|
Murakkab buyruqlarning shakllanishi 70-yillar oxirlariga kelib interpretatsiya yordamida juda murakkab buyruq ustida ko`plab amaliyotlar va izlanishlar olib borildi
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 484,05 Kb. | | #230831 |
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Urganch filiali
MUSTAQIL ISH
Fan nomi: Kompyuter arxitekturasi
Guruh: 964-21
Bajardi: Akbar latipov
Tekshirdi: O’razmatov T.
Mavzu: CISC, RISC va VLIW arxitekturalari
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………3
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari 23
Kirish
Murakkab buyruqlarning shakllanishi Murakkab buyruqlarning shakllanishi 70-yillar oxirlariga kelib interpretatsiya yordamida juda murakkab buyruq ustida ko`plab amaliyotlar va izlanishlar olib borildi. Ishlab chiqaruvchilar kompyuterning imkoniyatlari va yuqori darajadagi dasturlash tillarining talablari o`rtasidagi semantik bo`shliqni qisqartirishga urindilar. Lekin hech kim sodda kompyuterlarni yaratish ustida bosh qotirmadi. Faqat IBMning bir guruh tadqiqotchilarigina yuqori samaradorlikka ega bo`lgan mini-kompyuter 801 ustida ishlashdi. Biroq, IBM hech qachon bu mini-kompyuterni ishlab chiqarmadi.
1980 yilda Berkli universitetida (UC Berkeley) Devid Patterson va Karlo Sekvin boshchiligida VLSI interpretatsiya qilishga yo`naltirilmagan protsessorlar ishlab chiqildi. Ular yangi tushuncha – RISC atamasidan foydalanishni boshladilar, yangi protsessorni esa RISC 1 deb nomlashdi. Yangi protsessor o`z davridagi qolgan 98 protsessorlardan yangi buyruqlar to`plami bilan farq qilar edi. Bu to`plam orqali tizimning samaradorligiga erishish asosiy maqsad edi.
VLSI (Very-large-scale integration) – yagona chipga minglab tranzistorlarni to`plagan holda integral sxemani yaratish jarayoni hisoblanadi.
Kompyuter bilan bog`liq bo`lgan yangi tushunchalar va g`oyalar kirib kela boshladi. Shulardan biri bu buyruqlarni bajarilishi va samaradorlik o`rtasidagi bog`liqlik edi. Dastlab oddiy buyruqlarning tezkor bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Biroq, tez orada kompyuterlar uchun tez “yuklanuvchi” buyruqlarni ishlab chiqish samaradorlikning eng asosiy omili ekanligi tushunib yetildi. Bu bilan qaysidir buyruqning qancha vaqt davomida bajarilishi emas, balki bir sekundda nechta buyruq bajarilishi muhim ekanligi belgilandi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Murakkab buyruqlarning shakllanishi 70-yillar oxirlariga kelib interpretatsiya yordamida juda murakkab buyruq ustida ko`plab amaliyotlar va izlanishlar olib borildi
|