• Ishda n maq sa d
  • 2-laboratoriya mashg‘uloti (2 soat). Atmosfera xavosi tarkibidagi zararli moddalarning kontsentratsiyasini aniqlash




    Download 139.37 Kb.
    bet1/2
    Sana29.09.2023
    Hajmi139.37 Kb.
    #85651
      1   2
    Bog'liq
    1- laboratoriya
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

    2-laboratoriya mashg‘uloti (2 soat).


    Atmosfera xavosi tarkibidagi zararli moddalarning kontsentratsiyasini aniqlash.
    Atmosfera havosi — yer sharini oʻrab olgan bir necha xil gazlardan iborat havo qatlami, tirik mavjudot hamda boshqa tabiat boyliklarining mutanosibligini taʼminlovchi manba. Atmosfera havosi insoniyat, qolaversa barcha tirik mavjudotlarga hayot baxsh etadi. Shuning uchun ham u, oʻzining xususiyati bilan boshqa tabiat ob’yektlaridan ajralib turadi. Atmosfera havosi tarkibida bir qancha gazlar mavjud boʻlib, ularning asosini azot (78,1 %), kislorod (20,9 %), argon (0,9 %), karbonat angidrid (0,03 %), neon, geliy, metan, kripton, vodorod va boshqa gazlar tashkil etadi. Atmosfera havosiniifloslantirish atmosferaga ifloslantiruvchi moddani chiqarib yuborish qoidalarining buzilishi, buning natijasida havoda zaharli moddaning yoʻl quyiladigan eng yuqori miqdor konsentratsiyasining oshib ketishidir. Atmosfera havosidan foydalanish boʻyicha munosabatlar "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi
    Ishdan maqsad: Sexlarda ish joylaridagi chang miqdorini o‘lchashni o‘rganish.
    Kerakli jihozlar: AФA filtrlari, patron, maxsus changli havo kamerasining teshigiga o‘rnatilgan patronga AФA markali filtr o‘rnatiladi;

    1. Filtr orqali o‘tayotgan havoning miqdorini o‘lchash uchun ishlatiladigan
      reometrю, rotametr yoki Migunov aspiratori.

