|
Umumiy ma’lumot Adabiyotlar
|
bet | 1/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 325 Kb. | | #144746 |
Bog'liq Ish joyidagi tashqi zo’ravonlik ta’sirlari
Ish joyidagi tashqi zo’ravonlik ta’sirlari
Reja:
Bobning maqsadi.
Umumiy ma’lumot Adabiyotlar:
Bobning maqsadi.
Ish joyidagi zo’riqish ko’lamini AQSH misolida ko’rib chiqiladi.
Ish joylarida o’lim holatiga olib keladigan chastotani.o’rganish. Ish joyidagi zo’riqishga olib keladigan yuqori xavfli ish muxtini aniqlash. Ish joyidagi zo’riqishni bir necha kasblar misolida statistikasini o’rganish. Kasbiy xavfsizlikni muammolari.
Ish joyidagi zo’riqish keltirib chiqaridigan omillarni aniqlash.
Bir ish joyida zo’riqish keltirib oldini oladigan kasbiy xavfsizlikni ta’minlash muhimligini tushuntirish dasturini ishlab chiqish.
Zo’riqishni oldini oladigan strategiyalarni kompaniyalar bilan birganlikda ishlab chiqish va zo’riqishni ta’sirini kamaytirish. Zo’riqishni oldini olish strategiyasini bir necha misollarda tushuntiriladi. Sase study ish joyida zo’riqishni ta’sirini kamaytirish uchun minimal holatni tushuntirdi.
Muammoli vaziyat
Jeyn Doe yanvar oyining bir kunida ishga ketayotgan edi. Uning mashina olishga mablag’i yo’q edi. U gaz to’lovini amalga oshirish uchun bankga ertalab kiradi va bankka tajovuz qilmoqchi bo’lgan bosqinchilar tomonidan bir necha joyiga tan jaroxati olib, shu erning o’zida halok bo’ladi. Jeynning jasadi keyingi mijoz kelgandagina topiladi.
Zo’riqish bilan ishlash kasb egalariga bu magazinlar, restoran, bar ishchilarini ayniqsa,zo’riqish kasb egalariga AYOQSH ishchilarini kiritish mumkin.
Kechki savdo sotiq ishlarida ishlovchi kasb egalari zo’riqish juda kuchli. Ular zo’riqishni oldini olish uchun yana mablag’ ajratadilar. Mexnatni va jinoyatlarni oldini olish, muxofaza qilish organlariga murojat qiladilar. Zo’riqishni oldini olish uchun kasbiy xavfsizlikni va sog’liqni saqlash choralarini ko’radilar. Agar bank xodimi ichki ishlar xodimlari ishni yo’lga qo’yganlarida Jeyn kabi xodimlar qurbo bo’lmagan bo’lar edilar.
Buning oldini olish uchun avvalo barcha xavfsizlik organlariga yozma murojatnoma rejasi yozib topshirilishi kerak.
Barcha xodimlar to’g’risida, uning oila a’zolari to’g’risida ma’lumotnomalar to’ldirilishi shart.
Bu erlarga kuzatuv kameralari o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Xodimlar o’zini-o’zi himoya qilish bo’yicha malakasini oshirishi kerak.
Xavfsizlik kamerasi o’rnatish kerak.
Ichki ishlar xodimlari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatilishi kerak.
Katta pullarni saqlovchi aloxida xona bo’lishi kerak.
Bu xonadon foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar ko’rsatilishi kerak.
Avtomobillarni to’xtash va saqlash joylari bo’lishi shart.
Barcha inshootlar yoritish uskunalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tungi soqchilar ikkita va undan ortiq bo’lishi shart va soqchilar telefon, signalizatsiya bilan ta’minlanishi kerak.
AQSHning shimoliy Karolina shtatida xodimlarhimoyasiga yordam uchun eshiklar kiraverishiga turniketlar o’rnatilgan. Xodim o’z bilan ishlashi uchun turli moslamalar o’rnatilgan. Bu moslamalar ham vaqtni, ham xavfsizlikni ta’minlaydi.
Xaridor do’konga kirishi uchun juda ko’p qulayliklar bo’lishi kerak. Keng xona, katta oynalar to’liq yoritilgan bo’lishi kerak. Bu oynani berkitib turgan turli yorug’lar, plakatlar bo’lmasligi kerak.
YAnada yaxshi choralardan biri do’konlarga vibroqo’ng’iroq, ularni ishini aktivlashtirish kerak. Xodim vibroqo’ng’iroq bilan ishlashini bilsa, o’zini xavfsizlikni ta’minlab oladi.
