OILALARNING IJTIMOIY-MAISHIY SHAROITLARINI YAXSHILASHGA DOIR QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mustahkam oila yili" Davlat dasturi to'g'risida" 2012 yil 27 fevraldagi PQ-1717-son qaroriga muvofiq, mahalliy maishiy texnika ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini kengaytirishga, oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni iste'mol krediti sifatida berishga va jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish yo'li bilan xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yo'naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Quyidagilar:
2012-2014 yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2012 yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2012-2014 yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan iste'mol kreditlarining prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
3. "O'zeltexsanoat" uyushmasi, Farg'ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovada ko'rsatilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012-2014 yillarda elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar. Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
| Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. |
| Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. |
4. Belgilansinki, nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar qurish, ularni rekonstruktsiya qilish va jihozlash tadbirkorlik sub'ektlarining o'z mablag'lari, shuningdek tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlarning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
aholi punktlari bo'yicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida tashkil etiladigan jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalarning manzilli ro'yxatlarini;
kir yuvish xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni xarid kilish uchun tashkiliy masalalar hal etilishini va tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar berilishini nazarda tutuvchi jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning tasdiqlangan parametrlarini amalga oshirish bo'yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Tijorat banklariga:
kir yuvish xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish uchun kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun tadbirkorlik sub'ektlariga belgilangan tartibda kreditlar berish va lizing xizmatlari ko'rsatish uchun maxsus kredit liniyalari ochish;
ajratiladigan iste'mol kreditlariga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkalarini belgilash;
faqat pasportning nusxasi, ish joyidan ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma takdim etilgan holda eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdordagi kreditni 3 yilgacha bo'lgan muddatga rasmiylashtirishni amaliyotga joriy etish yo'li bilan aholiga iste'mol kreditlari ajratish mexanizmini soddalashtirish va takomillashtirish, shuningdek, kredit bo'yicha ta'minlash, shu jumladan uchinchi shaxslarning kafilligada ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
pasport nusxasi, ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma va korporativ mijozning o'z xodimlari majburiyatlari bo'yicha kafilligi bilan taqdim etilgan taqdirda rasmiylashtirgan holda jismoniy shaxslar - bankning korporatav mijozlari xodimlarining so'mdagi mikroprotsessor plastik kartochkalari bo'yicha overdraft berish tartibini reglamentlaydigan ichki normativ hujjatni tasdiqlash tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosarlari A.N.Aripov va U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev
|