uning qalinligini 30—35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g'ovak jinslarining tag qismiga to'g'ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi.

    Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiq Yerning boshqa qobiqlaridan faqat o'ziga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: birinchi xususiyati, geografik qobiq komponentlari— litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o'zaro aloqadorlikda bo'Iishi va bir-biriga ta'sir etishidir; ikkinchi xususiyati, modda va energiya almashinish jarayonining bo'lib turishidir; uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jumladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir.

    Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki energiya-lari ta'sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo'layotgan barcha jarayonlar-ning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq qismi Yerning ichki energiyasi ta'sirida ro'y beradi (2- rasm).



    Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya almashinuvi muhim rol o'ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o'rtasida moddalar almashinishi ro'y beradi. Masalan, okean



    2- rasm. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri.

    suvi 3000 yilda bir marta yangilanadi. Atmosferadagi namning to'liq yangilanishi uchun atigi 10 kun kerak bo'ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar bilan bevosita aloqada bo'lib, geografik qobiqning shakllanishida muhim rol o'ynaydi.

    Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiqning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlarining balandlik bo'ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qobiqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo'ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo'ladi. Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir.

    Tabiat komponentlarining o'zaro uzviy aloqasi va bir-biriga ta'siri natijasida vujudga kelgan va o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hududlar tabiat kompleksi deb ataladi. Tog' jinslari, relyef, iqlim, yerosti va usti suvlari, tuproq, o'simlik, hayvonot olami tabiat komponentlarini hosil qiladi.

    Tabiat komplckslari (TK) quruqlikda egallagan maydoniga ko'ra har xil kattalikda bo'lishi mumkin. Masalan, materiklar va okeanlar geografik qobiqdan keyingi eng yirik TK laridir. O'z navbatida, materiklar kichikroq TK larga — o'lkalarga (masalan, O'rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir, Kavkaz tog'lari va h. k.), kichik o'lkalarga, tabiiy-geografik rayonlar va tabiat zonalariga ajraladi.

    Zonalaming tarkib topishiga, asosan, iqlim sabab bo'ladi. Shuning uchun ham har bir iqlim mintaqasining o'ziga xos tabiat zonalari tarkib topgan. Ba'zi bir iqlim mintaqasida bir necha tabiat zonalari bo'lsa, ba'zan bitta tabiat zonasi ikkita iqlim mintaqasida uchrashi mumkin. Masalan, mo'tadil iqlim mintaqasida 70° shq. u. meridiani bo'yicha ignabargli o'rmonlar (tayga), aralash o'rmonlar, keng bargli o'rmonlar, o'rmon-dasht, dasht, chalacho'l va choM tabiat zonalari joylashgan. Lekin cho'l tabiat zonasi ham mo'tadil, ham subtropik, ham tropik iqlim mintaqalarida uchraydi. Shunday bo'lsa-da, ular bir xil TK lariga ega emas. Bir-biridan harorati, yog'in-sochin miqdori, havo bosimi, relyefi, tuprog'i, o'simligi va hayvonot olami bilan farqlanadi. Bu bizning O'rta Osiyo o'lkasining cho'llariga xos xususiyatdir.

    Tabiat komplekslarining almashinishini geografik kengliklar bo'yi-cha tahlil qilish mumkin. Barcha tabiat komplekslari, ya'ni iqlim mintaqalari va tabiat zonalari ekvatordan har ikkala qutblar tomon qonuniy ravishda almashinib boradi. Bunga, birinchi navbatda, iqlimiy sharoit sababdir.

    Bitta tabiat zonasining o'zida tabiat geografik uzoqlik bo'yicha farqlanadi va almashinib keladi. Masalan, Shimoliy Amerikaning tayga yoki aralash o'rmonlari bilan Yevrosiyoning taygasi va aralash o'rmonlari bir xil emas. Hatto bu tabiat zonalari birgina Yevrosiyoning o'zida ham g'arbidan sharqigacha o'zgarib boradi. Odatda, quruqlikdagi tabiat zonalarining nomlari eng ko'p uchraydigan o'simlik nomi bilan nomlanadi.



    Tog'larda tabiat komplekslari tog' etagidan tepasiga tomon almashinib boradi. Tog'lardagi tabiat kompleksining, ya'ni balandlik: mintaqalarining ko'p yoki ozligi shu tog'larning geografik o'rniga, balandligiga, shamollarning yo'nalishiga, okeanlardan uzoq yoki yaqinligiga bog'liq bo'ladi. Tog' ekvatorga qancha yaqin va baland bo'lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko'p bo'ladi va almashinib keladi. Masalan, O'zbekiston tog'larida olimlar oltita balandlik: chalacho'l, dasht, o'rmon-dasht, subalp, alp va nivil mintaqalarini ajratishadi. Ural tog'ining shimoliy qismida esa ikkita tabiat kompleksi (arktika va tundra) shakllangan.

    Okeanlarda TK lari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular ko'pincha suvning harorati, sho'rligi, oqimlarning iliq yoki sovuqligiga bog'liq. Dunyo okeanida 11 ta tabiat mintaqasi ajratilgan: bitta ekvatorial, ikkitadan qutbiy, qutbyoni, mo'tadil, subtropik va tropik mintaqalar kenglik bo'ylab qonuniy almashib joylashadL Ko'rinib turibdiki, okeanlardagi TK lari iqlim mintaqalarining nomi bilan nomlanadi.

    Insonning xo'jalik faoliyati natijasida o'zgartirilgan TK lari antropogen komplekslar yoki landshaftlar deb ataladi. Agar atlasdagi materiklarning kompleks xaritalarini tahlil qilsangiz, antropogen landshaftlar inson yashashi uchun qulay sharoit mavjud bo'lgan va o'zlashtirishga yaroqli hududlarda tarkib topadi.

    Tabiat komplekslari zonallik va hududiylik qonuniyatlariga bo'ysunib almashadi. Tekisliklardagi kenglik zonalligi, tog'lardagi balandlik zonalligi (mintaqalanishi) asosiy geografik qonuniyatdir. Bu masalalar-ni „Geografik qobiq" haqidagi mavzularda ко'rib chiqqan edik.
    At am a, tayanch tushuncha va nomlar

    Geografik qobiq, geografik qobiqning tuzilishi: litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera, ozon pardasi, nuroq jinslar, geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi.

    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    Nazorat uchun savollar

    1. Geografik qobiqning o'rtacha qalinligi va chegaralari haqida so'zlang.

    2. Geografik qobiqning xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?

    3. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?


    Uyga vazifa:

    Yangi mavzuni mustaqil o`qish.
    Download 121,15 Kb.




    Download 121,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Geografik qobiq va tabiat kompleksi. Soatlar soni: 1

    Download 121,15 Kb.