|
1. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma'nosi. Atom spektlari Chiziqli spektlar
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 38,5 Kb. | | #139040 |
Bog'liq 1452092351 63103
Atom spektrlar
Reja:
1. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma'nosi.
2. Atom spektlari
3. Chiziqli spektlar.
4. Bor nazariyasining kamchiliklari.
1. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma'nosi. Ridberg doimiysining qiymati tajribada topilgan natijalar bilan to’la mos keldi. Bu esa vodorod atomi uchun Bor nazariyasi to’g’riligining yaqqol isbotidir. Bor nazariyasi o’zi yaratilguncha atom fizikasida mavjud bo’lgan barcha muammolarni yechib bo’lsa – da, atomning stasionar holatlari mavjudligi va energetik sathlarning diskret qiymatlarni qabul qilishi hali tajribada isbotlanmagan edi. Ridberg doimiysi quyidagicha
2. Atom spektrlari. Rezerfordning yadroviy modeli fizikasining ulkan yutug’i bo’lsa – da, u atomning spektral qonuniyatlarni tushuntirib bera olmaydi. Bundan tashqari, bu model klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga zid bo’lib chiqdi.
Birinchidan, elektronini yadro atrofidagi orbita bo’ylab harakati chiziqli, ya’ni tezlanish bilan ro’y beradigan harakatdir. Bu harakat esa klassik elektrodinamika qaonunlariga muvofiq elektron o’qidan nur chiqarishi kerak. Ya’ni harakat davomida elektronning energiya kamayadi, uning aylanish orbitasi kichrayadi va u yadroga yaqinlasha boradi. Boshqacha aytganda, ma’lum vaqtdan keyin elektron yadroga tushib, atom yo’qolishi kerak. Bu Rezerford modeliga muvofiq, atom nostabil sistema bo’lishini ko’rsatadi.
Amalda esa atomlar juda mustahkam sistema hisoblanadi.
Ikkinchidan, elektron atomga yaqinlashgan sari orbitasining radiusi kichraya boradi (R → 0), tezligi esa o’zgarmaydi (υ=const). Natijada tezlanishi ortishi bilan elektronning nurlanish chastotasi ham uzuluksiz ravishda ortishi va demak, uzluksiz nurlanish spektri tuzatilishi kerak. Biz esa ushbu mavzuda, tajribalar atomning nurlanish spektri uzlukli (chiziqli) ekanligini ko’rsatganini bildik.
3. Chiziqli spektrlar. Elektron bir energetik sathdan ikkinchisiga o’tganida
Energiyali foton chiqariladi yoki yutiladi. Agar elektron ikkinchi orbitadan foton (n2=2) birinchisiga o’tsa (n1=1), foton chiqriladi. Teskari holda – yutiladi. Elektronni n1=1 orbitadan n2→∞ o’tkazish uchun, boshqacha aytganda, elektronni atom yadrosidan ajratib olish (atomni ionlashtirish) uchun eng katta energiya sarflanadi. Bu energiyaning qiymati 13,53eV teng bo’lib, vodorod atomini ionlashtirish energiyasidir.
Demak, vodorod atomining asosiy holatidagi elektroning energiyasi 13,53 eV ga teng. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, energiyasining manfiyligi elektronning bog’langan holatda ekanligini ko’rsatadi. Erkin holatdagi elektronining energiyasi nolga teng deb qabul qilingan. Chiqariladigan yoki yutiladigan fotonning chastotasini yoki to’lqin uzunligini aniqlash mumkin:
Ushbu formulalar seriyalar formulasi deyiladi. Ular yordamida vodorod atomi spektrining barcha seriyalarini hosil qilish mumkin.
4. Bor nazariyasining kamchiliklari. Bor nazariyasi atom fizikasi rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib, kvant mexanikasining yaratilishida muhim qadam bo’lib xizmat qildi. U vodorod va vodorodsimon atomlarning spektrlar va spektral chiziqlarning chastotalarini hisoblashga imkon bergan bo’lsa – da, bu chiziqlarning intensivligini aniqlashga va u yoki bu o’tishlarning ro’y berishiga sabab nimaligini tushuntirishga ojizlik qild. Bor nazariyasining jiddiy inqirozi, aniqmas, eng soda elementlardan biri, vodoroddan bevosita keyingi element geliy atomining spektrini tushuntirish yo’lidagi urinishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida namoyon bo’ldi. Borning o’zi buning asosiy sababi – nazariyaning yarim klassik ekanligida, ya’ni, bir tomondan, kvant postulatlari qo’llanilsa, ikkinchi tomondan klassik fizika qonunlarining qo’llanilishida, deb tan oldi. Atomning ichiga yanada dadilroq nigoh tashlash uchun yangi g’oya, yangi nazariyalarga muhtojlik tug’ildi.
Adabiyotlar:
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." I-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." II-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." III-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
S.X. Astanov, M.Z. Sharipov, N.N. Dalmuradova, M.Sh.Ivayev "Fizik kattaliklar va ularning o'lchov biriliklari" elektron o'qitish kursi EHM uchun yaratilgan dastur. O'zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi GUVOHNOMA № DGU 00975 Toshkent, 12 iyul 2005 y.
A.G.G’aniev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” I qism Toshkent 2007 y.
S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, N.N.Dalmuradova, R.V.Metanidze “Umumiy fizika kursining elektr bo’limidan” elektron darslik.
|
| |