• Xotira qurilmasi
  • Mikroprotsessor xotirasi
  • 1. Xotira qurilmasining ishlash imkoniyatlari. Registrning turlari bilan tanishish




    Download 43.93 Kb.
    bet1/3
    Sana09.06.2023
    Hajmi43.93 Kb.
    #71441
      1   2   3
    Bog'liq
    2 maruza
    sdasturlash tilini organish, Қайтиши йўқ манзил Элчин Сафари Тошкент 2021, 1-amaliy mashg\'ulot, 5eYaGWED0ODX92EADcCYC7RJG1dkRqTJnC8yoszY, Shaydullayev Muhammadali labaratoriya-2 davomi, Raxmonov Eldor 2-labaratoriya ishi, 2 5388652448451668395, Документ 81 (1), alifbe bayram, 5-”B” sinf rahbari, 18 ilova Talim krediti P 5203 SHartnoma KHotin izlar uchun va amma, Elektr xavsizlik bo’yicha umumiy talablar Sardor 3, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, 4-Mavzu Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Reja Pa-fayllar.org

    2-Ma’ruza.Mavzu:Xotira va uning ishlash imkoniyatlari,registrlarning ishlash imkoniyati.
    Reja:
    1.Xotira qurilmasi.
    2.Xotira qurilmasining ishlash imkoniyatlari.
    3.Registrning turlari bilan tanishish.
    4.Registrlar ish funksiyalari.
    Tayanch so’z va iboralar: Kompyuter arxitekturasi, CPU, DOS, Registr Command.com, akkumlyator, registrli akkumlyator, boshqaruv qurilmasi, arifmetik – mantiqiy qurilma, kesh xotira, registr, interfeys.
    Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar bajariladi.
    Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
    Inson miyasi eng mukammal Xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109 ga yakin asab hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi.
    Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni "oʻqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta — Email) da ishlashi mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga kayd kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sigʻimi inson miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq boʻlindi.
    Mikroprotsessor xotirasi (MPX) – kichik hajmga ega xotira bo’lsa ham-ki, u haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o’lchanadi).
    Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib olish va mashinaning
    hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish uchun mo’ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash uchun qo’llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi.
    Mikroprotsessor xotirasi razryadlik darajasi bitta mashina so’zidan kam bo’lmagan tez ishlovchi
    registrlardan tashkil topgan. Registrlarning soni va razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo’ladi. Mikroprotsessor registrlari umummaqsadli registrlar va maxsus registrlarga farq qiladi.
    Maxsus registrlar turli manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini), bajarilgan
    operatsiyalarning alomatlarini, ShKning ish rejimlarini (misol uchun, bayroqchalar registrlarini) va shu
    kabilarni saqlash uchun qo’llaniladi.

    Download 43.93 Kb.
      1   2   3




    Download 43.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Xotira qurilmasining ishlash imkoniyatlari. Registrning turlari bilan tanishish

    Download 43.93 Kb.