Bundan tashqari xodim jinoyat sodir etilgach, qarama-qarshilik ko’rsatmasdan, sheriklari bilan birgalikda do’konni qulflab tark etishni va bu haqda politsiyaga xabar berish kerakligini bilishi kerak. Agar jinoyat sodir etilgan joyda guvoxlar bo’lsa, ma’lum vaqtgacha ularni ketmasliklarini iltimos qilish kerak.
Har qaysi inson bunday xolatlarga tushishi mumkin va o’zini himoyalashni bilishi shart. (Battervorta, 1993 y).
Ish yurituvchi rejasiga doimo bu xolatlar kiritilgan bo’lishi kerak. Bu ishchilarni zo’riqishdan saqlashni dastlabki qadami hisoblanadi.
Klinik psixolog va jamiyat raisi Dennis YUjonson aytishiga ko’ra, ish joyidagi zo’riqish inson organizmi uchun zahar va zo’ravonlik hisoblanadi. Kuchli jamiyatda bu ishlarga nuqta qo’yish mumkin.SHunda zo’ravonliklar va qotilliklarni oldi olinadi.
Oxirigi yillarda ish vaqtidagi o’lim holatlari bir necha barobarga qisqardi.
O’lim holatlari bir necha barobarga qisqargani bilan qotilliklar sodir etilishi insoniyatni junbushga keltirdi. Bu qotilliklarga sabablar;
*kasbdoshlar o’rtasidagi mojarolar;
*mijozlar o’rtasidagi mojarolar;
Hozirgi kunda ikki milliondan ortiq ish joylarida o’lim holatlari kuzatilgan.Ayollar uchun kasbiy ish joyidagi o’lim holatlari va jarohat olish holatlari asosiy sabab hisoblangan. YUqori xavfli ish o’rinlari:
-yo’lovchi tashuvchi taksilar;
-mashinalar to’xtash joylari;
-mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va x.k.
Statistik ma’lumotlar o’rganilganda o’lim holatlari taksi haydovchilarida 60 marta ko’p bo’lishi kuzatilgan. Bundan tashqari o’lim holatlari kuzatiladigan kasb egalariga mehmonxona xodimlarini, AYOQSH xodimlarini kiritish mumkin.
Inson organizmiga ta’sir etuvchi zo’riqish yuridik va tibbiy xarajatlarga olib keladi.
Xizmatchilarga, ishchilarga tuziladigan yordam dasturlari oziq-ovqat xavfsizligi,biznes reja buzilishini,tabiat va jamiyat qonunlarini hisobga olib tuziladi.
Ilmiy tekshirish institutlari so’rovnomalarida sarf-xarajatlar smetasida zo’riqish holatlarini nazarga olish uqtirib o’tilgan.So’rovnoma natijasiga ko’ra:
*zo’riqish oqibatlarini tibbiy xarajatlarning o’zi yiliga 13,5 mlrd. so’mni tashkil etadi.
1999 yil uchun bir kecha nozik xolatlarni beradi:
-ish joyidagi zo’riqish ayollarga nisbatan erkaklarda ko’proq jinoyat sodir etishga undaydi.
Lekin ayollar ish joylarida ko’proq erkaklarga nisbatan o’g’riliklar sodir etadilar.
-IIB xodimlari ichida ish vaqtida jinoyatlar sodir etilganda qurbonlar ko’proq bo’ladi. So’rovnoma o’tkazilganda jinoyatlarning 40% IIB xodimlariga xabar berilmas ekan, chunki bu xisobga olmasa bo’ladigan xususiy voqea xisoblanar ekan.
27% kompaniya raxbarlariga xabar berilgani uchun IIBga xabar berilmas ekan.
Ish joyida, ish vaqtida har qanday kasb egasi, xar qanday vaqtda, xar qanday xolatda zo’riqishga uchraydi va bunday ximoyalanmagan.
Zo’riqishga ko’proq duch keladigan kasb egalariga misol keltiramiz: -jamoat joylarida ishlovchi ishchilar.
-qimmatbaxo buyumlar bilan ishlovchi kasb egalari.
-retseptsiz berilmaydigan qimmatbaxo dori sotuvchilari, farmatsevtlar.
-inkasatsiyachilar.
-magazin sotuvchilari va spritli ichimlik sotuvchilari.
