Ma’ruza №8 kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan sex tarmoqlarini sxemalari reja
MA’RUZA № 8
KUCHLANISHI 1000 V GACHA BO‘LGAN SEX TARMOQLARINI SXEMALARI
Reja:
Kuchlanishi 1000 v gacha bo‘lgan sex tarmoqlarini sxemalari.
2. Magistral tarmoklar.
3. YOritish kurilmalarini elektr tarmoklari.
4. YOritish qurilmalari elektr tarmoqlarini hisobi.
5. Nazorat savollari
Iste’molchilarni elektr ta’minlash sxemalarini tanlash ayrim iste’molchilarning quvvatiga, soniga, joylanish tartibiga, manbaning ishonchlilik darajasiga va boshqa faktorlarga boo‘liq.
Elektr tarmoo‘ini to‘o‘ri tanlangan sxemasi iste’molchilarni elektr energiya bilan ishonchli ta’minlashni, ishlatilishda qulay va ko‘rinarli bo‘lishni, tez va soz montaj usullarini amalga oshirishga imkon beradi.
Bunda uni ko‘rish uchun ketadigan o‘tkazuvchi materiallarning mablao‘ sarfi va elektr energiyani isrofini eng kam bo‘lishi ta’minlanadi.
Sex elektr tarmoqlari radial, magistral va aralash qilib ko‘riladi.
Birinchi sxema sex nimstansiyasining taqsimlash punktidan (RP), sexning turli joylarida joylashgan, mayda guruhdagi dvigatellarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.
Yuqori quvvatli iste’molchilarni (nasos dvigatellarini, kompressorlarni, yirik presslarni va boshqa...) elektr energiya bilan ta’minlash ikkinchi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Magistral tarmoqlar
Magistral sxemalar quyidagi hususiyatlarga ega:
Magistral sxemaning ishonchliyligi radial sxemaga nisbatan bir muncha kam.
Magistral sxemani tan narxi radial sxemaga nisbatan arzon.
Magistral tarmoqlarni tez montaj qilish imkoniyati bor.
Magistral tarmoqlarda kuchlanish va quvvat isroflari kichik, ammo qisqa tutashuv toki katta bo‘ladi.
Magistral tarmoqlarining ko‘rinishlari.
1. Sim yoki kabel bilan bajarilgan magistral sxema
2. Shinali yogmalar bilan bajarilgan magistral sxema
3. Blok- transformatorli magistral sxema.
4.«Zanjirli» magistral sxema.
Magistral sxemalarda nimstansiyalarda taqsimlovchi shitlarni o‘rnatilishi talab qilinmaydi, o‘tkazgich materiallarga sarf kamayadi, natijada sex elektr tarmoqlari qurulmalari arzonlashadi va soddalashadi.
SHina o‘tkazgich yordamida bajarilgan magistral sxemalarda, texnologik qurulmalarni o‘rnini o‘zgartirilishi, elektr tarmoqlarni qayta o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Magistral tarmoqlarni ishdan chiqishi shu tarmoqa ulangan barcha iste’molchilarni uzib ko‘yilishiga sabab bo‘ladi, bu esa magistral tarmoqning kamchiligi hisoblanadi va elektr ta’minotining ishonchliyligini pasaytiradi.
Radial va magistral tarmoqlarning hususiyatlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishni hususiyatiga ko‘ra, atrof muhit va sharoitga ko‘ra, aralash elektr ta’minlash sxemalari qo‘llanadi.
1-asosiy magistral
2-ikkilamchi magistral
3-iste’molchilar
Konstruktiv qurulishiga ko‘ra sex elektr tarmoqlari quyidagicha bajariladi:
a) Komplekt shina o‘tkazgichli
b) Kabel konstruksiyali, arikchali, lotok va kutuchalardagi kabeli, hamda himoyalangan o‘tkazgichli.
v) Qurulish elementlariga o‘rnatilgan kabelli va himoyalangan o‘tkazgichli
g) Trubalarda o‘tkazilgan kabelli va himoyalangan o‘tkazgichli
d) Trolleyali tarmoqlar
Elektr tarmoqlarni o‘rnatilishi atrof muhit sharoitiga qarab, texnologik qurilmalarini joylanishi, hamda binoni qurilish hususiyatiga qarab tanlanadi.
|