DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
8
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR
Allaberganova Nasiba Muradovna
1
,
Xajibayeva Surayyo Mahmudjanovna
2
,
Allabergenova Gulnoza Baxodirovna
3
,
Babajanov Umar Usmonovich
4
1-2-3-4
Urganch davlat universiteti o‘qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.6545074
Annotatsiya:
Ushbu maqolamizda informatika va axborot texnologiyalari
darslari jarayonida o‘qitishni samarali olib
borish maqsadida pedagogik
metodlardan biri bo‘lmish didaktik o‘yinlar xususan krossvordning bir nechta
turlari keltirib o‘tilgan. “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar
keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
didaktik o‘yin, krossvord, pedagogik mahorat.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik
va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va
huquqtartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim
poydevor bo‘ldi, xalqimizning
munosib hayot kechirishi, jahon talablari
darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning
bunyodkorlik
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Yangi
sharoitlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni
tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash,
ta’limning zamonaviy
metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini
kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik
majmualarning
yangi avlodini ishlab chiqish, o‘qituvchilarning pedagogik
mahoratini oshirish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish va shu bilan birga o‘quv
jarayonida o‘qitishni samarali olib borish maqsadida
turli xil metodlardan
foydalanishni taqozo etadi.
Bugungi zamon o‘quvchilari o‘zining aqliy salohiyatini ro‘yobga
chiqarishga intiladi, u o‘z kuchini ishga solishning yanada faol usullarini