• IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYoZ VA KAFOLATLAR
  • Ish beruvchi
  • Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda




    Download 1,08 Mb.
    bet9/32
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,08 Mb.
    #131073
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
    Bog'liq
    tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)

    Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda:

    tashkilotning tarkibiy tuzilmasi kesimida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiya tarkibini aniqlaydi, ularning saylovi, o‘quvini (o‘quv muddatlari va dasturi ko‘rsatiladi) o‘z vaqtida tashkil etadi;
    mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini barcha nominatsiyalar o‘tkazadi va g‘oliblarni yuqori kasaba uyushmasi organlariga tavsiya etadi;
    tashkilot va uning tarkibiy tuzilmasida uch bosqichli mehnat muhofazasi holati ustidan ma’muriy-jamoatchilik nazorati olib borilishini ta’minlaydi;
    tashkilotda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab bir nafar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil saylab qo‘yilishini ta’minlaydi.


    IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYoZ VA KAFOLATLAR



    1. Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar:

    a) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar);
    b) atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103-modda);
    v) I va II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).

    1. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori asosida to‘lab boradi.

    Mazkur Shartnoma amal qilish muddati davriga Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ijtimoiy sug‘urta komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.
    Vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz xodim davolanish tartibini (rejimni) buzgan holda, ijtimoiy sug‘urta komissiyasi ushbu nafaqa to‘lovini qisman yoki to‘liq bekor qilish xuquqiga ega (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyrug‘i, Adliya vazirligida 28.07.2007 y. № 1136-2-raqam bilan ruyhatdan o‘tkazilgan).

    1. Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud bo‘lgan kasalliklardan tashkilot hisobidan emlab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

    2. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga o‘tgan oy uchun pensiyani oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda to‘liq miqdorda to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5597-son Farmoniga binoan).

    3. Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etganda ish beruvchi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda uning oilasiga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 10 barobarigacha miqdorda tashkilot tomonidan buyudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan (homiylik, pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar) moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin.


    4. Download 1,08 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




    Download 1,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda

    Download 1,08 Mb.