• Ilmiy muammo
  • Ilmiy gipoteza
  • Haqidagi fan




    Download 464.54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana09.02.2023
    Hajmi464.54 Kb.
    #41653
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Haqidagi fan
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja
    Nazariy darajada bilish – tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning 
    qonuniyatlarini, oʻzaro bogʻliqliklarini oʻzlashtirish demakdir. Bunga empirik 
    malumotlarni (tushuncha, nazariya, qonun, kategoriya, prinsip va h.k.) ratsional 
    qayta ishlash yordamida erishiladi. Nazariy darajada bilishda abstraktlash koʻp 
    qoʻllaniladi (bunda predmetlarni qator xossalari va munosabatlari ajratiladi); 
    ideallashtirish – koʻrilayotgan obyekt obrazini fikran yaratish; sintez – tahlil qilish 
    natijasida hosil boʻlgan elementlarni tizimga birlashtirish. Nazariy jihatdan 
    tushuntirish va tekshirish asosida kelajakni ilmiy jihatdan oldindan koʻra bilish, fikr 
    yuritish mumkin boʻladi. 
    Nazariy darajada bilishning asosiy strukturasi ilmiy muammo, gipoteza va 
    nazariyadan iborat boʻladi.
    Ilmiy muammo – bu eski mavjud nazariya yordamida tushuntirib 
    boʻlmaydigan yangi omillar sodir boʻlganda kelib chiqadigan savol. Yangi 
    muammoni yechish uchun urinish gipotezani kelib chiqishiga olib keladi. Gipoteza 
    – bu taxminiy bir qator faktlar asosida shakllangan boʻlib, uning haqiqiyligi absolyut 
    aniqlikda isbotlanmagan, lekin bir muncha ehtimoliy ilmiy muammodir.
    Ilmiy gipoteza albatta prinsipial tekshiruv shartlarini qanoatlantirishi zarur. 
    Gipoteza – tahlil qilinadi, mantiqiy munozara qilinadi, eksperimental tekshiruvdan 
    oʻtkaziladi. Agar tekshiruvlar natijasida gipotezani tasdiqlovchi takroriy isbotlar 
    olingan boʻlsa, u holda qonun statusiga oʻtadi.
    Qonun bazasida ilmiy nazariya, ya’ni ilmiy bilim shakllanadi, bu esa real 
    dunyoning muayyan sohasidagi qonuniyatlarning va ichki uzviy bogʻliklarini bir 
    butun aks ettiradi. Istalgan nazariyaning asosiy elementi bu qonun, shuning uchun 
    uni qonunlar tizimi deb qarash kerak-ki, u tekshirilayotgan real obyektning 
    mohiyatini yoritib beradi. Ilmiy nazariyalarga misol qilib Nyuton yaratgan klassik 
    mexanika, elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi Maksvell nazariyasi, Eynshteynning 
    nisbatlar nazariyasi, D.J. Teylorning xatoliklar nazariyasi, Shuxart Deminning sifat 
    tizimining statistik usullari toʻgʻrisidagi nazariyasi va yana bir qator nazariyalarni 
    keltirish mumkin.


    Empirik va nazariy darajadagi bilishlar oʻzaro bir – biri bilan bogʻliq. Istalgan 
    nazariyani yaratilishiga amaliy tajriba va uni tajribada toʻgʻri tekshirilgani 
    boshlangʻich turtki boʻladi. Empirik (tekshiruv) tadqiqot yangi malumotlarni 
    namoyon qiladi va nazariy bilishga asosiy stimul boʻlib, oʻz navbatida empirik bilish 
    vositalari va metodlarini takomillashtirishga moʻljallaydi va yoʻnaltiradi. 

    Download 464.54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 464.54 Kb.
    Pdf ko'rish