4. Kimyoviy bog‟lanish va elektromanfiylik




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.02.2024
Hajmi0,59 Mb.
#153532
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-

donor – akseptor yoki koordinatsion bog‘lanish deyiladi. Donor - akseptor 
bog‘lanish quyidagi moddalarda kuzatiladi: CO, N
2
O, NO
2
, N
2
O
5
, NO
3
-
, NH
+
4
, va 
barcha koordinatsion birikmalarda.


56 
Ion bog‟lanish. Ion bog‘lanish elektrostatik nazariya asosida tushuntiriladi. Bu 
nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi 
natijasida hosil bo‘ladigan qarama-qarshi zaryadli ionlar elektrostatik kuchlar 
vositasida o‘zaro tortishib ularning tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 ta (dublet) 
elektroni bo‘lgan barqaror tizim hosil bo‘ladi. Ion bog‘lanishli moddalar kristall 
holatda uchraydi, shuningdek, suvli eritmalarda ion bog‘lanishli molekulalar 
o‘rniga ularni tashkil etuvchi ionlar bo‘ladi.
Ion bog‘lanish ionlararo o‘zaro ta‘sir natijasida hosil bo‘ladi. Har qaysi ionni 
zaryadlangan shar deb qarash mumkin: shuning uchun ionning kuch maydoni 
fazoda hamma yo‘nalishlar bo‘yicha tekis tarqaladi, yaqin ion o‘ziga qarama-
qarshi zaryadli boshqa ionni har qanday yo‘nalishda bir tekisda torta oladi. Demak, 
ion bog‘lanish yo‘naluvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, 
manfiy va musbat ion o‘zaro birikkan bo‘lsa ham, manfiy ion boshqa musbat 
ionlarni tortish hossasini yo‘qotmaydi. Masalan, +1 zaryadli musbat ion ham 
yonida bitta manfiy ion bo‘lishiga qaramay, yana boshqa manfiy ionlarni o‘ziga 
tortaveradi. Demak, ion bog‘lanish to‘yinuvchanlik xususiyatiga ega emas.
Ion bog‘lanish yo‘naluvchanlik va to‘yinuvchanlik xossalariga ega 
bo‘lmaganidan, har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda unga teskari zaryadli 
ionlar bo‘ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiusining bir-
biriga nisbatan katta-kichikligiga bog‘liq. Masalan, Na
+
atrofida eng ko‘pi bilan 6 
ta xlor, Ag
+
atrofida esa 8 ta Cl ioni joylasha oladi.
Ion bog‘lanish yo‘naluvchanlik va to‘yinuvchanlik xossalarini namoyon 
qilmasligi tufayli, bitta musbat va bitta manfiy iondan iborat ion bog‘lanishli 
molekulalar odatdagi sharoitda yakka-yakka mavjud bo‘la olmaydi, ular birlashib 
juda ko‘p ionlardan tarkib topgan gigant molekula – kristallni hosil qiladi.


57 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4. Kimyoviy bog‟lanish va elektromanfiylik

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish