Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari




Download 47.44 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2024
Hajmi47.44 Kb.
#191621
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axb 2
1-makta ma\'rifat soati 13.09.2022, Skalyar va vektor maydonlar. Ularning xarakteristikalari, A, Mustaqil ta\'lim, 12, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, Lecture - 35, ustoz qo\'shiq sh\'er, Labaratoriya ish C , axb 3, shablon, technology in our life

Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari.
Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security, shuningdek, inglizcha: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi
975-yilda Jerri Zalser va Maykl Shreder oʻzlarining „Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligi“ nomli maqolasida birinchi boʻlib xavfsizlikni buzishni uchta asosiy toifaga ajratishni taklif qilishgan. Bular ma’lumotlarni ruxsatsiz oshkor qilish (inglizcha: unauthorized information release), ma’lumotni ruxsatsiz oʻzgartirish (inglizcha: Unauthorized information modification) va ma’lumotlarga kirishni ruxsatsiz rad etish (inglizcha: Unauthorized denial of use). Keyinchalik, bu toifalar quyidagi qisqa nomlar va standartlashtirilgan ta’riflarni olgan:Confidentiality ing. „maxfiylik“ - ruxsatsiz shaxslar, sub’ektlar yoki jarayonlar uchun kirish mumkin boʻlmagan yoki yopiq boʻlgan ma’lumotlarning xususiyat. 1992-yilda IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) oʻzining xabardorlik, mas’uliyat, qarshilik, axloq, demokratiya, xavflarni baholash, xavfsizlikni loyihalash va amalga oshirish, xavfsizlikni boshqarish, qayta koʻrib chiqish kabi toʻqqiz tamoyildan iborat axborot xavfsizligi modelini nashr etdi. 1996-yilda IHTTning 1992-yildagi nashriga asoslanib, Amerika Milliy Standartlar va Texnologiyalar Instituti (NIST) kompyuter xavfsizligi haqida quyidagi sakkiz tamoyilni targʻib qilgan. Unga koʻra axborot xavfsizligi: „tashkilot missiyasini qoʻllab-quvvatlaydi“, „sogʻlom menejmentning ajralmas qismidir“, „xarajat jihatidan samarali boʻlishi kerak“, „har tomonlama va kompleks yondashuvni talab qiladi“, „ijtimoiy omillar bilan cheklangan“, „vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqilishi talab etiladi“, „kompyuter xavfsizligi boʻyicha majburiyatlar va mas’uliyatlar aniq ifodalangan boʻlishi lozim“ va „tizim egalari oʻz tashkilotidan tashqari xavfsizlik uchun javobgardir“[47]. Ushbu modelga asoslanib, 2004-yilda NIST 33 ta axborot xavfsizligi muhandisligi dizayn tamoyillarini nashr etgan. Ularning har biri uchun amaliy koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ular doimiy ravishda nazorat qilinadi va yangilanadi 
.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog‘ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo bo‘lmoqda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot himoyasi vositalarining sotuvdagi hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. Axborotni himoyalash tizimi Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yo’qotilishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni himoyalash tizimi deyiladi. Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning qimmatliligi, uning yuqotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining narxidan kelib chiqqan holda axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning turini, himoyalash usullar va vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va talab qilinadigan himoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash Axborot hajmi kichik bo‘lgan tashkilotlarda axborotlarni himoyalashda oddiy usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq va samaralidir. Masalan, o‘qiladigan qimmatbaho qog‘ozlarni va elektron hujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va niqoblash, ushbu hujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o‘rgatish, binoni qo‘riqlashni tashkil etish, xizmatchilarga qimmatli axborotlarni tarqatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash va hokazo. Odatda, himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash sezilarli samara beradi. Murakkab tarkibli, ko‘p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi katta bo‘lgan tashkilotlarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi tashkil qilinadi.


Download 47.44 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 47.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari

Download 47.44 Kb.