    1. Tajribaning davom etish vaqtini o‘lchash uchun sekundomer.

    4. Havo so‘ruvchi asbob /maishiy changyutgich/. Aspirator qo‘llanganda
    zarurati yo‘q.

    1. Filtrni joylashtirib va olib qo‘yish uchun qisqich.

    2. Analitik tarozi.

    Elektr bilan ishlovchi asbob simlari ixotalangan bo‘lishi kerak. Reometr patron va chang yutgich bilan rezina naylar orqali 3-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ulanadi.
    Umumiy ma’lumotlar
    Chang /aerozol/ - turli kattalikdagi havoda uchib yuruvchi zarrachalardir. Juda ko‘p texnologik jarayonlar chang ajralib chiqishi bilan birga kechadi. Paxtani dastlabki ishlash zavodlarida, to‘qimachilik fabrikalarining titish, savash, tarash va o‘rash sexlarida pillakashlik poyafzal, tikuvchilik fabrikalarida va boshqa ko‘pgina korxonalarda juda ko‘p miqdorda chang ajralib chiqadi.
    Changlar zaharli va zaharsiz bo‘lishi mumkin. Zararsiz chang ham o‘zining tarkibida zararli bakteriyalar olib yurishi va sexda infekеsiya tarqalishiga sabab bo‘lishi, yuqori nafas yo‘llarini qitiqlashi, teri to‘qimalariga o‘tirib, ularni ifloslantirishi natijasida kasallik tarqatuvchi turli mikroblarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
    Changli havoda ishlash - ko‘pincha ko‘zning ham kasallanishiga olib keladi. Zararli chang kishiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ta’sirlardan tashqari nafas, ovqat hazm qilish organlari va teri orqali qonga o‘tib organizmni zaharlanishiga olib keladi. Changning insonga zararli ta’sir o‘tkazmasligi uchun ishlab chiqarish xonalarida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasidan oshirmaslik kerak. SHunday ekan, vaqti-vaqti bilan changning havodagi miqdorini o‘lchashni bilish kerak.
    Havodagi changning konsentratsiyasini aniqlashning bir necha /kalorimetrik, nefelometrik, titrometrik, indikatsion, optik, elektr va standart yoki gravimetrik va boshqa/ usullari mavjud bo‘lib, bulardan eng qulay va ko‘p foydalaniladigani standart usulidir.
    Uning tub ma’nosi quyidagichadir, oldindan og‘irligi o‘lchangan filtr orqali ma’lum miqdorda changli havo o‘tkaziladi. Havo o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng filtrning og‘irligi qayta o‘lchanadi. Filtrlar og‘irligining farqini /mg/ shu filtr orqali so‘rilgan havoning hajmiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik orqali sexdagi chang konsentratsiyasi aniqlanadi. Bu kattalik mg/m3 da o‘lchanadi.
    Ishlab chiqarish xonalarida chang konsentratsiyasini aniqlash ish joylarida, erdan taxminan 1,5 m balandlikda, ya’ni ishchining nafas olish zonasi balandligida bajariladi;
    Namuna oluvchi material sifatida havoni yaxshi o‘tkazuvchi perxlorvinil matosi FPP-15 analitik aerozol filtrlari ishlatiladi. Bu filtrlar juda mayda chang zarrachalarini ham yaxshi ushlab qoladi, aerodinamik qarshiligi kam, bu esa katta xajmda /100l/min gacha/ havoning o‘tishiga imkon beradi. Bundan tashqari FPP-15 gazlamasi namni o‘zidan itarish xususiyatiga ega. So‘riladigan changli havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin sharoitni hisobga olmaganda tayyorlangan filtrlar o‘zining doimiy og‘irligigacha quritish talab qilinmaydi. Bunday holda tajribadan so‘ng filtrlarni termostatda 55-60oC da 20-30 minut quritish kerak va bir soat davomida uy xaroratida ushlash kerak. Shundan so‘ng filtrlar og‘irligini o‘lchash mumkin. Aniq ma’lumot olish uchun filtrga o‘tirgan changning og‘irligi shu filtr og‘irligining 1% dan kam bo‘lmasligini nazarda tutish kerak. FPP-15 gazlamasidan tayyorlangan filtrlar esa yengil. Masalan, AФA-V-18 markali filtrning yuzasi 18 sm2 va og‘irligi taxminan 100 mg. Shuning uchun bunday filtrlarda changning miqdori kamida 1mg bo‘lishi kerak. Havodagi chang konsentratsiyasi katta bo‘lgan sexlarda aniq ma’lumot olish uchun filtr yuzasida 10-15 mg chang bo‘lishi, lekin bu miqdor 30-50 mg dan oshib ketmasligi kerak, chunki bu holda filtrning aerodinamik qarshiligi ancha ortib ketadi. Bu laboratoriya ishi ishlab chiqarish sexlarida emas, havoda chang kam bo‘lgan o‘quv xonasida bajarilgani sababli kerakli miqdorda chang yig‘ish uchun har bir tajribani 30-40 minut davom ettirish kerak bo‘lar edi. Tajriba vaqtini kamaytirish maqsadida hamda shu xonada boshqa laboratoriya ishlarini bajarayotgan talabalarga halaqit bermaslik uchun, bu ishni bajarish maxsus tayyorlangan chang kamerasida bajariladi. Bunda chang kamerada ventilyator orqali qo‘zg‘atiladi.
    Filtr orqali o‘tayotgan havoning miqdorini rotametr yoki reometr asboblari yoki Migunov aspiratori yordamiaa o‘lchanadi.
    Rotametr - ichida po‘kak halqasi bor, konus shaklidagi darajalarga bo‘lingan shisha naychadir. Rotametr orqali o‘tgan havoning miqdorini po‘kak halqaning balandligiga qarab shu asbobning pasporti orqali aniqlanadi.
    Reometr asbobi so‘rilayotgan havo hajmini o‘zgartirish imkonini beruvchi beshta diafragma bilan ta’minlangan. Har bir reometr o‘z shaxsiy pasportiga ega bo‘lib, unda reometr ko‘rsatkichiga havo hajmini aniqlash chizmasi berilgan.
    Masalan, reometr shkalasidagi suv ustuni uchinchi diafragmada va undan o‘tayotgan havo hajmi 20 l/min bo‘lgan holatda qaysi qiymatni ko‘rsatishini aniqlang.
    Buning uchun 3 - diafragma pasportini /2-Rasmga qarang/ olib ordinatadan 20 l/min A nuqta qiymatini topamiz. Bu nuqtadan gorizontal yo‘nalishda egri chiziq bilan kesishguncha davom etamiz va "B" nuqtani belgilaymiz. Bu nuqtadan tik bo‘ylab pastga tushib absissadan "V" nuqtani topamiz. Bu "V" nuqta 7,6 qiymatini ko‘rsatadi. Demak reometrdan 20 l/min havo o‘tayotganda, uchinchi diafragmada reometr shkalasi 7,6 mm suv ustuni qiymatini ko‘rsatar ekan.
    Migunov aspiratori to‘rtta kichkina rotametrlar va nasosdan yasalgan ixcham asbob bo‘lib, chang konsentratsiyasini sex sharoitida o‘lchash uchun ancha qulaylik yaratadi.
    Ishni bajarish tartibi.
    1. Qog‘oz halqa orasidan qisqich bilan filtrni chiqarib, analitik
    tarozida 0,1 mg aniqlikkacha og‘irligini o‘lchab yozing.

