• Uzatmalar qutisining konstruksiyasi
  • 2-laboratoriya ishi (2soat) Ishni nomi: Uzatmalar va taqsimlash qutisi. Ishdan maqsad




    Download 0.88 Mb.
    bet1/2
    Sana14.09.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #81875
      1   2
    Bog'liq
    UZATMALAR QUTISI
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

    2-laboratoriya ishi (2soat)
    Ishni nomi: Uzatmalar va taqsimlash qutisi.
    Ishdan maqsad: Uzatmalar va taqsimlash qutisi vazifasi va ularning har xil sxemalarini tushuntirish. Uzatmalar va taqsimlash qutisi zaruriyati va vazifasini o‘rganish. Uzatmalar va taqsimlash qutisi tuzilishi, ishlashi va ularning konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
    Umumiy ma’lumotlar: Avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni va tezligini o’zgartirib turish uchun, kerakli paytda ularning yo’nalishini ham o’zgartirib berish va avtomobil to’xtab turganda yoki inersiya bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo’yish vazifasini bajaradi.
    Pog’onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi:
    Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo’lgan pog’onali uzatmalar qutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisi da avtomobilning har xil yo’l sharoitida turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish soni har xil qiymatga ega bo’lgan bir nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda qo’llanilgan uzatmalar qutisi uch, to’rt, yoki beshta pog’onali, yuk avtomobillarida esa to’rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Uzatmalar qutisi qancha ko’p pog’onali bo’lsa, avtomobil turli yo’l sharoitiga bemalol moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning quvvatidan unumli foydalanishni yaxshilaydi hamda yonilg’i sarfini kamaytiradi.
    Pog’onasiz uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi
    Bunday uzatmalar qutisining qo’llanilishi chegaralangan oraliqda yo’l sharoitiga qarab ixtiyoriy uzatmalar sonini o’z-o’zidan ta’minlab avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni o’zgartirib beradi. Pog’onasiz uzatmalar qutisi ishlash uslubiga qarab mexanik (impulsli, ilashtiruvchi ishqalagichli – friksion va boshqa), gidravlik (gidrodinamikali, gidroxajmli), elektrik va aralashgan turlariga bo’linadi. Shu vaqtgacha aralashgan, ya’ni gidromexanik uzatmalar qutisi keng tarqalgan bo’lib, u ikki qismdan, ya’ni pog’onasiz gidrodinamik uzatma (gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan pog’ona mexanik uzatmalar qutisidan iborat.
    Gidrotransformator suyuqlik ta’sirida harakatni o’zgartirib beradigan gidravlik mexanizm bo’lib, u dvigatel bilan pog’onali mexanik uzatmalar qutisi oralig’ida joylashgan. Gidrotransformator o’zining tuzilishi va ishlash uslubi bo’yicha gidromuftaga o’xshash va charxpalakli g’ildirakchalardan tashkil topgan. Gidrotransformatorning gidromuftadan farqi shundaki, u yetakchi nasos va yetaklanuvchi (turbina) g’ildiraklardan tashqari yana uchinchi qo’zg’almas charxpalakli g’ildirak (reaktiv momentni qabo’l qiluvchi) – reaktorga ega. Reaktor o’z navbatida erkin yurish muftasi orqali qo’zgalmas vtulkaga o’rnatilgan. Erkin yurish muftasi reatkorni faqat bir tomonga (nasos g’ildiragining aylanish tomoniga) aylantiradi. Teskari aylanishiga esa muftaning ponalanib tiralib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Shunday qilib, yetakchi val va dvigatel bilan bog’langan g’ildirak-nasos, yetaklanuvchi val bilan tutashgan g’ildirak-turbina, suv oqimini tarqatuvchi kurakchalari bor qo’zg’almas g’ildirak reaktor deb ataladi.
    Uzatmalar qutisining konstruksiyasi
    To’rt pog’onali uzatmalar qutisi. Zamonaviy yengil avtomobillarning ko’pchiligida to’rt va besh pog’onali, uch valli uzatmalar qutisi o’rnatilgan. Masalan, GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga yurish uchun to’rtta va orqaga harakatlanishga bitta uzatma mo’ljallangan. Bunday uzatmalar qutisining uch yo’lli deb ataladi, chunki ikkita sinxronizator va bitta qo’zg’aluvchi orqaga yurgizish shesternya orqali uzatmalarga tushiriladi. Uzatmalar qutisining karterida uchta val yetaklovchi (birlamchi), yetaklanuvchi (ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga yurgazish shesternyasining o’qi joylashgan. Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita sharikli podshipniklarga tayangan bo’lib, oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi o’yiqchada joylashgan podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining oldingi devorchasida joylashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val qiya tishli shesternya bilan yaxlit ishlangan bo’lib, oraliq valdagi shesternyalar blokining yetakchi shesternyasi bilan doimo tishlashib turadi. To’g’ri uzatmani ulash uchun birlamchi val shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi valning sharikli podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. Oraliq val to’rtta qiya tishli shesternyalar va bitta to’g’ri tishli shesternyadan iborat shesternyalar bloki va bitta to’g’ri tishli shesternyadan iborat shesternyalar blokini tashkil etadi va o’z uqida uchta ninasimon (birinchisi uqning old qismida, ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket joylashgan) podshipniklarda o’rnatilgan. O’qning orqa uchidagi diskli qaydlagichi uning o’z o’qida buralib ketishidan saqlaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita tayanchga tayangan bo’lib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining devorchasiga joylashtirilgan sharikli podshipnikda o’rnatilgan. Yetaklanuvchi valning shlitsli qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi uzatmalarni ulash uchun qo’llaniladigan sinxronizatorli muftalar o’rnatilgan. Valning jilvirlangan bo’yinchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan doimo tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o’z o’qi atrofida aylana oladigan qilib joylashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun mo’ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish yo’li bilan bajariladi.





