• 1.4. Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi. Tayanch soʻzlar
  • 1.1 - rasm. Metrologiya fani shugʻullanadigan masalalar. 1.2-rasm. Metrologiyaning boʻlimlari.
  • Haqidagi fan




    Download 464.54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana09.02.2023
    Hajmi464.54 Kb.
    #41653
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Haqidagi fan
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja


    1-MAVZU: KIRISH. METROLOGIYA OʻLCHASHLAR 
    HAQIDAGI FAN 
    Reja: 
    1.1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 
    1.2. Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumotlar. 
    1.3. Oʻlchashlar nazariyasi haqida.
    1.3. Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni. 
    1.4. Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi. 
     
    Tayanch soʻzlar: metrologiya, nazariy metrologiya, amaliy metrologiya, 
    qonunlashtiruvchi metrologiya, bilish, bilish predmeti, empiric bilish, nazariy bilish, 
    ilmiy muammo, ilmiy gipoteza. 
     
     
    1.1. Metrologiya haqida tushuncha va unga oid ta’riflar. 
    Metrologiya fan sifatida oʻlchashlar, ularga bogʻliq va tegishli boʻlgan qator 
    masalalarni oʻz doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan boʻlib, 
    oʻlchash, oʻlcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushun-
    chasini oladigan boʻlsak, metrologiya - oʻlchashlar haqidagi fan. 
    Oʻz DSt 8.010.1:2002 “Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchashlar birliligini 
    ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va 
    umumiy atamalar” davlat standartida “metrologiya” atamasiga quyidagicha ta’rif 
    berilgan: 
    Metrologiya - oʻlchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va 
    vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan [14]. 
    Metrologiya fani shugʻullanadigan asosiy masalalar 1.1-rasmda koʻrsatilgan. 
    1.1 - rasm. Metrologiya fani shugʻullanadigan masalalar. 


    1.2-rasm. Metrologiyaning boʻlimlari. 
    Nazariy metrologiya: “Metrologiya asoslari” fanining nazariy metrologiya 
    boʻlimi: 
    - bilish nazariyasining metrologiyadagi tutgan oʻrni:
    - metrologiyaning aksiomalari va postulatlari;
    - oʻlchashlar;
    - oʻlchash jarayoni, oʻlchash jarayonining medeli va modellashtirish
    - oʻlchashlarning klassifikatsiyasi;
    - oʻlchanadigan kattaliklar, oʻlchanadigan kattaliklarning shkalasi, reperli 
    (tayanch) nuqtalar;
    - tasodifiy kattaliklar nazariyasining asosiy tushunchalari;
    - tasodifiy kattaliklarning taqsimot qonunlari;
    - tasodifiy elementar funksiyalar va ularning taqsimoti;
    - ehtimolliklarning taqsimotini sonli xarakteristikalari;
    - oʻlchash xatoliklari; ularning turlari, tasodifiy xatoliklar, ularning ehtimoliy 
    funksiyalari;
    - oʻlchanadigan kattalikning chinakam qiymatini va oʻrtacha kvadratik 
    ogʻishini aniqlash va nuqtali baholash;
    - oʻlchash xatoliklarining ishonchli intervali va ishonchli chegaralarini 
    aniqlash va baholash;
    - muntazam xatoliklar, ularning turlarini aniqlash va ularni bartaraf etishning 
    asosiy uslublari;
    - bir marotaba va koʻp marotaba oʻlchash natijalariga matematik qayta ishlov 
    berish; qoʻpol xatoliklarning namoyon boʻlishini aniqlash;
    - oʻlchashlar noaniqligini baholash;
    - noaniqlik manbalarining namoyon boʻlishi;


    - oʻlchashlar noaniqligining umumiy klassifikatsiyasi;
    - noaniqliklarni miqdoriy jihatdan tafsiflash;
    - korrelyatsiya tahlili;
    - standart noaniqliklar qiymatini hisoblash;
    - standart noaniqlikni A tipi boʻyicha, B tipi boʻyicha baholash;
    - noaniqlik toʻgʻrisida hisobot tuzish;
    - oʻlchash vositalarining klassifikatsiyasi; oʻlchash vositalarining metrologik 
    xarakteristikalari;
    - etalonlar, etalonlarning metrologik tabaqalanishi;
    - kattalik birliklarining uzatish tizimi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlarni oʻz 
    ichiga oladi. 

    Download 464.54 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 464.54 Kb.
    Pdf ko'rish