    1. Filtrni qog‘oz halqa bilan birgalikda patronga joylashtirib, uni
      chang kamerasining maxsus teshigiga mahkamlang.

    1. Kameradagi changni qo‘zg‘atish uchun ventilyatorni ishlatib yuboring.

    1. Aspiratorni ishga tushirib, diafragma tugmasini burab so‘rilayotgan
      havoniig hajmini 20 l/min ga keltiring.

    2. Aspirator bilan baravar sekundomerni ham ishlatib yuboring.

    1. 2-3 minutdan so‘ng aspiratorni sekundomer bilan bir vaqtda o‘chiring va
      tajriba davom etgan vaqtni minutlarda yozib oling.

    2. Patronni burab chiqarib oling va qog‘oz halqani ochib, qisqich yordamida
      filtrni avaylab, undagi chang zarralari to‘kilib ketmasligi uchun to‘rt buklang.

    3. Filtrni analitik tarozida tortib og‘irligini o‘lchab yozib oling. Agar
      filtrning tajribadan oldingi og‘irligi g1, tajribadan keyingi og‘irligini g2
      bilan belgilasak, filtr orqali o‘tayotgan havoning hajmi V bo‘lsa, unda havodagi
      changning konsentratsiyasi quyidagicha topiladi,


    Filtr orqali so‘rilayotgan havoning hajmi tajriba davom etgan vaqtni /t/ bir minut davomidagi so‘rilgan havo hajmiga /Q/ ko‘paytmasini 1000 ga nisbati bilan o‘lchanadi, yani

    Bunda ma’lumki Q l/min da, t minutlarda. Bu kattalikni m3 ga aylantirish uchun 1000 soniga bo‘lish kerak.
    Chang konsentratsiyasini aniqlash uchun quyidagi umumlashtirilgan formuladan foylalansa ham bo‘ladi:



    Chang konsentratsiyasini aniqlash sxemasi


    1-ventilyator, 2-kamera, 3-filtr uchun patron, tarozi (ADV-200), 5-reometr, 6-havo so‘ruvchi asbob (maishiy chang yutkich), 7-sekundomer, 8-so‘rilayotgan havo hajmini rostlovchi LATR (laboratoriya avtotransformatori)


    Nazorat savollari:
    1. Zararli moddalar deganda nimani tushunasiz ?
    2.Aspirator qaysi maqsadlarda foydalaniladi ?
    3. Ish joylari havosi tarkibidagi chang miqdorin qanday o‘lchanadi



    Download 139.37 Kb.
      1   2




    Download 139.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-laboratoriya mashg‘uloti (2 soat). Atmosfera xavosi tarkibidagi zararli moddalarning kontsentratsiyasini aniqlash

    Download 139.37 Kb.