|
9- mavzu: muammoli o’qitish texnologiyasi reja Muammoli o’qitish mohiyati, vazifasi
|
Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 3,18 Mb. | | #115226 |
Bog'liq Muammoli o’qitish metodi
9- MAVZU: MUAMMOLI O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Reja 1.Muammoli o’qitish mohiyati, vazifasi.
2.Muammoli vaziyat turlari. 3.Muammoli texnologiyani amalga oshirish omillari.
Ta’limdagi og‘zaki, ko‘rsatmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida muammoli vaziyat yaratishi mumkin. SHu munosabat bilan pedagogikada muammoli ta’lim haqida ham so‘z yuritiladi.
Ta’limga muammoli yondashish o‘quv dasturlarida ham, o‘quvchilarning mustaqil ishi va boshqalarda ham o‘zining ifodasini topishi lozim.
* Bilimlarni muammoli bayon qilish;
*Bayonning ayrim bosqichlarida o‘quvchilarni izlanishga undash;
*Ta’limning tadqiqiy metodi.
Muammoli ta’lim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongiga ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rganish tushuniladi.
O‘quvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o‘quvchi)ni ob’ektiv ravishda izlanishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi.
Muammoli ta’lim – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
Muammoli vaziyat o‘quvchining ma’lum ruhiy holati bo‘lib, bu holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
“Muammoli vaziyat” metodi
- ta’lim
oluvchilarda muammoli
vaziyatlarning sabab va
oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.
Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi
Muammoli vaziyat tasnifini keltirish
Guruhlarga bo’lish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi
Guruhlarning muamvaziyatning oqibotlari to’g’risida fikir yuritishi
To’g’ri yechimlarni tanlash
“Muamoli vaziyat” metodining tuzilmasi
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
- Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
- Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
- Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
- Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
- Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
- Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
- Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.
- Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
“Muammoli vaziyat” metodi
afzalliklari:
- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiradi;
- ta’lim oluvchilar muammoning sabab va echimlarni topadilar; 3.ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholash uchun imkoniyat yaratiladi;
4.ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.
kamchiliklari:
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
- qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
- ko‘p vaqt talab etiladi.
E’TIBORINGIZ
TOSHKENT-2014
UCHUN RAHMAT
|
| |