    Uzatmalar qutisining tasviriy chizmasi.
    1- birlamchi val, 2-14-birlamchi va oralik vallarning doimo ilashib turuvchi shesternyalari, 3- tishli mufta, 4-va 7-vilkalar, 5-13-doim ilashib turgan 2 uzatma shesternyalari, 6-12-birinchi uzatma shesternyalari, 9-11-orkaga yurgazish shesternyalari, 8- ikkilamchi val, 10-orkaga yurgazish shesternyasi uki, 15-oralik val, 16-karter.


    VAZ-2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar qutisi ning asosiy farqi vallarining soni uchta emas, balki ikkitaligida-yetakchi va yetaklanuvchi. Yetaklanuvchi valning uchida u bilan yaxlit ishlangan silindrsimon shesternya bor. U differensial qutisi ning yarim kosachasiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan doimo tishlashib turadi va bu mexanizm old yurituvchi ko’prikda asosiy uzatma vazifasini o’taydi. Yetakchi val shesternyalari valga qo’zgalmas qilib o’rnatilgan bo’lib, yetaklanuvchi val shesternyalari bilan muqim tishlashib turadi. Chunki bu shesternyalar valning o’q qilib ishlangan qismlariga erkin aylanadigan qilib o’rnatilgan. Bu shesternyalar orqali burovchi moment uzatish jarayoni ikkilamchi valga shlitsali qilib o’rnatilgan sinxronizatorlar yordamida bajariladi. Orqaga yurgazish pog’onasini ulash uchun esa shesternya va sinxronizator muftasining tishli gardishi oraliq tishli g’ildirak bilan tishlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
    Sinxronizatorlarning tuzilishi va ishlash uslubi
    Uzatmalar qutisida sinxronizatorlarning ishlatilishi avtomobilni boshqarishni yengillashtiradi va uzatmalarni olishda kushiluvchi tishli shesternyalarning ishlash muddatini oshiradi. Ma’lumki, avtomobil harakatlanganda uzatmalar qutisidagi qo’shiladigan tishli shesternyalar har xil burchak tezligida aylanadi. Demak, ular qo’shilganda tishli shesternyalarning tishlari bir-biriga zarb bilan urilib, yoyilishi tezalashadi. Undan tashqari, shesternyalar tishlarining zarbli urilishi shovqin chiqaradi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ularning burchak tezliklarini tenglashtirish lozim. Bu vazifani sinxronizator bajaradi. Avtomobillarda inersion sinxronizatorlar ishlatiladi. Bunday sinxronizatorlar qo’shilayotgan shesternyalarning burchak tezliklari barobarlashganda to’liq ilashishga yo’l qo’yadi. Sinxronizator gupchagining ikki tomoniga o’rnatilgan konussimon xalqalar bo’lib, ularning ichki yuzalari konus shaklida yasalgan. Bu xalqalar bir-biri bilan sinxronizator muftasining teshigi orqali o’tkazilgan uchta barmoqchalar orqali birlashtirilgan, ularning o’rta qismida konussimon bikrlovchi yo’nilgan yuza qilingan. Bikrlovchi yuzalar sinxronizator muftasining gupchagidagi disk teshikchasida ham qilingan, u gupchag orqali yetaklanuvchi vallardagi shlitsalarda o’rnatiladi va bu disk o’q bo’ylab siljish qobiliyatiga ega. Sinxronizator muftasi gupchagining diski va xalqalar bir-birlari bilan uchta ichi kovak qaydlanuvchi barmoqlar yordamida birlashgan. Har bir barmoqning kovagida qaydlanuvchi sharchalar va prujinalar o’rnatilgan. Xalqaga tayanch kirgizilgan bo’lib, u sharchalarning qadalib turishini ta’minlaydi. Sinxronizator bilan uzatmalar olishda qo’shiluvchi shesternyalar xuddi shesternya singari konussimon yuzali chiziqlarga ega.
    Masalan, sinxronizatorlar muftasini chapga surilganda konussimon xalqa mufta bilan siljib shesternyaning konussimon yuzali chiqiqlariga tirmashadi. Lekin shu zumda mufta va shesternyaning burchak tezliklari bir-biridan farqlanishlari sababli bikrlovchi barmoklar xalqa bilan birgalikda muftaga nisbatan burilib, uning teshiklariga siqiladi. Natijada mufta barmoqlarning bikrlovchi yo’niqchalariga ilashib, ya’ni bikrlanib, shu yo’sinda uning siljishiga oshiqcha kuch sarflansa ham qo’shuvchi shesternya tomon batafsil sura olmaydi. Ammo shu tarzda xosil qilingan kuch bilan birga xaydovchi tomonidan muftani surishga sarflangan kuch xalqani yana ham shesternyaning konus yuzali chiqiqlariga siqa boshlaydi. Natijasida ular orasida ilashish kuchayib, qo’shuvchi shesternya bilan muftaning burchak tezliklari barobarlashadi. Shunda mufta diskning teshiklaridagi bikrlovchi barmoqlarning tiralish kuchi pasayib, muftaning barmoqlarga nisbatan erkin surilishiga imkon yaratadi va uning tishli gardishi shesternyaning ichki mayda tishlari bilan bemalol shovqinsiz ilashadi.




