• Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
  • Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №




    Download 1,08 Mb.
    bet14/32
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,08 Mb.
    #131073
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
    Bog'liq
    tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)

    Ish beruvchining majburiyatlari:

    a) qisqartirilayotgan ayollarni mehnat bozorida talab bo‘lgan kasblarga o‘qitishni ta’minlash;
    b) ayollarga malaka oshirish va qo‘shimcha ma’lumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
    v) tashkilot rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushganda unda ishga joylashtirish uchun qayta o‘qitilgan va ilgari mazkur tashkilotda mehnat qilgan ayollarga afzalliklar berish;
    d) tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan holi bo‘lgan ish o‘rinlari ajratish;
    ye) homilador ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun, ularning o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish, agar mazkur ko‘rikni ishdan tashqari vaqtda o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa;
    j) uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga 1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilash;
    z) 2 yoki undan ortiq 12 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga har oyda 1 kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan dam olish kuni hamda har ish kunida ish haqi saqlangan holda 1 soat qisqartirilgan ish vaqtini belgilash;
    i) normativda ko‘zda tutilganidan tashqari ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalarini tashkil etish. Sog‘lomlashtirish majmualari va dam olish xonalarini joriy etish.

    1. Ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga, bolani ovqatlantirish uchun xar uch soatda 30 daqiqadan tanaffus beriladi, ikki nafardan ko‘p 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga esa, xar uch soatda 1 soatdan tanaffus belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish soatiga qo‘shilib, o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Xodimaning hoxishiga ko‘ra, bolani ovqatlantirish uchun ajratilgan tanaffuslar vaqti dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining(smena) boshiga yoki ohiriga o‘tishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 236-moddasiga asosan ).

    2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ayollar mehnati va sog‘ligi muhofazasi bo‘yicha tashkilotning ijtimoiy dasturi bajarilishida Ish beruvchiga yaqindan yordam beradi.

    3. Taraflar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar:

    • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini tashkilotning va uning tarkibiy bo‘linmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;

    • ishga qabul qilish va xizmat bo‘yicha ko‘tarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;

    • xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq to‘lashda notenglikni bartaraf etish.




    Download 1,08 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




    Download 1,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №

    Download 1,08 Mb.