|
Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
|
bet | 1/32 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #131073 |
Bog'liq tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali hamda kasaba Boshlang‘ich uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan
JAMOA SHARTNOMASI
|
TATU Farg‘ona filiali mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan. Bayonnoma №____ “_____” __________________ 2022 yil
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali hamda Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan
JAMOA SHARTNOMASI
Filial mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi qarori asosida jamoa shartnomasiga quyidagi vakillar imzo chekdilar:
Ish beruvchi:
TATU FF direktor v.b
__________ A.Rasulov
“___” ___________ 2022 yil
|
|
Xodimlarning vakili:
TATU FF Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
_____________ I.Rustamov
“___” ____________ 2022 yil
|
Jamoa shartnomasiga imzo chekish vaqtida quyidagilar hozir bo‘ldilar:
Ish beruvchi vakillari
|
Xodimlar vakillari
|
|
I.Tojiboev
|
1.
|
S.Sobirov
|
|
X.Abduraxmonov
|
2.
|
B.Abduxolikov
|
|
M.Nurmatov
|
3.
|
A.Kadirov
|
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma») Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona fililali (“Filial”) da ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholi bandligi to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o‘rtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan Bosh Kelishuv, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommoviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi shartlar tizimdagi barcha xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va imtiyozlarining eng past darajasini kafolatlaydi.
Mazkur shartnomaning taraflari deb (keyingi o‘rinlarda “taraflar” deganda ish beruvchi va kasaba uyushmasi tushuniladi) quyidagilar hisoblanadi:
- ish beruvchi – Filial direktori timsolida;
- xodimlar – Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi timsolida.
Shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2024 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha (to‘ldirguncha) amalda bo‘ladi.
Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va filialning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga, o‘rindosh xodimlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
- xodimning oila a’zolariga;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;
- mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetkazilishi oqibatida jabrlangan xodimlarga;
- mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim qaramog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan qonun bilan cheklanmagan shaxslarga;
- kasaba uyushma qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga;
- kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi budjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).
Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan filialning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (ilmiy kengashlar, majlislar, konferensiyalar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari, tarmoq nashrlari filial veb sayti va hokazolar orqali) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, kasaba uyushma qo‘mitasi filialda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Filialda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida”gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196 raqam bilan ro‘yxatga olingan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur shartnoma maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladilar:
a) kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari;
b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar;
v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari.
Kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari filialning boshqaruv organlari tarkibiga kiritiladi.
|
| |