Fizika fani o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tayanch fan, fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi




Download 13,89 Kb.
Sana04.01.2024
Hajmi13,89 Kb.
#130269

Fizika fani o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tayanch fan, fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi. O‘quvchining dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari fizika fani qonunlarini o‘rganish jarayonida amalga oshirilsa, ikkinchidan, bu jarayonda ularga bilim va tarbiya berishda psixo-pedagogik asoslarni hosil qilish davomida amalga oshiriladi. Dunyoqarashni shakllantirishda o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qilinadi. Bunda dars o‘tish jarayonida turli metodlardan, yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llanish ko‘zda tutilgan.
Ta’lim berish tizimida qo‘lga kiritiladigan natija va uning tarmoqlari turlicha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin. Ularni aniqlash, tahlil qilish va o‘lchash uchun har xil kriteriyalar ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning bilish ko‘nikmasining rivojlanishi bilan bog‘liq holda V.P.Bespalko bilim xizmati natijasining to‘rt darajasini aniqlagan va ularning ahamiyatini quyidagicha yoritib bergan:
I daraja – tanishish: o‘quvchilar boshqa shunga o‘xshash obyektlar qatorida ushbu obyektni anglashi, farqlashi, ularni o‘zlashtirish qobiliyatlariga qarab farqlanadi. Tanishish darajasidagi o‘zlashtirish ko‘pincha o‘rganish obyekti haqidagi umumiy qarashlar, fikirlash bo‘lsa, suhbat turidagi javoblar «ha – yo‘q», «yoki» bilan chegaralanadi.
II daraja – reproduksiya: bu darajada o‘quvchilar o‘rganish obyekti bilan bog‘liq harakatlarni og‘zaki bayon qilib berish imkoniyati darajasidagi asosiy tushunchalarni o‘zlashtiradi, turli harakatlar va har xil tadbirlarni tahlil qiladi.
III daraja – to‘liq o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar: bunda o‘quvchilarning xizmati ba’zi bir sinf ishlarini yechish uchun o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llanish va obyektiv yangi ma’lumotlarni egallash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
IV daraja – transformatsiya: u o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakasini qo‘llay bilish orqali turlicha qiyinchilikdagi vazifalarni yecha oladigan ma’lumotlarni egallashni ko‘zda tutadi.
O‘quv-tarbiya jarayonining yutug‘i o‘quvchilarning har bir darsga faol qatnashishi bo‘lib hisoblanadi. Faollik bo‘lsa o‘quvchilar o‘zlari qiziqib, darslarni qoldirmay, o‘qituvchining aytganlarini tinglash, yangiliklar bilan tanishish, ma’lumotlarni eshitish va mavzularni o‘z vaqtida tushunib borishga intiladi.
O‘quvchilarda bunday xususiyatlarni hosil qilish uchun o‘qituvchidan kuchli bilim, izlanish va katta mahorat talab qilinadi. Demak:
– har bir darsni rejalashtirishda uning didaktik maqsadlarini aniqlab olish;
– mavzuga tegishli nazariy va amaliy tushunchalarni chuqur va har tarafdan o‘rganib tayyorgarlik ko‘rish, dars matni va uni bayon etishning ketma-ketligini tuzish;
– ko‘rgazmali qurollar, tajribalar, mashg‘ulotlar, o‘quv filmlaridan dars jarayonida o‘rinli foydalanish;
– darsga bog‘liq tarqatma didaktik materiallarni tayyorlash;
– mavzuning didaktik maqsadi, mazmuni, hajmi va fizika xonasining material-texnik ta’minlanishiga qarab dars usullarini tanlash.
O‘quvchilarning darsga qatnashishini yaxshilash uchun sinalgan
usullarning biri:
– darsni muammoviy o‘qitish usuli;
– darsning nostandart formasi;
– ilmiy izlanish usuli;
– darslik ustida ishlash;
– masalalar yechish;
– tajriba va topshiriqlarni bajarish.
Download 13,89 Kb.




Download 13,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fani o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tayanch fan, fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi

Download 13,89 Kb.