    Hozirgi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan Yengil avtomobillarning tahminan 55-60% avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi (AQSHda bu ko’rsatkich 90%, Yaponiyada 80% ga yaqin). “GM Uzbekistan” avtomobillarining 20% avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.


    Avtomat uzatmalar qutisi kamchiligi: konstruksiyasi murakkab, foydali ish koeffitsiyenti past, narxi ancha baland (avtomobil narxining 8-10%ini tashkil qiladi)
    Avtomobil transmissiyasida ishlatiladigan pog’onasiz uzatmalar qutisi ishlash prinsipiga ko’ra gidrodinamik, gidrohajmli, friksion va elektr turlariga ajratiladi.
    Uzatmalar qutisi yaratilayotganda, turli yo’l sharoitlarida, maksimal tortish kuchi va yonilg’ini minimal sarfini ta’minlash masalasi hal qilinadi.
    Bir yoki bir nechta tishli g’ildiraklar o’z o’qlari atrofida nisbiy aylanishlaridan tashqari, o’qlar bilan birga ko’chirma aylanishga ega bo’lgan uzatmalar planetar uzatma deb ataladi.
    Planetar uzatmalar qutisida almashlab qo’shishni boshqarish uchun friksion muftalar, tasmali tormozlar va erkin yurish muftalari ishlatiladi.
    Gidromufta (gidravlik ilashish muftasi) tuzilishi va ishlash prinsipi:
    Gidromufta torsimon qobiq ichida joylashtirilgan yetakchi nasos va yetaklanuvchi turbina g’ildiraklaridan tashkil topgan. Gidromuftaning yetakchi parrakli g’ildiragi dvigatelning tirsakli vali, yetaklanuvchi parrakli trubina g’ildirak esa transmissiya bilan bog’langan. Har ikkala g’ildirak ham qobiqqa joylashgan bo’lib, uning hajmi tahminan 4/5 qismi turbina moyi bilan to’ldirilgan. Radial joylashgan parraklar odatda yassi qilib yasaladi. Nasos g’ildiraklari aylanganda, parraklar oralig’ida joylashgan va markazdan qochma kuch ta’sirida harakatlanayotgan suyuqlikning kinetik energiyasi trubina g’ildiragiga uzatiladi. Energiya faqat trubina g’ildiragining aylanish tezligi nasos g’ildiraginikidan kichik bo’lgan holdagina uzatiladi.
    Burchak tezliklardagi farq, mos ravishda nasos va trubina g’ildiraklaridagi Nn va Nt quvvatlarni teng emasligi bilan bog’liq:

    Gidromuftaning foydali ish koeffitsiyenti:

    Trubina to’xtalatilganda Mt maksimal qiymatga erishadi. FIK esa 0 ga teng bo’ladi, ya’ni =0





    Download 0.88 Mb.
      1   2




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-laboratoriya ishi (2soat) Ishni nomi: Uzatmalar va taqsimlash qutisi. Ishdan maqsad

    Download 0.88 Mb.