OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
Ta’lim fakulteti
“Boshlang‘ich ta'lim” yo'nalishi yo’nalishi
1-guruh talabasi
Inomxo‘jayev Azamatjon Akramxo‘ja
o‘g‘lining
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari”
fanidan
“Boshlang‘ich ta’lim sohasida dasturiy ta’minotlar”
mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi:
______________
Tayyorladi:
______________
Qo‘qon 2023
Boshlang‘ich ta’lim tashkilotida AKT
Bugungi
kunda
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari
va
innovatsiyalarsiz hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa
yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari
imkoniyatlaridan keng foydalanish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb
vazifalardandir. Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim
tizimini zamonaviy
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog’lom va har tomonlama
yetuk qilib voyaga yetkazishda ta‘lim samaradorligini
oshirishda axborot
texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida fikr yuritilgan, shuningdek zamonaviy
axborotlashgan
jamiyat
maktabgacha
ta‘lim
tashkiloti pedagoglari va
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb vazifalarni qo`yganligi yoritilgan.
Bugungi
jadal
rivojlanib
borayotgan
axborotlashtirish
tizimi
jamiyatimizning barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari
tog’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi
PF-6079-son “Raqamli O`zbekiston — 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni
samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek,
“O`zbekiston Respublikasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi
3549-sonli Qaroriga muvofiq jamiyatimizning boshqa sohalarida bo`lganidek,
maktabgacha ta‘lim sohasida ham ta‘lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalaridan keng foydalanish ta‘lim sifatini ta‘minlovchi
vositalardan
biriga aylanmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi
bo`lgan maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta
mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z
ustida ishlab, AKT buyicha bilim
saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi
va ijodkorligini talab
etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi:
birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga
tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi
doirasi
va dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual,
ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi
darajasining oshishi; ota-onalar bilan
maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va
qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir.