Yoritish qurilmalarini elektr tarmoqlari




Download 8,33 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2024
Hajmi8,33 Kb.
#153712
1   2   3
Bog'liq
Ma’ruza №8 kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan sex tarmoqlarini sxe-fayllar.org

Yoritish qurilmalarini elektr tarmoqlari
Sanoat korxonalarida yoritishni ikki turi bo‘ladi.
  1. Ish joylarini, xovli satxini etarli darajada yoritish uchun – ishchi yoritish.


  2. Ishchi yoritish o‘chganda minimal yoritishni ta’minlovchi – favqulotda yoritish.


Ishchi yoritish quyidagilarga bo‘linadi:


Joylardagi yoritishni hususiyati shundan iboratki, o‘tkazgich, yoritgich va boshqa elementlar ishlovchiga yaqin joylashgan bo‘lib, yoritish qurilmasi elementlariga tegib ketish ehtimolini keltirib chiqaradi, natijada joylardagi yoritishda xavfsizlik masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Joylardagi yoritishda yoritgichlarni kuchlanishi 36 V dan oshmaydi. Alohida noqulay sharoitlarda 12 V dan ko‘p bo‘lmaydi. Bunday yoritgichlar maxsus transformatorlar yordamida elektr bilan ta’minlanadi.
Favqulotda yoritishda mustaqil energiya manbasi talab qilinadi, ya’ni:
  1. Akkumulyator batareyasi


  2. Ishchi yoritish manbasiga bogliq bo‘lmagan manbaga ulangan transformator


3. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan fabrika-zavod elektr stansiyalarini yordamchi generatorlari, ko‘chma elektrostansiya generatorlari.


YOritgichlar shunday yoritish guruhlariga bo‘linadiki, bunda birorta guruhi o‘chganda qolgan guruhlar pasaytirilgan jadallik bo‘yicha bo‘lsa ham ishchilarini ishlash imkoniyatini yaratadi.
Sex yoritish tarmoqlarni ikki transformator yordamida ulash sxemasi.
Bu sxemada ikkita transformatorga ulangan tarqatish magistrallari o‘zaro almashtirib joylashtirilgan bo‘lib, bunda bitta transformatorni uzilishi sexdagi ishni to‘xtashiga sabab bo‘lmaydi.
Sex yoritish tarmoo‘ini manbaga ulashni bir transformatordan ikkinchi transformatorga qayta ulash sxemasi.
Bu sxema ham yuqori ishonchligini ta’minlaydi.
YOritishni o‘zgaruvchan tokdan o‘zgarmas tokka qayta ulash sxemasi.

A V S 0
Ulashni bu sistemasi elektr stansiyalarda va nimstansiyalarda, sanoat korxonalarda va energosistemalarda favqulotda yoritish sistemasi sifatida ishlatiladi. Bunda favqulotda yoritish tarmoo‘ining nolinchi simi erga ulanmagan bo‘lish kerak, chunki favqulotda yoritishni akkumulator batareyasiga qayta ulanganda uning kutblaridan biri erga ulanib qolishi mumkin.



Download 8,33 Kb.
1   2   3




Download 8,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoritish qurilmalarini elektr tarmoqlari

Download 8,33 Kb.