55
ikkinchi atom esa ortiqcha musbat (atom) zaryadga ega bo‘lib qoladi. Bu
zaryadlarning atomning molekuladagi effektiv zaryadi deb ham atash qabul
qilingan.
Chunonchi vodorod xlorid molekulasida umumiy elektron jufti
elektromanfiyroq bo‘lgan xlor atomi tomon siljigan bo‘lib, bu xlor atomida
effektiv manfiy zaryad vujudga kelishiga olib keladi, vodorod atomida esa
absolyut qiymati jihatdan teng bo‘lgan effektiv musbat zaryadi paydo bo‘ladi.
Demak, HCl molekulasi qutbli molekula hisoblanadi. Bu molekulani bir-birini
ma‘lum masofada joylashgan ikki absolyut qiymati jihatdan teng, lekin qarama-
qarshi ishorali zaryadlardan iborattizim deb qarash mumkin. Bunday tizimlar
elektrik dipollar deb ataladi. Dipolning zaryadlar yig‘indisi «0» ga teng bo‘lsa
ham, uni o‘rab turgan fazoda elektr maydoni hosil bo‘ladi.
Donor – akseptor bog‟lanish. Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda
kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, xususiy taqsimlangan elektron juftlari
bo‘ladi.
Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo‘sh
orbitallar bo‘ladi.
Atomlarning kimyoviy bog‘lanishida ishtirok etmagan xususiy elektron juftlari
bilan bo‘sh orbitalga ega bo‘lgan atomlar orasida kimyoviy bog‘lanish paydo
bo‘ladi. Bu bog‘lanish kovalent bog‘lanish kabi umumiy elektron juftalari hisobiga
hosil bo‘ladi. Ammo, umumiy elektron juft fаqat bitta atomga ta‘luqli, bu atom
―donor‖ (beruvchi) ikkinchi atom esa ―akseptor‖ (qabul qilivchi) hisoblanadi. NH
3
+ H
+
NH
Bir atomning kimyoviy bog‘lanishida ishtirok etmagan, ya‘ni taqsimlanmagan
ektron jufti va ikkinchi atomning bo‘sh orbitali o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘lanish