49
4. Kimyoviy bog‟lanish va elektromanfiylik
Ionlanish energiyasi – Ie kimyoviy elementning asosiy xususiyatlaridan biri
bo‘lib, atom orbitalida elektronning qanday ushlab turganligini ko‘rsatib
elementning kimyoviy xossasini tavsiflaydi. Аtomda elektronlar yadroga
faqatgina
tortilmasdan ular o‘zaro bir-biri bilan bir hil ishorali zaryadlar itarishish kuchiga
ham ega. Shuning uchun birinchi elektronni uzib olishga
kam energiya talab
qilinadi, keyingilariga esa ko‘proq energiya sarflashga to‘g‘ri keladi.
Ionlanish energiyasi eng kam bo‘lgan elementlar ishqoriy metallardir, chunki
ular atom yadrosi atrofida tashqi qavatda joylashgan bitta
elektroni eng kam
energiya qiymatiga ega bo‘lib, osongina boshqa element atomiga beradi, ionlanish
energiyasi eng yuqori bo‘lgan qator VIII – guruh elementlari (inert gazlаr)
qatoridir.
Bog‘lanish energiyasi – E. Atom yadrolarini o‘zaro qo‘shilib neytral modda
hosil bo‘lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan energiyaga bog‘lanish
energiyasi deyiladi. E – kkal/mol, kal/mol, kdj/mol o‘lchov birliklarida
ifodalanadi. Bog‘lanish energiyasining son qiymati ayni moddaning naqadar
barqaror yoki beqarorligini bildiradi.
Bog‟lanish uzunligi – l – o‘zaro bog‘langan atom yadrolari orasidagi masofaga
bog‘lanish uzunligi deyiladi. l =A angstremlarda ifodalanadi. 1A-10
-8
sm ga teng.
Bog‘lanish burchagi –
l o‘zaro bog‘langan atom yadrolari orasidagi burchakka
bog‘lanish burchagi deyiladi. Bog‘lanish burchagi
l – gradus va minutlarda
o‘lchanadi.
Bog‘lanish uzunligi va bog‘lanish burchagi kabi
kattaliklar moddaning
geometrik shakli (tuzilishi)ni ko‘rsatadi.
Masalan: Suv molekulasidagi H va O atomlari orasidagi bog‘lanish uzunligi
0,96 A, bog‘lanish burchagi esa 104,5º ga teng. Demak, suv molekulasining
tuzilishi uch burchak shakliga ega ekanligini ko‘rsatadi.
50
Ionlanish potentsiali – I. Elementning reaktsiyaga kirishish qobiliyatini
ionlanish potentsiali – I orqali va elektronga moyillik – Ye
degan kattaliklar
yordamida tushutirish mumkin, ya‘ni:
a) normal atomdan bitta elektronni uzib olish uchun sarf bo‘ladigan energiyaga
ayni elementning ionlanish potentsiali deyiladi. Uning
o‘lchami I = kdj/atom yoki Ev\atom E + I = E + Ie I1
birinchi, ikkinchi, uchinchi va n-chi elektronlari uzib olish uchun sarf bo‘lgan
energiya.
Ionlanish potentsialining son qiymati ayni elementning metallik yoki
metallmaslik faolligini bildiradi. Ionlanish potentsiali eng kichik bo‘lgan
elementlar ishqoriy va ishqoriy – yer metallaridir. Elementlar
davriy tizimda
davrlarda chapdan o‘ngga qarab o‘tgan sari elementlarning ionlanish potentsiallari
ortib boradi. Guruhlarda esa yuqoridan pastga qarab tushgan sari elementlarning
ionlanish potentsiallari kamayib boradi. Agar elementning ionlanish
potentsialining tartib raqamiga bog‘liqligini o‘rgansak unda davriylik – ekstremum
bilan tavsiflanadi. Maksimum inert gazlarga minumim esa
ishqoriy metallarga
to‘gri keladi. Inert gazlarda potentsiallarning maksimum bo‘lishiga sabab
s