|
Aliboyev jahongirning
|
bet | 1/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,34 Mb. | | #145573 |
Bog'liq OPERATSION TIZIMLAR 1
ТМТI EKO22AS TALABASI
ALIBOYEV JAHONGIRNING
OPERATSION TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA МAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Operatsion tizim - kompyuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirishchiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin.
Q isqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir.
Operatsion tizimning asosiy vazifalari
F ayl tizimini boshqarish (yozish, oʼzgartish, fayllardan nusxa koʼchirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
Dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli taʼsirni tutib olish va boshqalar);
Xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, maʼlumotlar butligi nazorati va boshqalar);
Foydalanuvchi bilan muloqot
(klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni oʼqish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va boshqalar);
Operatsion tizim klassifikatsiyasi
Bir vaqtda foydalanuvchilar soni boʼyicha: bir foydalanuvchi, koʼp foydalanuvchi;
Bir vaqtda tizim boshqaruvi ostida bajariladigan jarayonlar boʼyicha: bir vazifali, koʼp vazifali;
Protsessorlarni qoʼllash soni boʼyicha: bir protsessorli, koʼpprotsessorli;
OT razryadliligi boʼyicha: 8-razryadli, 16-razryadli, 32razryadli, 64-razryadli;
Interfeysa tipi boʼyicha: buyruqli (matnli) va obʼektga yoʼnalganligi (grafik);
E XMga foydalanuvchining dostup tipi boʼyicha: paketni qayta ishlash, vaqtni taqsimlash, real vaqtdp bajarilishi; ✓Resurslarni ishlatish tipi boʼyicha: tizimli, lokal.
|
| |