CISC arxitekturasi uchun quyidagilar urinli




Download 484,05 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi484,05 Kb.
#230831
1   2   3   4   5   6   7
2.2.CISC arxitekturasi uchun quyidagilar urinli:



  • protsessorda nisbatan kam miqdordagi umum ishlov registrlarning mavjudligi;


  • ko'p sonli mashina buyruqlari, ularning ba’zilari YuDT murakkab operatorlarini apparatli amalga oshiradi;


  • operandlarni adreslashning turli-tuman usullari;


  • turli razriyadli buyruq formatlari to’plami;


  • qayta ishlash xotiraga kirish bilan birlashtirilgan buyruqlar mavjudligi.



1980-yillarning o'rtalariga qadar ishlab chiqarilgan deyarli barcha EHMlarni va hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning muhim qismini CISC turiga kiritish mumkin.
Semantik uzilish muammosini hal qilishning bu usuli EHM apparaturasini, asosan boshqarish qurilmasini murakkablashishiga olib keladi, bu esa EHMning ishlashiga salbiy ta'sir qiladi.
Olib borilgan izlanishlarga ko’ra, YuDT operatorlariga ekvivalent bo’lgan qo’shimcha buyruqlar ulishi, dasturlarning umumiy hajmidan 10-20% dan, ba’zi bir murakkab buyruqlar uchun esa 0,2% dan oshmasligi aniqlandi.
Qo'shimcha buyruqlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan apparat vositalari hajmi sezilarli darajada oshadi.
Shunday qilib, murakkab buyruqlarni qo'llab-quvvatlashda mikrodastur xotirasining hajmi 60 foizga ko'payishi mumkin.
Natijada RISC arxitekturasi paydo bo’ldi.
RISC atamasi birinchi bo'lib 1980 yilda D.Patterson va D. Ditsel tomonidan qo'llanilgan.
HM buyruqlarining ro'yxatini cheklash g’oyasi, faqat protsessor registrlarida joylashgan ma'lumotlarda ishlaydigan eng ko'p ishlatiladigan oddiy ko'rsatmalar bilan amalga oshirishdir.
Xotiraga murojaat qilish maxsus o'qish/yozish buyruqlari yordamida ruxsat beriladi.
Operand manzillarini ko'rsatish usullari va buyruq formatlari soni keskin kamaytirildi.
Buyruq formatlari sonining kamayishi va ularning oddiyligi, cheklangan miqdordagi adreslash usullaridan foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini xotiraga kirish operatsiyalaridan ajratish EHM apparaturasini sezilarli darajada soddalashtirishi va ularning tezligini oshirishga imkon berdi.
Oddiy, ammo tezkor RISC-buyruqlarining ketma-ketligi yordamida murakkab buyruqlarni amalga oshirish, CISC arxitekturasidagi murakkab buyruqlarning apparat versiyasidan samarali emasligini ko’rsatdi.
RISC-arxitekturasi elementlari birinchi bo'lib Cray Research kompaniyasining CDC 6600 hisoblash mashinalari va superEHMlarida paydo bo'ldi.
RISC-arxitekturasi zamonaviy EHMlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, masalan, DEC firmasining Alpha protsessorlarida, Hewlett-Packard firmasining PA seriyasida, PowerPC oilasida va boshqalarda.
Shuni esda tutingki, Intel va AMD firmalarining so'nggi mikroprotsessorlarida RISC-arxitekturasiga xos g'oyalar keng qo'llanilmoqda, shuning uchun CISC va RISC o'rtasidagi ko'pgina farqlar asta-sekinlik bilan yo’qolib bormoqda.
CISC- va RISC-arxitekturalaridan tashqari yana bitta turdagi – juda uzun so’zli buyruqlar (VLIW) arxitekturasi ham mavjud.
VLIW kontseptsiyasi RISC-arxitekturasiga asoslangan bo'lib, bu yerda bir nechta oddiy RISC-buyruqlari bitta eng uzun buyruqqa birlashtiriladi va parallel ravishda bajariladi.
VLIW arxitekturasi RISCdan, nisbatan kam farq qiladi. Faqatgina hisoblashlarning qo'shimcha parallellik darajasi paydo bo'ldi, shuning uchun VLIW arxitekturasini kompyuterlarga emas, balki hisoblash tizimlariga murojaat qilish mantiqan to'g'ri keladi.



Operandlarni saqlash joyiga qarab klassifikatsiyalash
Bo’yruqlar tizimi arxitekturasi ko’rinishi quyidagilarga bo’linadi:
  • stekli;

  • akkumulyatorli;

  • registrli;


  • xotiraga ajratilgan murojaatli.



Aniq arxitekturani tanlash bir qator fikrlarga bog’liq:


  • buyruqlarning bir qismi nechta adreslarni o’z ichiga oladi;


  • bu so’zlarning uzunligi qancha bo’ladi;


  • operandlarga murojaat qanchalik oson bo’ladi;


  • buyruqlarning umumiy uzunligi qanday bo’ladi.




Download 484,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 484,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CISC arxitekturasi uchun quyidagilar urinli

Download 484,05 Kb.