|
Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
| bet | 11/32 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #131073 |
Bog'liq tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)Ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalar tartibi;
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa;
Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish;
Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.
-
Xodim pandemiya vaqtida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda, Ish beruvchi unga Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi
-
Pandemiya davrida ish jarayonida kasallangan xodimlarning davolanishiga ketadigan xarajatlar tashkilot mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
-
Pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan Ish beruvchi tashkilotning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
-
Ish beruvchi yuqumli virus kasalligiga chalingan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularning davolanishi va dori-darmonlarning xarajati (shu jumladan, xodimning bolalari kasal bo‘lsa) uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
-
Yuqumli kasalliklar bilan og‘rib tuzalgan xodimlarni tashkilot hisobidan har 3 oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
-
Xodimlarni ish faoliyatlari bilan bog‘liq turli yuqumli kasalliklarga chalinishlari mumkin bo‘lgan holatlar haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, stendlar, tarqatma materiallarni chop ettiradi.
-
|
| |