|
Umumiy ma’lumotlar. Ekran. Oyna tushunchasi
|
bet | 1/13 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #272477 |
Bog'liq MICROSOFT WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN ISHLASH ASOSLARI (1)
Umumiy ma’lumotlar. Ekran. Oyna tushunchasi. Sichqoncha bilan
bajariladigan amallar.
Operatsion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta’minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Mi- crosoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan - Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo‘lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko‘p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows yuklangandan keyin ekranning asosiy ko‘rinish havola kilinadi. Ekranning asosiy qismlari:
- ISH STOL - ekranning bo‘sh sohasi, uning ichida har xil dasturlar o‘zining oynasida bajariladi
- PAPKA va YORLIKLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi
- DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna
- PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin
- VAZIFALAR SATRI - aktiv dasturlar va fayllar nomlarni ko‘rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o‘tish taminlanadi
- KO‘RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma’lumotlar, klaviatura, til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o‘zgartirishimiz mumkin.
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida o‘zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to‘rtburchak sohasi.
Oynaning asosiy qismlari:
NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi, fayl nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan bo‘ladi. Shu satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u holda oynani ekranda joyini o‘zgartirish mumkin.
MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi va shu satr yordamida dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar saralanib guruhlarga bo‘lingan.
|
| |