|
Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
|
bet | 1/4 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 28,09 Kb. | | #109163 |
Bog'liq Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi.
R e j a :
1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari.
2. Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi.
3. Korxona tijorat sirining mohiyati va uni himoya qilish mexanizmi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi
va vazifalari
Хavfsizlik bu murakkab va seрqiррa atamadir. U asosan va ko’pincha ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi
va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hoziрgacha biz texnika xavfsizligi, piyodalar
xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi tushunchalarni uchрatsakda, korxonaning
iqtisodiy xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q.
60
Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi,
investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat Markazida turib,
korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va
tijorat sirlari muammolari hoziрgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot
fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan
biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagi-lardan
iborat:
korxona va uning barcha bo’linmalari, mehnat jamoasining davlat
tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda qonuniy
huquqlarini himoya qilish;
korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi
raqobatbardoshligini oshirish;
tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar
yetkazib beрuvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo’lishga
yo’l qo’ymaslik;
barcha tuzilmaviy bo’g’inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini
mustahkamlash;
mehnat
unumdorligini
oshirish
uchun
moddiy
va
ma’naviy
manfaatdorligini ta’minlash;
ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot
bazasini rivojlantirish;
korxona obro’sini oshirish.
Ko’rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini
ta’minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish
tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o’z aksini topishi
mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv
tuzilmasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni
aniqlash.
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan xavf-xatar
hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o’zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni
qo’llash.
3. Bo’lajak hamkorlarni o’rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va
baholash.
4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash.
5. Korxona sirlaridan xabardor bo’lgan malakali xodimlarni boshqa
korxonalarga jalb qilishning oldini olish.
6. Nosog’lom raqobatchilikni yengish.
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish.
8. Тijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish.
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash.
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.
61
Ma’lumki, ko’rsatilgan maqsad va vazifalar o’z-o’zidan avtomatik ravishda
hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o’z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va
yuqori malakaga ega bo’lgan hamda o’zlari ishlayotgan korxona uchun ―jon
kuydiruvchi‖kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo’lmaydi.
Хavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta’minlash taktika va strategiyasiga
bo’lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to’g’ri
yo’llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
qonuniylik tamoyillari;
mustaqillik va mas’uliyat;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
o’zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish;
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg’unligi;
ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.
|
| |