-gurux bo’lib ishlovchilar shular jumlasidandir. Zo’riqishni keltirib chiqaradigan omillar:
-boshqaruvda xodimlar bilan muomala
-kasal xodimlarning menejmentlar tomonidan rag’batlantirilishi
-zararli sharoitlarni hisobga olib haq to’lash
-ishdan tashqari ishlaganda rag’batlantirish
Ish joyida qisqartirishlar bo’lganda xodimning qilgan ishiga, oilaviy axvoliga, ularning xulqiga qarab ish tutish kerak.
Agar xodim muloyim bo’lib, keyinroq baland ovozda gapiradigan bo’lid qolsa, buni boshidanoq o’rganib chiqish kerak. Zo’ravonlik xatti xaraktlarini ishlatmasligi kerak.
Xodimning agressiv xolatini o’rganish uchun uning atrofidagi do’stlarini, oilaviy sharitini, mijoz bilan munosabatini, narkotik modda iste’mol qilmayotganini o’rganish kerak.
Inson xulqining monitoringgi o’tkazilganda agressiv xolatga tushishga quyidagi omillar sabab bo’lar ekan:
*zo’ravonlik xatti harakati
*qurollar to’g’risidagi jurnallar
*maxfiy qurol ko’tarish
*qo’rquvni singdirish
*ish vaqtida baxslashuv
*yolg’izlikda xarakat qilish
*hamkasbga nisbatan sevgining paydo bo’lishi
*jinsiy hamkorlikka kelishuviga olib kelish (qarama-qarshi jinslar)
*tanqidni qabul qilmaslik
*gina qudratni uzoq saqlash
*oilani o’rtaga qo’yish
*reklamaga xaddan ziyod qiziqish
*xulqi bo’yicha test o’tkazish
*ish o’rnidagi stresslar (bo’shatish, qisqartirish, ish bo’yicha bahslashuv) Xodimning ish bo’yicha xafsalasi pir bo’ladigan omillar:
*kimningdir tomonidan ishiga aralashuv
*ishonchning yo’qligi
*gapini oxirigacha eshitmaslik
* muammolarning hal qilishga vaqti yo’qligi
*siyosatga aralashuv
Birinchi navbatda tutundan nafas olsh natijasida mingdan ortiqlari jarohatlandi va o’ldi.
Asosan mochevina nitrat portlovchi o’git asosida ishlagan qurilma gazsimon vodorod siqilgan kata metan chiqindilaridan tashkil topgan edi. Bularning hammasi yuk mashinasiga ortilgan va prodoxranitel yordamida portlatilgan edi. Portlash diametric taxminan 150 fut va chuqurligi 50 fut bo’lgan chuqurlikni hosil qiladi. Bu AQSHda barch fuqarolar uylari uchun terrorizmni birinnchi asosiy hujumi amalga oshishi edi.
19 aprel 1955-yil Oklahoma shtatidagi Oklahoma shaxrining federal binosidagi portlash shimoliy devorini butunlay buzib tashladi va 168 kishi jumladan 19 bola qurbon bo’ldi. Terroristlar koperativ fermada ammiakli selitra bilan poyga avtomobillari yoqilg’isi nitrometanlardan bo’mba ishlab chiqarish uchun material sifatida foydalanildi. U ijaraga olingan yuk mashinasiga ortilib bino oldidagi avtomobillar saqlash joyiga keltirilgan. Terrorizm detanatsion mexanizmni ishlatib portlash amalga oshguncha qochib ketilgan. Bu AQSHdagi eng ko’p o’lim bo’lgan qo’paruvchilik harakati edi.
11 sentabr 2001 yil: Sharqiy qirg’oqda 4 ta tijorat samolyoti qo’lga olindi, bo’rtida 92 kishi bo’lgan Amerika havo yo’llari kompaniyasining 11- reys bo’yicha Bostondan uchgan samalyot butun jaxon savdo markazining shimoliy minorasiga urildi. 60-65 kishi bo’lgan Unitetd Airlines kompaniyasining 172-reys bo’yicha Bostondan uchgan samalyot butun jaxon markazining janubiy minorasiga urildi. Bortida 64 kishi bo’gan Amerika Airlines kompaniyasining 77 reys bilan Vashington Dallesga uchgan samalyot Peytagan binosiga urildi. Bortida 44 kishi bo’lgan Nyu York Nyu-Jersi shtatiga 93- reys bilan uchgan samalyot g’arbiy
Pensilvaniya qishloq xududi maydoniga qo’nadi. Savdo markazida 2666 kishi va Pentagonda 120 kishi xalik bo’di. Bir kunda terroristik akt natijasida 3000 kishi halok bo’ldi (AQSH Davlat Departamenti, 2002 y).
|
| |